Soliqlar va soliqqa tortish


  Davlat  byudjeti  loyihasini  tuzish  va  daromadlarini  prognoz  qilish  tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

2.  Davlat  byudjeti  loyihasini  tuzish  va  daromadlarini  prognoz  qilish  tartibi. 
O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasi  «Byudjet tizimi to’g’risida»gi  
qonun bilan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda kelgusi moliya yili uchun tuziladi. 

 
Loyihani tuzish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 

 
Davlat  byudjeti  loyihasi  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  Moliya  vazirligi 
tomonidan muvofiqlashtiriladi va tuziladi; 

 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  loyihasi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya 
vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va tuziladi; 

 
Mahalliy  byudjetlar  loyihalari  tegishli  hokimiyatlar  moliya  boshqarmalari  yoki  bo’limlari 
tomonidan tuziladi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  tarkibiga  kiruvchi  respublika  byudjeti, 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  mahalliy  byudjetlar  daromadlar  va  xarajatlar  bo’yicha 
balanslashgan bo’lishi kerak. 
Davlat  byudjetini  shakllantirish,  ko’rib  chiqish,  qabul  qilish  va  bajarish,  shuningdek, 
daromadlar va xarajatlarni bashorat qilishda aniq tizim  bo’yicha guruhlash, shu bilan birga Davlat 
byudjetining  bajarilish  hisobini  yuritish  maqsadida    Davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlari 
bo’yicha    ma’lumotlarni  jamlash  uchun  byudjet  tasniflagichi  (byudjetnaya  klassifikatsiya)dan 
foydalaniladi. 
Byudjet  tasniflagichi  daromadlar  turlarini,  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat 
byudjetining funksional, tashkiliy va iqtisodiy xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
Daromadlari  turkumida    Davlat  byudjeti  daromadlari  tushumlar  manbalari  va  turlari 
bo’yicha guruhlanadi. 
Davlat  byujjeti  loyihasida  daromadlar  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  «Byudjet  tizimi 
to’g’risida»gi  qonunning  11-moddasida  nazarda  tutilgan    mablag’lar  tushumi  va  moliya  yilida 
byudjetdan moliyalanadigan xarajatlar ko’zda tutiladi. 
Davlat byudjeti loyihasida daromad manbalari quyidagicha guruhlanadi: 

 
bevosita soliqlar; 

 
bilvosita soliqlar; 

 
resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i; 

 
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; 

 
152 

 
Boshqa daromadlar. 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  quyidagilarni  o’z  ichiga  olgan  ariza  shaklini 
ishlab chiqadi: 
-  daromadlar  bo’yicha  –  soliqlar,  to’lovlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha, 
shuningdek, kelgusi moliya  yilida tegishli regionlar bo’yicha har bir daromad turi bo’yicha hisob-
kitoblar, shuningdek, ularni tuzish va to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar; 
- xarajatlar bo’yicha – davlat byudjetidan moliyalanadigan byudjet mablag’larini oluvchilar, 
shuningdek, tarmoqlar, shtatlar bo’yicha byudjet mablag’larini olish uchun xarajatlar tarkibi, ularni 
tuzish va to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar. 
Moliya Vazirligi har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda: 
tegishli hududlar byudjetlari loyixasini tayyorlash va taqdim qilish uchun Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Yuqori Kengashiga, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimiyatlariga; 
Byudjet so’rovnomasi 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi yuqori 
Kengashi, viloyatlar  
va Тoshkent shahar 
hokimlariga 
Davlat maqsadli 
jamg’armalari 
vakolatli organlariga 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi yuqori 
Kengashi, viloyatlar  va 
Тoshkent shahar hokimlari  
(3 kun muddat ichida qaror 
qabul qiladi)
 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Moliya 
Vazirligi, viloyatlar va 
Тoshkent shahar Moliya 
boshqarmalari 
(3 kun muddat ichida 
so’rovnomani jo’natadi) 
 
Shahar va tumanlar 
hokimlari 
(3 kun muddat ichida qaror 
qabul qiladi) 
Тuman va shaharlar 
moliya bo’limlari 
(3 kun muddat ichida 
so’rovnomani jo’natadi) 
 
Shu tuman va shaharlar 
byudjetidan 
moliyalanadigan, byudjet 
mablg’larini oluvchi
 
Shu tuman va shharlar 
byudjetidan 
moliyalanadigan, byudjet 
mablg’larini oluvchi 
Shu tuman va shharlar 
byudjetidan 
moliyalanadigan, byudjet 
mablg’larini oluvchi 
Viloyat byudjetidan 
moliyalanuvchi, byudjet 
mablag’larini 
oluvchilariga 
 
Respublika 
byudjetidan 
moliyalanadigan 
byudjet mablag’lari 
oluvchilariga 

 
153 
respublika byudjetidan moliyalanadigan, byudjet mablag’larini oluvchilarga; (Ular uch kun 
muddat  ichida  byudjet  talabnomasini  tuzish  bo’yicha  ishlarni  tashkil  qilish  haqida  buyruq 
tayyorlaydi.) 
davlat  maqsadli  jamg’armalarining  tegishli  byudjet  loyihalarini  tayyorlash  uchun  Davlat 
maqsadli jamg’armalarning ijrochi organlariga byudjet so’rovnomasini jo’natadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Yuqori Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimlari: 

 
byudjet  so’rovnomasini  olgandan  keyin  uch  kun  muddat  ichida  tegishli  byudjetlar 
loyihalarini  tuzish  haqida  loyihalarni  tayyorlash  muddatlari  va  tartibini  belgilagan  holda  qaror 
qabul qiladilar; 

 
qaror  qabul  qilingandan  keyin    uch  kun  muddat  ichida  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 
Yuqori  kengashi,  vilotyalar  va  Тoshkent  shahar  hokimlari  byudjet  so’rovnomasini  tegishli 
byudjetlar loyihasini tayyorlash uchun tuman va shaharlar hokimlariga yuboradilar. 

 
Тumanlar  va  shaharlar  hokimlari  viloyat  moliya  boshqarmasidan  byudjet  so’rovnomasini 
olgandan keyin uch kun muddat ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to’g’risida qaror qabul 
qiladilar. 

 
Тumanlar va shaharlarning moliya organlari qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddat 
ichida    byudjet  so’rovnomalarini  ushbu  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlaridan  moliyalanadigan, 
byudjet mablag’larini oluvchilarga yuboradilar.  
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  moliya 
boshqarmalari  daromadlar    bo’yicha  olingan  hisob-kitob  shakllarini  tumanlar  va  shaharlar 
hokimiyatlari  moliya  bo’limlariga,  shuningdek,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi.  Viloyatlar  va 
Тoshkent  shahar  Davlat  soliq  boshqarmalariga  taqdim  qilish  muddatini  ko’rsatgan  holda 
jo’natadilar. Тuman va shaharlar hokimiyatlarining moliya bo’limlari daromadlar bo’yicha olingan 
hisob-kitob shakllarini quyi tuman va shaharlar davlat soliq inspeksiyalariga taqdim qilish muddati 
ko’rsatilgan holda jo’natadilar.  
Quyi  moliya  organlari    tegishli  soliq  organlari  bilan  hamkorlikda  tayyorlangan 
buyurtmanomani  tegishli  byudjetlarning  daromad  qismi  loyihasini  tuzish  uchun  yuqori  moliya 
organlariga  etkazadilar.  O’zbekiston  respublikasi  Moliya  vazirligi  quyi  moliya  organlari  hamda 
Davlat soliq va bojxona qumitalaridan tegishli buyurtmanomalarni olgandan keyin Davlat byudjeti 
loyihasiga  kiritish  uchun  Davlat  byudjeti  daromadlari  ko’rsatkichlari  loyihasini  tayyorlaydi.   
Davlat  byudjeti  daromadlari  ko’rsatkichlari  loyihasi  butun  Respublika  bo’yicha,  shuningdek,   
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahri  bo’yicha  tuziladi.  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahri    daromadlari  va  xarajatlarini  balanslashtirish  uchun 
tegishli byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ajratish rejasi tuziladi. Bunda: 

 
respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar 
byudjetlariga asosiy umumdavlat soliqlaridan ajratmalar summalari va me’yorlari; 

 
respublika  byudjetiga,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar 
byudjetlariga yo’naltiriladigan umumdavlat soliqlari va ularning miqdorlari; 

 
respublika  byudjetiga,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar 
byudjetlariga  yo’naltiriladigan  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar  hamda  ularning  miqdorlari  aks 
ettiriladi. 
Ushbu reja o’z tarkibida boshqa quyi hudud byudjetiga ega bo’lgan har bir hudud byudjeti 
uchun  tuziladi.  Reja  har  yilikeyingi  moliya  yiliga  byudjet  loyihasini  ishlab  chiqishda  tuziladi  va 
moliya  yili  tugashi  bilan  Moliya  vazirligining  yozma  bildirishnomasiga  asosan  o’z  kuchini 
yo’qotadi.    Asosiy  soliq  turlari  bo’lib  foyda  solig’i,  jismoniy  shaxslarning  daromadidan 
undiriladigan  soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlari hisoblanadi. Umumdavlat soliqlari 
–  er  ka’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  qoidaga 
ko’ra,  turli  darajadagi  byudjetlar  o’rtasida  taqsimlanmasdan  to’liq  hajmda  respublika  byudjetiga 
yoki mahalliy byudjetga o’tkaziladi.  
Etakchi  umumdavlat  soliqlari  tarkibini  hamda 
ulardan 
respublika 
byudjetiga, 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  byudjetlariga  ajratmalar  miqdorini 
belgilash to’g’risidagi taklif Moliya Vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.  

 
154 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qaroriga  asosan  qabul  qilingan  Davlat 
byudjeti  asosida  etakchi  umumdavlat  soliqlari  tarkibi  va  ulardan    respublika  byudjetiga, 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  byudjetlariga  ajratmalar  miqdori 
tasdiqlanadi.  Тurli  darajadagi  byudjetlarga  ajratmalar  me’yori  belgilanmagan  va  to’liq  hajmda 
mahalliy byudjetlarga  o’tkazilishi  kerak  bo’lgan  umumdavlat  soliqlaridan  tushgan  tushumlar soliq 
to’lovchi joylashgan hudud, tuman, shahar byudjetiga o’tkaziladi. 
Тurli darajadagi byudjetlarga ajratmalar me’yori belgilanmagan va to’liq hajmda respublika 
byudjetiga  o’tkazilishi  kerak  bo’lgan  umumdavlat  soliqlaridan  tushgan  tushumlar  soliq 
to’lovchining  joylashgan  hududi,  tumani  va    shahridan  qat’iy  nazar  respublika  byudjetiga 
o’tkaziladi. 
Har  yili  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  vakolatli  organlari  Moliya  vazirligi  tomonidan 
yuborilgan  byudjet  talabnomasi  asosida  kelgusi  moliya  yili  uchun  tegishli  davlat  maqsadli 
jamg’armalarining  byudjet  loyihasini  tayyorlaydilar.  Loyihada  daromadlar  manbalari  buyicha 
tushum  va  keyingi  moliya  yili  uchun  har  bir  davlat  maqsadli  jamg’armasi  bo’yicha    mablag’larni 
xarajat  qildish  yo’nalishlari  aks  etadi.  Kelgusi  moliya  yiliga  davlat  maqsadli  jamg’armalarining 
tegishli  byudjetlari  loyihasi  tayyorlangandan  keyin  mazkur  jamg’armalarning  vakolatli  organlari 
ushbu  loyihani  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  va  muddatlarda,  lekin  joriy 
yilning 1 iyulidan kechikmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. 
Moliya  vazirligi  davlat  maqsadli  jamg’armalarning  vakolatli  organlari  bilan  hamkorlikda 
davlat  maqsadli  jamg’armalarining  taqdim  qilingan  byudjet  loyihasini    kurib  chiqadi  va  zaruriyat 
tug’ilganda taqdim qilingan loyihaga aniqlik kiritish to’g’risida trakliflar kiritadi. Ko’rib chiqilgan 
loyiha  kelgusi  moliya  yili  Davlat  byudjeti  loyihasida  yig’iladi  va  «Maqsadli  jamg’armalar 
daromadlari»  va  «Maqsadli  jamg’armalar  xarajatlari»  bo’limida  aks  ettiriladi.  Manbalar  va 
foydalanish yo’nalishlari bo’yicha kelgusi yil uchun Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognozi 
Jamg’armaning  ijro  tuvchi  direksiyasi  tomonidan  ishlab  chiqiladi  va  ko’rib  chiqish  uchun 
Jamg’armani boshqarish kengashiga kiritiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza  qilish vazirligi har  yili 15 
iyundan kechikmay Jamg’armaga joriy yil uchun Jamg’arma xarajatlarining kutilayotgan ijrosini va 
kelgusi  yil  uchun  Jamg’arma  xarajatlari  prognozini  taqdim  etadi.  Ijro  etuvchi  direksiya 
Jamg’armani  boshqarish  kengashi  tomonidan  ma’qullangan  daromadlar  va  xarajatlar  prognozini 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  muddatlarda  taqdim 
etadi. Manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning bo’lajak yilga daromadlari va 
xarajatlari  prognozi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan,  Davlat 
soliq  qo’mitasi  bilan    kelishilgan  Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlari  tasnifi  asosida  ishlab 
chiqiladi. Prognoz quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

 
«O’zavtoyo’l»  DAK  va  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  viloyatlar  hokimiyatlari 
qoshidagi  yagona  buyurtmachi  xizmati  har  yili  5  iyundan  kechikmay  jamg’armaga  zarur 
ma’lumotlarni  taqdim  etadi.  Bu  ma’lumotlar  asosida  jamg’arma  har  yili  15  iyundan  kechikmay 
jamg’arma xarajatlarining joriy yildagi ijrosi va bo’lg’usi yilga xarajatlar prognozi ishlab chiqiladi;  

 
Bo’lajak yilga tushumlar manbalari buyicha daromadlar prognozi oldingi yilda jamg’armaga 
mablag’larning amaldagi tushumi va Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri 
bo’yicha  daromadlar  manbalari  bo’yicha  joriy  yilda  kutilayotgan  tushum,  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi viloyatlar va Тoshkent shahri bo’yicha jamg’armaga ajratmalar va yig’imlar bo’yicha 
hisobot moliya yili oxiriga yuridik shaxslarning kreditorlik qarzi hisobga olingan holda O’zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  bilan  kelishgan  holda  O’zbekiston  Respublikasining 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  asosida bevosita jamg’arma tomonidan  ishlab  chiqiladi.  Jamg’arma 
daromadlar  va  xarajatlarining  ishlab  chiqilgan  prognozini  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
muddatlarda, biroq 1 iyuldan kechikmay O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 
Kelgusi yilga byudjet qoplamalarini olish uchun buyurtmanoma: 
-  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  mahalliy  byudjetlardan  moliyalanadigan,  byudjet 
mablag’larini oluvchilar tomonidan joriy yilning 1 iyunidan kechikmay tegishli moliya organlariga; 
-  Respublika  byudjetidan  moliyalanadigan,  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  tomonidan  joriy 

 
155 
yilning 1 iyulidan kechikmay O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi. 
Kelgusi moliya yili uchun tegishli byudjetlar loyihalari: 
-  tuman  va  shaharlar  hokimiyatlari  moliya  organlari  tomonidan    yuqori  turuvchi  moliya 
organlariga joylardagi vakolatli hokimiyat organlari tomonidan o’rnatilgan tartibda va muddatlarda, 
biroq joriy yilning 25 iyunidan kechikmay;  
-  Qoraqalpog’iston  respublikasi  yuqori  Kengashi, viloyatlar  va Тoshkent  shahar  hokimlari, 
davlat  maqsadli  jamg’armalarning  vakolatli  organlari  O’zbekiston  respublikasi  Moliya  vazirligiga 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, lekin joriy yilning 1 iyulidan 
kechikmay taqdim etiladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi    kelgusi  yil  uchun  Davlat  byudjeti  loyihasini 
tayyorlaydi, joriy yilning 15 sentabrigacha O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga jo’natadi va 
Davlat  byudjeti  loyihasini  Hisob  palatasining  tegishli  xulosasi  bilan  birgalikda  joriy  yilning  1 
oktabrigacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi. 
Byudjet yo’llanmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

 
o’tgan  yilda  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  yakunlari  va  joriy  yilda 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining  prognozi; 

 
O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  xulosasi  asosida  o’tgan  yil  uchun  Davlat 
byudjetining bajarilishi to’grisida hisobot va joriy yilda Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi; 

 
Kelgusi yil Davlat byudjeti loyihasi asosida tuzilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 

 
O’zbekiston  Respublikasi  hisob  palatasi  xulosasiga  asosan  ishlab  chiqilgan,  mamlakat 
byudjet va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasi; 

 
Mamlakatning kelgusi yildagi byudjet va soliq siyosatining asosiy yo’nalishlariga sharh; 

 
Ichki va tashqi davlat qarzlari va ular buyicha xarajatlar to’g’risida ma’lumot; 

 
O’zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  xulosasi  asosida  kelgusi  moliya  yili  uchun 
Davlat byudjeti loyihasi. 
Byudjet  yo’llanmasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  joriy  yilning  15  oktabridan 
kechikmasdan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  kiritiladi.  Davlat  byudjeti  O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. 
Davlat byudjeti asosida: 

 
Davlat  byudjeti  qabul  qilingandan  keyin  ikki  haftadan  so’ng  tegishli  ravishda 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jokargы  Kenesi  va  viloyatlar  va  Тoshkent  shahrining  vakolatli 
hukumat  organlari  tomonidan      Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Тoshkent 
shahri byudjetlari

 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  viloyatlar  byudjetlari  qabul  qilingandan  keyin  bir  hafta 
muddatda  tumanlar  va  shaharlar  vakolatli  hukumat  organlari  tomonidan  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlari; 

 
joylardagi yuqori vakolatli hukumat organlari tomonidan belgilangan muddatlarda shaharlar 
tarkibiga kiruvchi tumanlar va tuman shaharlari byudjetlari qabul qilinadi. 
Agar  kelgusi  moliya  yili  uchun  Davlat  byudjeti  yil  boshlangunga  qadar  qabul  qilinmagan 
bo’lsa, u holda Davlat byudjetini qabul qilgunga qadar bo’lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi 
shartlarga ko’ra amalga oshiriladi: 

 
boshlangan moliya yilida xarajatlar har oyda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan  belgilangan  tartibda  va  o’tgan  moliya  yili  oxirgi  choragidagi  byudjet  qoplamasining 
uchdan bir kismidan oshmagan miqdorda; 

 
o’tgan moliya yilida qilinmagan xarajatlar joriy yilda ham amalga oshirilmaydi; 
 
 
 
 
 
 
 

 
156 
Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash muddatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
o’tgan moliya yilida amalda bo’lgan soliqqa tortish va majburiy ajratmalarni to’lash tartibi 
Davlat byudjetining kabul qilgunga qadar o’z kuchini yo’qotmaydi. 
Davlat  byudjeti  qabul  qilingandan  keyin  byudjet  tasniflagichining  bo’limlar  va  paragraflar 
kismidagi daromadlarning yillik va choraklik hajmlari to’g’risida bir hafta muddatda: 
joriy y. 1 
oktabrgacha
 
joriy y. 1 
oktabrgacha 
 
joriy y. 15 
sentabrigacha 
 
до 1 июля т.г. 
 
joriy y. 1 iyuligacha. 
Joriy yilning 1iyuniga qadar 
 
joriy y. 1 iyuligacha. 
Byudjet 
mablag’larini 
oluvchi 
 
Byudjet 
mablag’larini 
oluvchi 
 
Byudjet 
mablag’larini 
oluvchi 
 
Тuman (shahar) 
moliya bo’limlari 
 
Davlat maqsadli 
jamg’armalarini 
tasarruf etuvchi 
organlar 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 
viloyatlar va Тoshkent 
shahar Moliya 
boshqarmalari 
Moliya Vazirligi 
 
( Ҳ P   g a   1 5   s e n t a b r g a c h a  
t a q d i m   q i l a d i )  
 
( 1   o k t a b r g a c h a   V M g a  
t a q d i m   q i l a d i
 
 
Respublika 
byudjetidan 
moliyalanadigan, 
byudjet mablag’larini 
oluvchilar 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Hisob palatasi 
(DB loyihasi bo’ yicha 
xulosa beradi)  
 
O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi 
(15 oktabrgacha byudjet 
so’rovnomasi Oliy Majlisga ta qdim 
qiladi)  
 
O’zbekistan 
Respublikasi 
Oliy Majlisi 
 

 
157 

 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining  bosh  boshqarmasi  tomonidan  O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga;   

 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi Daromadlarni prognoz qilish bo’limi hamda  
viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  moliya  boshqarmalari  tomonidan  Qoraqalpog’iston  respublikasi, 
viloyatlar va Тoshkent shahar Davlat soliq boshqarmalariga; 

 
tumanlar  va  shaharlar  moliya  bo’limlarining  daromadlarni  prognoz  qilish  bo’yicha 
mutaxassisi tomonidan tumanlar va shaharlar Davlat soliq inspeksiyalariga ma’lumot etkaziladi. 
Agar  kelgusi  moliya  yili  uchun  Davlat  byudjeti  qabul  qilinmagan  bo’lsa,  Davlat  byudjeti 
qabul  qilingunga  qadar  bashorat  ko’rsatkichlari  yillik  tushumda  birinchi  chorak  tushumlarining 
ulushini  hisobga  olgan  holda  har  oyda  o’rnatiladi.  Bunda  bashorat  ko’rsatkichi  miqdori  o’tgan 
moliya  yilining  oxirgi  choragidagi  haqiqiy  tushumning  uchdan  bir  qismdan  oshmasligi  kerak. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, tumanlar, shaharlar byudjetlarining daromad va 
xarajatlari  yillik  rejalarining  choraklar  bo’yicha  taqsimoti  tegishli  ravishda  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  moliya  boshqarmalari,  shuningdek, 
tegishli tumanlar va shaharlar hokimiyatlarining moliya bo’limlari tomonidan qirq kun ichida, biroq 
ko’rsatilgan byudjetlar tasdiqlanganidan keyin 25 fevraldan kechikmasdan amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  tegishli  mahalliy  byudjetlar  bo’yicha  daromadlar  va 
xarajatlarning choraklik taqsimoti: 

 
tuman, shahar byudjeti bo’yicha – tegishli ravishda tuman, shahar moliya bo’limi tomonidan 
tuman, shahar byudjeti hamda ular tarkibiga kiruvchi quyi byudjetlar daromadlari va xarajatlarining 
chorak bo’yicha taqsimotini birlashtirish yo’li bilan; 

 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahri  byudjeti  bo’yicha  tegishli 
ravishda  Qoraqalpog’iston  respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahar  moliya  boshqarmalari 
tomonidan Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar byudjetining, shuningdek, 
ular  tarkibiga  kiruvchi  quyi  byudjetlar  daromadlari  va  xarajatlarining  chorak  bo’yicha  taqsimotini 
birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.  
Kelgusi yilga Davlat byudjeti kutilayotgan daromadlar summalari haqida ma’lumotlar: 
-    Тumanlar  (shaharlar)  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  hududiy  davlat  soliq  organlariga 
Davlat soliq qo’mitasi tomonidan o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq joriy yilning 
25 iyunidan kechikmasdan;  
 -  Hududiy  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 
qo’mitasiga qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda, biroq joriy yilning 1 
iyulidan kechikmasdan taqdim etiladi. 
Kelgusi  chorak  uchun  Davlat  byudjetining  kutilayotgan    daromadlar  summalari  haqida 
ma’lumotlar: 
-  Тumanlar  (shaharlar)  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  hududiy  davlat  soliq  organlariga 
Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  va  belgilangan  muddatda,  biroq  bashorat 
qilinayotgan chorakdan oldingi chorak oxirgi oyining 25 sanasidan kechikmasdan;  
-  Hududiy  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 
qo’mitasiga  qonun  hujjatlarida  o’rnatilgan  tartibda  va  belgilangan  muddatda,  biroq  bashorat 
qilinayotgan chorakdan oldingi chorak oxirgi oyining 25 sanasidan kechikmasdan taqdim qilinadi. 
Qonun  hujjatlariga  asosan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va 
Тoshkent shahar moliya  boshqarmalari daromadlar hisob-kitobi shakllarini olgandan keyin tuman 
va  shaharlar  hokimyatlarining  moliya  bo’limlariga,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 
Тoshkent  shahar  Davlat  soliq  boshqarmalariga  taqdim  qilish  muddatini  ko’rsatgan  holda 
yuboradilar.  Bir  xil  ko’rinishdagi  yoki  qo’shimcha  shakllar  taqdim  qilish  muddatlari  ko’rsatilgan 
holda Davlat soliq qo’mitasi  tomonidan ham jo’natilishi mumkin. 
Тumanlar  va  shaharlar  hokimiyatlarining    moliya  bo’limlari  daromad  hisob-kitobi 
shakllarini taqdim  qilish  muddatlarini ko’rsatgan  holda tegishli tumanlar  va shaharlar davlat soliq 
inspeksiyalariga yuboradilar.  
Daromadlar  bo’yicha  hisob-kitob  shakllari  ularni  to’ldirish  va  taqdim  qilish  bo’yicha 
ko’rsatmalari  bilan  hududiy  davlat  soliq  boshqarmalariga  Davlat  soliq  qo’mitasining 

 
158 
modemogrammasi(xati)  orqali  etkaziladi.  Daromadlar  bo’yicha  hisob-kitob  shakllarini  taqdim 
qilish  muddatlari,  agar  DSQning  modemogrammasida  ko’rsatilmagan  bo’lsa,O’zbekiston 
Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonuniga asosan aniqlanadi. 
Kelgusi  oy  uchun  Davlat  byudjetining  kutilayotgan    daromadlar  summalari  haqida 
ma’lumotlar har oyda: 

 
Тumanlar  (shaharlar)  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  hududiy  davlat  soliq  organlariga 
Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  va  belgilangan  muddatda,  biroq  bashorat 
qilinayotgan oyning 3  sanasidan kechikmasdan;  

 
Hududiy  Davlat  soliq  organlari  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 
qo’mitasiga  qonun  hujjatlarida  o’rnatilgan  tartibda  va  belgilangan  muddatda,  biroq  bashorat 
qilinayotgan oyning 4 sanasidan kechikmasdan taqdim qilinadi. 
Bashorat  qilinayotgan  oy  va  chorak  uchun  Davlat  byudjeti  daromadlarining  kutilayotgan 
summalari  haqidagi  ma’lumotlar  manbalar  bo’yicha  va    vazirliklar  bo’yicha  yig’ma  jadvallarga 
asosan taqdim qilinadi.  
Davlat  byudjeti  daromadlarini  prognoz  qilishda  foydalaniladigan  asosiy  tushunchalar 
quyidagilardir: 
-  byudjet  jarayoni  -    qonun  hujjatlari  bilan  tartibga  solinadigan  Davlat  byudjetini  tuzish, 
ko’rib  chiqish,  qabul  qilish  va  bajarish  jarayoni,    shuningdek,  Davlat  byudjeti  tarkibiga  kiruvchi 
byudjetlar orasidagi  munosabatlar. 
-  byudjet  dotatsiyasi  –  o’z  daromadlari  va  boshqa  byudjet  mablag’lari  etishmaganda  quyi 
byudjetning  daromadlari  va  xarajatlari  orasidagi  farqni  yopish  uchun  yuqori  byudjetdan  quyi 
byudjetga beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari.  
-  byudjet  assignovaniyasi  –  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  Davlat  byudjeti 
mablag’laridan byudjet tashkilotlari va boshqa byudjet mablag’larini oluvchilarga   ajratiladigan pul 
mablag’lari. 
-  byudjet  profitsiti  –  ma’lum  bir  davr  uchun  byudjet  daromadlarining  xarajatlari 
summasidan oshib ketishi. 
- byudjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoki respublika byudjetidan rezident-
yuridik shaxsga yoki xorijiy davlatga qaytarib berish asosida ajratiladigan mablag’lar. 
-  byudjet  subvensiyasi  –  yuqori  byudjetdan  quyi  byudjetga  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda aniq maqsadlar uchun xarajat qilish sharti bilan beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari. 
-  byudjet  talabnomasi  –  byudjet  tasniflagichi  bo’yicha  byudjet  mablag’lari  ajratish  va 
tushumlarni shakllantirish to’g’risidagi talabnoma.  
-  byudjet  tashkiloti  –  faoliyati  Davlat  byudjeti  mablag’lari  hisobidan  moliyalashtiriladigan 
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, davlat tashkilotlari.  
- byudjet kamomadi – ma’lum bir davr uchun byudjet xarajatlarining daromadlaridan oshib 
ketishi. 
-  byudjet  transferti  –  yuridik  yoki  jismoniy  shaxsga  bevosita  yoki  uning  vakolatli  organi 
orqali beg’araz ajratiladigan pul mablag’lari. 
-  yirik soliq to’lovchilar  – hisoblangan soliqlari aniq bir hudud bo’yicha hisoblangan soliq 
summasining 80 %ini tashkil qiluvchi soliq to’lovchilar. 
- mahalliy byudjet – Davlat byudjetining bir qismi bo’lib, tegishli viloyat. Тuman, shaharpul 
mablag’larining  fondini,    shuningdek,  moliya  yili  davomida  anik  maqsadlarga  ajratiladigan  
mablag’larning miqdori va xarajat yo’nalishlarini tashkil qiladi. 
-  soliq  salohiyati  –  Butunjahon  banki  terminologiyasiga  asosan,  qandaydir  ma’muriy 
birlikka  biriktirilgan,  uning  byudjetiga  tegishli  soliq  tushumlari  hajmini  olib  keladigan  (biroq 
mazkur hududda haqiqatda tushgan tushumlar summasi emas) soliqqa tortiladigan baza qobiliyati.  
-  hududning  soliq  bazasi  –  mazkur  hududda  amalda  bo’lgan  barcha    soliqlarning  soliq 
salohiyati summasi. 
- aniq soliq turi uchun soliq salohiyati – bu aniq davr uchun ushbu soliq turi buyicha qonun 
hujjatlarida  belgilangan  soliqqa  tortiladigan  baza  va  stavkadan  kelib  chiqqan  holda  tushishi 
mumkin bo’lgan eng yuqori miqdordagi soliq tushumi. 

 
159 
- naqd pul aylanmasi – moliya yilida Qoraqalpog’iston Respublikasi  va mahalliy byudjetlar 
hisob raqamlaridagi pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdori. 
-  hududiy  leveridj  (moliyaviy  richag)  –  hududiy  byudjetni  shakllantirishning  tashqi 
manbalari  (transfertlar,  subsidiyalar,subvensiyalar,qarzlar)  bilan  ichki  manbalarining  (soliq 
tushumlari va soliqsiz tushumlar) bir biriga mosligi. 
-  respublika  byudjeti  –  Davlat  byudjetining  bir  kismi  bo’lib,  daromadlar  manbalari  va 
tushumlar 
miqdorlarini 
ko’zda  tutuvchi,  umumdavlat  ahamiyatiga  molik  tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun foydalaniladigan, shuningdek,  moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun 
ajratiladigan mablag’lar miqdori va ularni xarajat qilish yo’nalishlari. 
- moliya yili – birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabrgacha bo’lgan davr. 
- moliyaviy mustaqil hudud – o’zining moliyalashtirish manbalari (asosan soliqlar) byudjet 
mablag’larining 80%ini tashkil qiluvchi hudud. 
Ma’lumotlarni  olish  manbalari  bo’yicha  Davlat  byudjeti  daromadlarini  prognoz  qilish 
quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 
1. Erishilgan daraja bo’yicha prognoz qilish usuli. Davlat byudjeti daromadining asosini 
soliqlar  tashkil  qilar  ekan,  soliqlarni  prognoz  qilish  davlat  byudjetining  daromad  qismini 
to’ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda soliq tizimida soliqlarni prognoz qilishning 
asosan  bitta  usulidan  –  erishilgan  daraja  bo’yicha  prognoz  qilish  usulidan  foydalaniladi.  Ya’ni 
bu  usul  o’tgan  hisobot  davrlaridagi  haqiqiy  tushumga  asoslangan.  Bunda  kutilayotgan  tushum 
summalari  o’tgan  hisobot  davrlaridagi  haqiqatdagi  tushum  summalarining  o’siщ  koeffitsiyentiga 
ko’paytirish orqali aniklanadi. Bu koeffitsiyentni topish uchun turli xil matematik usullarni qo’llash 
mumkin.  Тuman  darajasida  kutilayotgan  tushum  summalarining  hisob-kitobi  uchun  soliqlar 
bo’yicha  soliq  to’lovchilar  tomonidan  taqdim  qilingan  hisob-kitoblardan,  shuningdek,  soliqlar 
buyicha tushumdan ham foydalanish mumkin. 
Hudud uchun soliq tushumlari bo’yicha prognoz summalari barcha tuman yoki shahar soliq 
inspeksiyalari tomonidan hisob-kitob qilingan tushum summalari orqali aniqlanadi. Хuddi shunday 
respublika  uchun  soliqlar  buyicha  tushum  summalari  hududiy  davlat  soliq  boshqarmalarining  
ma’lumotlari bo’yicha tushum summalari jamlab aniqlanadi. 
Bu  usul  ayrim  noaniqliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Chunki,  erishilgan  ko’rsatkichlar 
bo’yicha  prognoz  qilishda  ob’ektni  har  tomonlama  ko’rish  imkoni  bo’lmaydi.  Negaki,  erishilgan 
daraja faqat haqikatdagi tushumga asoslangan.  
Ammo  chuqurroq  tahlil  qilinsa,  tumanda  hisobot  yilida  undirilmay  qolgan  soliq  qarzi 
summalari,  yangi  tashkil  bo’layotgan  korxonalar    tomonidan  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  soliqlar, 
ayrim korxonalarning faoliyati susayishi natijasida yo’qotilishi mumkin bo’lgan mablag’lar, ayrim 
korxona  va  tashkilotlar  mulkchilik  shaklining  o’zgarishi  natijasida  ba’zi  soliq  turlaridan  soliq 
tushumlarining  kelgusi  yilda  ko’payishi  yoki  kamayishi  mumkinligi,  shuningdek,  ba’zi 
korxonalarning  soddalashtirilgan  soliq  tizimiga  o’tkazilishi  yoki  aksincha,  tegishli  shartlarni 
bajarmagan korxonalar soddalashtirilgan soliq tizimidan umumbelgilangan tartibda soliq to’lashga 
o’tkazilishi  ham  soliq  tushumlarining  o’zgarishiga  olib  kelishi  mumkin.  Yuqorida  qayd  etilgan 
prognoz qilish usulida ayrim ta’sir ko’rsatuvchi holatlarni to’liq inobatga olish biroz mushkul.  
Shuning  uchun  prognoz  ishlarini  amalga  oshirishda  korxonalar  tomonidan  soliq  qarzini 
to’lash imkoniyati va  muddati, taqdim qilingan imtiyozlar muddatlarining etib kelganligi haqidagi 
ma’lumotlarning  taqdim  qilinishi,  shuningdek,  tuman  statistika  organlari  tomonidan  yangi  tashkil 
etilayotgan korxonalar sonining o’rtacha o’sish yoki kamayish sur’ati, ularning mulkchilik shakllari 
haqidagi ma’lumotlarining taqdim qilinishi maqsadga muvofiq.  
2.  Davlat  byudjeti  daromadlarini  mikroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  asosida  prognoz  qilish. 
Bunda  kutilayotgan  to’lovlar  tushumi  hisob-kitobi  soliq  to’lovchilarning  soliq  organlariga  taqdim 
qilgan moliyaviy va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida  amalga oshiriladi.  
Bu usulda moliyaviy va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarini kiritish ko’p vaqt talab qiladi. 
Bu hisob-kitoblar uchta bosqichda: tuman, viloyat va respublika miqyosida tuziladi.  
3. Davlat byudjeti daromadlarini makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida prognoz qilishda 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarga  asoslangan  usullardan  foydalaniladi.  Bu  hisob-kitoblar  faqat 

 
160 
viloyat va respublika darajalarida tuziladi. 
4.  Ko’p  omilli  tahlilga  asoslangan  usullar  (ishlab  chiqarilgan  mahsulot  hajmi,  qiymat 
ko’rsatkichlari, valyuta kurslari va boshqalar). 
Davlat  byudjetiga  to’lovlarning  kutilayotgan  tushumining  hisob-kitob  usullarini  amalga 
oshirish  ayrim  qiyinchiliklar  tug’diradi.  Chunki  tegishli  ko’rsatkichlarning  ma’lumotlar  bazasini 
tashkil qilish ehtiyoji yuzaga keladi. 
Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi: 
1.  Хalq  xo’jaligi  tarmoqlari  bo’yicha  byudjetga  tushumlarni  prognoz  qilish.  Bu  usul 
soliqlarni  iqtisodiy  faoliyat  turi  bo’yicha  taqsimlash  va  shu  asosda  Davlat  byudjetiga  tushumlarni 
baholashga asoslangan. 
Bunday taqsimlashda iqtisodiy jarayonlar, makroiqtisodiy omillar, narx va uning soliqlarga 
ta’siri  aniqroq  ko’rish  imkonini  beradi.  Bu  esa  o’z  navbatida  soliq  tushumlarining  prognoz 
funksiyasini sifatli bajarishga imkoniyat yaratadi. 
2.  Тarmoqlararo  balans  matritsasidan  foydalanish  asosida  byudjetga  tushumlarni 
prognoz  qilish  ishlab  chiqarish,  pul  aylanmasi,  iste’mol  va  jamg’arish  orasidagi,  daromadlar, 
xarajatlar  va  yakuniy  talab  hamda  soliqlar  tushumi  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlikni  kompleks 
ravishda ochib berish uchun qo’llaniladi. 
3.  Davlat  byudjetiga  tushumlarni  YaIMga  nisbatan  soliq  tushumlarining  elastikligi 
asosida  prognoz  qilish.  Bunda  davlat  byudjeti  daromadlarining  joriy  davrda  yalpi  ichki 
mahsulotdagi ulushiga qarab kelgusi davr uchun prognoz qilish imkoni yaratiladi. 
Хulosa qilib aytish mumkinki, davlat byudjeti daromadlarini aniq va to’g’ri prognoz qilish 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatining yuksalishida muhim vositadir.  
 
Nazorat savollari 
1. Soliq idoralarida prognoz ishlarini tashkil qilish tartibini tushuntirib bering. 
2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish nimalarga asoslanadi?  
3. Byudjet so’rovnomasini taqdim etish muddatlari qanday? 
4. Yirik manbalarga misollar keltiring. 
5. Davlat byudjeti daromadlarini prognoz qilishning qanday usullari bor? 
6. Byudjet daromadlarini prognoz qilish tartibini tushuntiring. 
7. Maqsadli jamg’armalarga mablag’lar tushumi qanday prognoz qilinadi? 
 
 
 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling