Sifat turkumi tahlili
Download 103 Kb.
|
sifat 2
Sifat turkumi tahlili Reja:
2. Predmetning qanday belgisini bildirishi. 3.Darajasi. 4.Turi va yasamaligi 5. Otlashgan, otlashmaganligi 6. Tuzilishiga ko`ra turi. Namuna: Tor-sifat,asliy sifat, predmetning hajm-o`lchovini bildirgan, oddiy daraja, tub, otlashmagan, sodda, gapda aniqlovchi vazifasida kelgan. Kichikroq-sifat,asliy sifat, predmetning hajmini bildirgan, qiyosiy daraja, tub, otlashmagan, sodda, gapda aniqlovchi vazifasida kelgan. 39-mashq. Gaplarni o`qing. Sifatlarni topib, qanday belgi bildirganini ayting. 1.Tor ko`cha chekinib, oldinda kichikroq bir guzar ko`rindi.(O.Y.) 2.Oqara boshlagan tiniq osmondagi bitta- yarimta yulduzlar go`yo sovqotayotganday holsizgina miltirardi.(O.Y.) 3. Cho`ziq yuzi ganchdan yasalganday oppoq oqarib ketgan movlono Muhiddin novcha, ozg`in qaddi ikki bukilib, ko`zlarini yumib bir nafas turdi, keyin tekis yerda qoqilib-surilib rasadxona tomon yo`naldi. (O.Y.) 4. Yupqa, murabba pishiq g`ishtdan qurilgan bu hujra tog`ni teshib qilingan kichik g`orga o`xshar, qishin-yozin oftob tushmagani uchun zax hidi anqib turar edi.(M.I.) 5.Saidiy eshikning og`ir, ammo yumshoq pardasi orasidan o`tib uyga kirdi.(A.Q.) 40-mashq. O`qing.Sifatlarni aniqlab o`zi bog`langan so`z bilan birgalikda ko`chiring. 1. Bir mahal mehmonxonaning eshigi qattiq taqqilladi.(O.Y.) 2. Darcha ochilishi bilan qorong`u hujraga sovuq yopirilib kirdi. (M.I.) 3. Agradagi Zarafshon bog`ida gulmohur daraxtlari bor. Bu daraxtlar navro`z arafasida butun barglarini birdan to`kadi-yu novdalaridagi shig`il g`unchalar bir varakayiga ochiladi. Shunda yaproqsiz novdalarning hammasi yirik-yirik qizil gullar bilan qoplanadi.Ulkan gulmohur daraxtlari qip-qizil gulxanlarga o`xshab ko`zni yondiradi. Shuning uchun bu ajoyib daraxtni olovli mohur ham deyishadi. (P.Q.) 4. Daraxtlarning tiniq yaproqlari kunduzgi tinimsiz harakatdan ko`tarilgan changni o`ziga qo`ndirishni istamaganday, kuchsizgina esgan shabadada yelpinadi.(A.Q.) 5. Yigitning ochiq ko`ksiga issiq shamol urildi.(S.A.) 6. Osmondagi mayin, yengil qor uchqunlaydi.(O.) 41-mashq. Gaplarni o`qing.Asliy va nisbiy sifatlarni aniqlab nisbiy sifat yasovchi qo`shimchalar tagiga chizing. 1. Qishki imtihon kunlari yaqinlashganda shaxtiyor unga o`z ixtiyori bilan javob berdi. (A.Q.) 2. Nizomjon og`ir iztirobli o`ylar bilan jim-jit bog` ko`chalardan o`tib dala yo`liga chiqdi. (S.A.) 3. Chiroyli do`ppi kiygan qiz birinchi bo`lib kirdi. Uning yasang- tusani to`yga borayotgandagiday edi. Zangor baxmal kamzulchasi ostidan atlas koylak kiyib qayrilma qoshlariga qalin o`sma qo`ygan. Surma qo`yilgan chuqur va qop-qora ko`zlari husniga husn qo`shib turgan uzun kipriklari orasiga tog` ko`liga o`xshardi.(Sh.R.) 4. Qiz chindan ham go`zal edi... Faqat ma`naviy go`zallik yetishmasdi, xolos.(Sh.R.)5. Ikkovining ham og`zi lang ochilib qoldi.Qo`rqa-pisa, serhasham binoga yaqinroq borib bahaybat eshiklardan kirib chiqayotgan odamlarga havasu-hayrat aralash boqib turishdi. (M.Do`st.) Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling