T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

М .  V.  Lomonosov  (1711-1765),  A.  N.  Radishchev  (1749-1802)larni 
ham   kiritish  m um kin.
М.  V.  Lom onosov tabiat hodisalarining asosida zarra harakati yotadi, 
deb  o'zining  atom -m olek ulyar  (korpuskulyar)  nazariyasini  yaratdi. 
M ateriya  a to m la rd a n   tashkil  to pgan,  doim   h arak a td a,  fan  bu n i 
o'rganishi va bu sohadagi nazariyani kengaytirishi kerakligini ko'rsatadi.
Fazo va vaqt V.  M.  Lomonosovning fikricha,  materiyaning ajralmagan 
holda  haqiqiy  m avjudligini  ko'rsatuvchi  dalildir.  V.  M.  Ldm onosov 
m o d d a la rn in g   s a q la n is h   q o n u n in i  k a s h f  q ilish   b ila n   m o d d iy  
dunyoning,  y a’ni  tabiat  taraqqiyotidagi  rivojlanish  dialektikasiga  asos 
soldi.
O lim ning  fizika,  xim iya,  biologiya,  geologiya  va  b o sh q a  fan 
sohasidagi  erishgan  yutuqlari  uning m aterialistik dunyoqarashiga dalil 
ham da asos bo'ldi.
Shunday  qilib,  XVIII  asr  m aterialistlari,  o 'sh a  davrdagi  tibbiyot 
fani  erishgan  yutuqlar asosida din va  idealizmga  qarshi chiqqanlar.  Bu 
tarixiy haqiqat.
Yangi  davr  falsafasi  va  nemis  klassik  falsafasida  ijod 
muammolari
Fransuz  falsafasi  bilan  nem is  klassik  falsafasi  ijodi  X V III  asr  oxiri
XIX  asr  boshida  vujudga  keldi.  Bu  davrda  G erm aniyada  kapitalizm
46

endi  vujudga  kelavotgan,  feodal  m unosabatlar  yem irilayotgan  edi. 
N em is  klassik  falsafasi  shu  davrdagi  burjua  dem okratik jarayonlar va 
inqilobiy q o ‘zg‘olonlar ta ’siri  ostida  vujudga keldi  va rivojlandi.  Nemis 
klassik  falsafasining  ijo d k o r  n a m o y a n d a la ri  nem is  b o y larin in g  
mafkurachilari sifatida  maydonga chiqdilar.  Germaniya boshqa G 'arbiy 
Yevropa  m am lakatlariga  qaraganda  bir  m uncha  siyosiy  va  iqtisodiy 
jih atd an   qoloq  edi.  N em is  boylar  sinfi  qo'rqoq  va  kuchsiz  edi.  Ana 
shunday  davrda  oddiy  til  bilan  aytganda,  ko'proq  “ M ayda  ishlar  va 
katta  xayollar  bilan  shug‘ullanar  ed i” .
Shu  davrda  G erm aniyada  G yote,  Shiller,  Lessing  kabi  adiblar, 
K ant,  Fixte,  Gegel  singari  faylasuflar  yetishib  chiqqan  edi.  Bular 
ijodida nemis boylarining o ‘zaro kelishuvchanligi, qaram a-qarshi tabiati 
o ‘z ifodasini topdi.  Nemis idealizmining vakillari marksizmgacha bo‘lgan 
m etafizik  m aterializm   kam chiliklaridan  foydalanib,  uni  idealistik 
dialektika asosida tanqid  qildilar va bir qancha dohiyona  ijodiy fikrlarni 
berdilar,  chunki  bu  falsafiy  —  ijodiy tizim ni  vujudga  keltirgan  olim lar 
tarixiy,  tabiiy  va  ilmiy  m a ’lum otlarga  suyanar  edilar.  N em is  klassik 
falsafasi  boylar  tafakkurining  eng  yuqori  bosqichi  bo'lsa-d a,  lekin 
uning  ijodkorlari  o'zlarining dialektik  qarashlaridan  kelib chiqadigan 
inqilobiy xulosalari  oldida ojiz edilar.
N em is  k lassik  fa lsa fa sin in g   aso sch isi  I.  Kant  (1 7 2 4 -1 8 0 4 ) 
publitsistika,  falsafa  va  huquq  singari  fanlar  bilan  shug'ullangan.  U 
nem is  boylarining  m afkurachisi  bo'lgani  uchun  uning  ijodida  nemis 
boylariga xos  ikkilanish  o 'z  ifodasini topgan.  Olim o 'z ijodida  idealizm 
bilan  m aterializm ni,  din  bilan  fanni  kelishtirishga  urinadi,  ikkinchi 
to m o n d an ,  u  narsa  va  hodisani  bilishni  inkor  etadi  (agnostitsizm ). 
K ant  ijodi  asarlarining  yaratilishiga  qarab  ikki  davrga  b o 'linadi: 
“T anqidgacha”  va  “tanqidiy davr” .  H ar ikki  davrda  ham   m aterializm  
va idealizmni kelishtirishga urinadi.  Birinchi davrda unda tabiat fanlarini 
o'rganishi  ta ’sirida  m aterialistik to m o n lar kuchli edi.  Ikkinchi davrda 
esa,  idealistik  g'oyalar  ustun  keldi.  Kant  o 'z  faoliyatini  N yutonning 
kosm ogoniyasini  tanqid  qilishdan  boshlaydi.  N yuton  olam   tortishish 
qonunini  o 'z   davri  holafidan  kelib  chiqib  ifodalagan  bo'lsa,  Kant 
uning  paydo  bo'lish  va  rivojlanishidan  boshlaydi.  N yuton  ijodidagi 
xudoga  b o g ia n ish n i  fojia  deb,  bu  m asalani  D em okrit,  Epikurlar 
davom chisi  sifatida  tekshiradi.  Quyosh  tizim ining  paydo  bo'lishini 
tum anlik  kelib  chiqishi  bilan  tushuntiradi  va  hech  qanday turtki  yo'q
47

deya,  m ateriyani  doim iy  paydo bo'lishi va yo'qolib turish  m uam m osini 
isbotlashga harakat  qiladi.  Kant  o 'z  oldiga ilm iy bilishning im koniyati 
haqidagi  m u a m m o n i  vazifa  qilib  q o 'y ad i.  U ning  fikricha,  a w a l 
insonning bilish  im koniyatini tekshirishi kerak.  Bu esa bilish jarayonini 
bilish  lozim   b o 'lg an   narsalar  bilan  bir  q atorda  qo'yishga  olib  keladi. 
A m m o,  I.  K ant  ta fa k k u rn i  ch eg a ralab   q o 'y ad i.  U ning  ijodida, 
narsalam ing  voqeligi  o 'z   m ohiyatidan  farq  qiladi.  Obyektiv  dunyo 
bor,  lekin  u la r  (narsa)  o 'zid a b o 'lib ,  uni  bilish  m um kin  em as,  deydi. 
K antning bu fikri agnostitsizmga olib keladi.  K antning fikricha,  voqelik 
tartibsiz b o'lib,  bizning ongim izgina tajriba bilan bog'lanm agan holda 
u voqelikka um um iy zaruriy qonuniyatlar kirgizadi.  D em ak,  K antning 
fikricha,  narsa  ong  bilan  m uvofiqlashuvi  kerak.
K antning xizmati  metafizik uslubni  tanqid qilish va dialektik uslubga 
y aq in lash u v id a,  kishi  tafak k uridag i  q ara m a-q arsh ilik larn i  e ’tiro f 
qilishidadir.  K ant  falsafasidagi  idealizm  va m aterializm  sohalari  nem is 
falsafasining  rivojlanishiga katta ta ’sir ko'rsatdi.
U ning  falsafasi  G .  G egel  idealizm i  va  Feyerbax  m aterializm ida 
nam oyon  b o'ldi.  Gegel  (1770-1831)  falsafasida  nem is  idealizmi  eng 
yuqori ch o'q qiga chiqqan b o'lib,  falsafadagi yetakchi  masala obyektiv 
idealizm   asosida  hal  qilindi.  U  tabiat,  jam iyat  hodisalarining  asosida 
dunyoviy  ruh  yotadi,  deb  tasdiqladi.  D unyoviy  ruh  birinchi,  tabiat 
esa  hosila,  deydi.  Gegel  ijodining  asosini  m utlaq g'oya tashkil  qiladi. 
Gegel  falsafiy  tizim i  bilan  uning  uslubi  orasida  ziddiyat  bor  edi.  Bu 
ziddiyat  nem is  boylarining  tabiatini,  ya’ni  bir  to m o n d an,  eskicha 
feodal  m unosabatlarga qarshi kurashi bo'lsa,  ikkinchi tom ondan,  o'sib 
kelayotgan  ishchilar  sinfm ing  harakatidan  ch o 'ch ishn i  ifodalar  edi. 
Gegel  falsafiy ijodida  rivojlanish g'oyasini ilgari surilishi bilan dialektik 
uslubga olib keldi.
D ialektik  uslub  G egel  ijodining  ratsional  m ag'zini  tashkil  qiladi. 
G egel  dialektik  harakatning um um iy shakllarini  birinchi  b o'lib to 'la - 
to 'k is va ongli  ravishda tasvirlab bergan.
G egelning  boy  m azm unga  ega  b o'lgan  keng va  ch u q u r  rivojlanish 
haqidagi ta ’limotiga ko'pgina faylasuflar ijobiy baho bergan.  Gegelning 
pastdan  yuqoriga,  oddiydan  m urakkabga  qarab  boruvchi  dialektik 
rivojlanish  haqidagi  t a ’lim oti  m etafizik  ta ’lim otga  berilgan  zarbadir. 
Gegel dialektikaning qonunlarini, garchand  idealistik asosda bo'lsa ham, 
birinchi  b o 'lib   t a ’riflagan.
48

Ziddiyatlarning  rcalligini  e ’tiro f etib,  metafizikaga  qaram a-qarshi 
b o ‘lgan  fikrni  bergan  Gegel,  ziddiyat  harakat  va  rivojlanishning  ichki 
m anbayini  tashkil  etishini,  qaram a-qarsh ilik lar  birligi  va  kurashi 
dialektikaning  asosiy  qonuni  ekanligini  isbotlaydi.
Gegel  rivojlanishning  asta-sekin  m iq d o r  o ‘zgarishlaridan  sifat 
o ‘zgarishiga sakrashlar orqali  o ‘tishini tasniflab,  dialektikaning m iqdor 
o ‘zgarishidan sifat  o ‘zgarishiga o ‘tish  qonunini  asosladi.  Rivojlanishda 
eski bilan yangi  o ‘rtasidagi bog‘lanish  mavjudligini va  rivojlanishning 
yuqori bosqichida inkor etilayotgan  quyi bosqich  ijobiy m azm unining 
s a q la n is h in i  is b o tla b ,  in k o rn i  in k o r   q o n u n in i  o c h d i.  G eg el 
dialektikaning asosiy qonunlaridan tashqari,  sabab va oqibat,  ziddiyat, 
zaruriyat va tasodif,  im koniyat va voqelik,  m azm un va shakl,  m ohiyat 
va  hodisa  kabi  dialektika  kategoriyalarini  ham   tavsiflab  berdi.  Bular 
G egel  ijodining  ilg‘o r tom onlari  va  uning  asosiy  xizmatlaridir.
G egelning  xizm ati  yana  shundaki,  u  birinchi  bo ‘lib,  butun  tabiiy, 
tarixiy  va  m a ’naviy  dunyoni  bir  jaray o n   shaklida,  y a’ni  uzluksiz 
harakat  qilib,  o ‘zgarib,  qaytadan  tuzilib,  taraqqiy  qilib  turadigan 
holda ko'rsatadi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini 
nazariy jih atdan  ochib  berishga  urinadi.  G egelning  vazifani  am aliy 
jihatdan  hal  qilm aganligining bu yerda  aham iyati  yo‘q.  U ning tarixiy 
xizmati bu vazifani o ‘rtaga q o ‘yganligida edi.
Gegel ijodining asosiy yutug‘i falsafiy tizimidir.  U obyektiv idealist 
b o ‘lganligi uchun materializmga qarshi edi.  U moddiy dunyoni mavhum 
g‘oyaning mujassami,  uzluksiz rivojlanish jarayoni  real dunyoga emas, 
m utlaq  ruhga  xos  deb,  dunyoning  asosi  ham   shu  ruh,  deb  bildi.
G egelning  fikricha,  voqelikni  yaratuvchi  ham   m utlaq  g‘oyadir. 
Gegel  tizim ida  m utlaq  g ‘oya  o ‘z  rivojlanishida  uch  davrni  boshidan 
kechiradi:  1)  g ‘oya  tabiatdan  oldin  paydo  b o ig a n   tafakkur  holatida 
yashaydi.  U   insondan  oldin  paydo  b o ig a n .  U ning  fikricha,  kishi 
ongidan tashqarida yashovchi  m avhum  tafakkur-m utlaq g ‘oya yotadi. 
U buni  «Logika»  kitobida  ifodalagan.
M utlaq  g ‘oya  o ‘z  rivojlanishining  muayyan  ikkinchi  bosqichida 
o ‘zin in g   q a ra m a -q a rs h is ig a   -  ta b ia tg a   ay lan ad i.  Y a ’ni  o ‘zin i 
begonalashtiradi.
U chinchi  davrda  kishi  tafakkuri  ijtim oiy  ongning  turli  shakllarida 
o 'z   ifodasini  topadi  va  m utlaq  haqiqatga  erishadi.  Shu  bilan  mutlaq
49

g‘oyaning  rivojlanish  davri  tugaydi,  natijada  rivojlanish  berk  doiraga 
aylanadi.
Gegel  o ‘z ijodida davlat va  huquq,  estetika,  din falsafasi  masalalariga 
to ‘xtalib, bu  sohada  ham   o'zining   idealistik  fikrlarini beradi.
N em is falsafasining yirik vakillaridan  biri  Lyudvig Feyerbax (1804- 
1872)  edi.  U  G egel  va  K ant  idealizm ini  tan q id   qilib,  X VII  asr 
m aterializm ining ilg‘o r urf-odatlarini tikladi va  rivojlantirdi.  Bu davrda
-  XIX  asrning  ikkinchi  choragida  G erm aniyada  sanoat  kapitalizm i 
kuchaygan,  jam iyat  tarixida  ikki  sinf —  boylar  va  ishchilar  sinfm ing 
o ‘sish  davri  edi.  Boylar bilan boylar va boylar bilan  ishchilar o ‘rtasida 
sinfiy ziddiyatlar kuchaygan  edi.  Bularning ham m asi  G erm aniyadagi 
g‘oyaviy  kurashning  kuchayishiga  olib  kelgan  edi.  Bu  kurash  G egel 
ijodini  tushkunlikka  tushishida  o ‘z  ifodasini  topdi.  Bu  davrdagi  yosh 
gegelchilar  orasida  Feyerbax  ham   b o r  edi.  U  birinchi  b o ‘lib  G egel 
idealizmiga qarshi  chiqib,  m aterializm   bayrog‘ini  ko‘tardi.  U  idealizm 
va diniy sohalam i tanqid  qildi.  Ijobiy g‘oyalam i  esa targ‘ib  qildi.  1839- 
yili  «Gegel falsafasining tanqidi»,  1841-yilda  «Xristianlikning mohiyati» 
degan  asarlarini  yozdi.  Feyerbaxning  bu  asarlari  dahriylik  g'o y alam i 
o ‘rtaga q o ‘yilishida  katta  rol  o ‘ynaydi.  Feyerbax  m ateriyaning doim iy 
uz lu k siz  h a ra k a td a lig in i,  ta b ia t,  m a te riy a   b irla m c h i,  o ng,  ru h  
ikkilam chi  ekanligini  t a ’kidlaydi.  U  falsafaning  asosiy  m asalasini 
m aterialistlarcha hal qiladi.  M aterializm ni yangi  pog‘onaga ko‘taradi, 
unga tabiiy-ilm iy asos beradi.  U  mexanistik m aterializm  tabiatan qotib 
qolgan,  harakatsiz,  degan  qarash  o ‘rniga  tabiat  rang-barang,  deb 
qaradi.  U  o ‘zining  ilmiy  ijodi  orqali  bilish  nazariyasini  m aterializm  
asosida rivojlantirdi.  Feyerbax  Kant agnostitsizmini tanqid qilib, dunyoni 
bilish  m um kinligini  isbotladi.  Uning fikricha, bilish jarayoni sezgilaiga, 
keyin  esa  tafakkurga  o ‘tish  yo‘li  bilan  obyektiv  haqiqatni  bilishdan 
iboratdir.
Feyerbax  G egel  dialektikasining  ratsional  m ag'ziga  to ‘g ‘ri  bah o  
b erm a d i,  u n in g   idealizm i  bilan  dialektikasini  q o ‘shib  uloq tird i. 
Feyerbaxning  kam chiligi shuki,  u tabiatga va bilish jarayoniga tarixan 
yondashm adi, bilish jarayonida jonli  m ushohadadan abstrakt tafakkurga 
o ‘tish dialektikasini va am aliyotning  rolini  metafiziklarcha tushuntirdi. 
Y a ’ni  b ilis h n in g   su b y ek ti  qilib  ta rix iy -ijtim o iy   m u n o s a b a td a n  
ta sh q a rid a g i  m a v h u m   in so n n i  o lad i,  k ish ilarn i  biologik  ta rz d a  
tushunadi,  lekin  ular  orasidagi  sinfiy  m unosabatni  k o ‘rmaydi.  Inson
50

harakati  faoliyatini  ko'rolm adi.  Feyerbax  m aterialistik  tizim ni  kishi 
fiziologiyasi va ruhiyati asosida  ko'rishga  intildi.
U  dinni jaholat  va  qorong'ulik,  deb  tushundi,  lekin  uning  ijtimoiy 
m ohiyatini  tu shu ntira  olm adi.  U  ijtimoiy  hodisalarga  m aterializm ni 
tatbiq eta olmadi.
Shunday qilib,  Feyerbax Gegel  falsafasining asl  m ag'zini  uloqtirdi. 
Dinga qarshi chiqdi.  Shunday bo4sa-da,  b a’zi  faylasuflar uning  ijobiy 
tom onlarini k o ‘rsatdilar.
Falsafani  yanada  yuqori  pog‘onaga  XIX  asr oxiridagi  rus  faylasuf- 
dem okratlari V.  G.  Belinskiy (1811-1848), A.  I.  Gersen (1828-1889), 
N . A.  Dobrolyubov (1836 -1 86 1),  N.  G.  Chemishevskiy (1828-1880), 
D .  I.  Pisarev  (1 8 4 0 -1 8 6 8 )lar ko ‘tardilar.
Bu  faylasuflar  o ‘z  ijodlari  bilan  o ‘tm ish  faylasuflaridan  shu  bilan 
farqlanadilarki,  ular ezilgan  om m a  m afkurachilari  sifatida  maydonga 
chiqqanlar.  Rus  revolutsion  dem okratlarining  xizm ati  shundaki,  ular 
materialistik mazmunga ega bo‘lgan inqilobiy nazariyalami olg‘a surdilar. 
U lar Gegel dialektikasidan  foydalanishda  uni tanqid qilish bilan birga 
«falsafaning  algebrasi»  G ersen ,  deb  bildilar.  U lar  dinga  qarshi 
kurashdilar.
Ular om m aning ozodlikka erishishining yagona  yo‘li  inqilob,  degan 
g‘oyani  ilgari  surdilar.  U larning falsafiy asarlari  chuqur  ilmiy asosdagi 
dohiyona  asarlardir.  Falsafaning  asosiy  masalasi  -  tashqi  dunyoning 
moddiyligi va ongning ikkilamchiligini hal qilishda Gegelni tanqid qilib, 
ruh  va  tafakkur  m ateriya  m ahsulidir,  m ateriya  birlam chi,  ong  esa 
uning  m ahsulidir,  deya tushuntirdilar.  U larning  fikricha,  m ateriya bu 
mavjud haqiqatdir,  uni  hech  vaqt  yo‘q  qilib b o ‘lmaydi.  M asalan,  A.  I. 
G ersen shunday deydi:  «Xohlaganingcha  moddani  abstraktlashtirishing 
m um kin,  lekin  uni  hech  vaqt  y o'qota  olm aysan1».
G ersen  ijodi  va falsafasi dialektikani  materialistik asosladi,  falsafani 
tabiat qonunlarigagina bog'lab qo‘ymay, jamiyat qonuniga ham  mosladi.
G ersen  dialektik  uslub  va  am aliy  faoliyatlarning  birligini  ham  
ko‘rsatdi.
Insonning amaliy faoliyati tarixiy ijodiy kuchlardan  lboratdir,  deydi
u.  Shuningdek,  am aliyot  bilan  nazariya  birga  borishi  kerakligini 
ta ’kidladi,  dunyoni  qayta  qurishda  falsafa  ilmiy  qurol  ekanligini
1 Filosof.  izbr. proizv. Т.  1. str.  151, 280.
51

ko‘rsatdi,  lekin bu fikmi oxiriga yetkaza olmadi.  Bunga sabab  Rossiyaning 
ijtimoiy qoloqligi edi.
Falsafa  tarixida  G ersen  dialektikani  ilmiy  ravishda  asosladi,  u 
m etafizik  qarashga  qarshi  chiqdi,  tabiat  va jam iyat  hodisalarini  bir- 
biriga b og‘liq  ravishda,  o ‘zaro ta ’sirda ekanligini ko'rsatdi.
G ersen,  u m um iy jam iyatda  ham   h ar  bir  hodisa  boshqa  hodisalar 
bilan  b o g ‘langan  b o ‘lib,  falsafaning  vazifasi  ana  shu  b o g ‘liqlikni 
ochishdir,  tabiat  va jam iyat  taraqqiyoti jarayoni  eskining o ‘lishi  bilan 
yangining  paydo  b o iish id ag i  kurashdadir,  degan  edi.
K o‘rinib  turibdiki,  uning  uslubi  inqilobiy  tavsifda  edi.  Shunday 
b o iish ig a   qaram ay,  u  jam iyatning  taraqqiyotida  hal  qiluvchi  kuch, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish  m unosabati ekanligini 
ko‘rsata olmadi.
X u d d i  s h u n in g d e k ,  G e rs e n   kabi  B elin sk iy ,  D o b ro ly u b o v , 
C hernishevskiylar ham   m ateriya birlam chi,  ong  ikkilam chi,  tabiat  va 
jam iyat  hodisalari,  o ‘sib,  o ‘zgarib  turadi,  ular  o 'zaro   b o g iiq ,  deb 
idealistik qarashga qarshi  chiqdilar.  Jam iyat bir-biriga qaram a-qarshi 
ikki sinfdan tashkil  topgan,  kishilik jamiyati tarixi m ana shu sinflarning 
o ‘rtasidagi  kurashni  o 'z   ichiga  oladi,  deb  k o ‘rsatdilar.  U lar jam iyat 
taraqqiyotini  dialektik  asosladilar,  lekin  shu  bilan  birga,  progressiv 
hal  qiluvchi  kuch  dehqon  sinfidir,  deyishdilar.
0 ‘rta asr va yangi davr Yevropa ijodi va falsafasini oTganish  hozirgi 
davr uchun muhim  ahamiyatga egadir.  Chunki falsafa o ‘tmishda o ‘zining 
shakllanishi  uch un   tarixiy davrlam i boshidan  o ‘tkazgan.  U ning b a ’zi 
m uam m olari  hayot  chig'iriqlaridan  o ‘ta  olm agan.  N atijada,  yangi 
m u am m olarni  keltirib  chiqargan  va  o ‘rtaga  q o ‘ygan.  H ar  b ir  davr 
o ‘zining yutuqlariga ega b o ‘lishi bilan birga kam chiliklariga ham   ega. 
F alsafa  tarix in i  va  o ‘sha  davr  ijodini  o ‘rganish  hozirgi  zam o n  
kishilarining falsafiy tafakkurining  rivojlanishiga  asos b o ‘ladi.
M a’lum ki,  falsafa tarixida tizim va oqim lam i yaratgan allom alar oz 
emas.  Ularning ko'pchiligi  falsafa tarixida o ‘chm as iz qoldirganlar.  Ular 
qoldirgan  falsafiy  m erosning,  ijodning  jiddiy  aham iyati  shundaki, 
bu falsafiy merosni,  ijodni hozirgi kun  falsafasi va ijodi bilan solishtirgan 
holda  yangi  falsafiy  nazariyalarni,  yangi  ijod  nam unalarini  yaratish 
m um kin.  Shuningdek,  m azkur m anbalar m a’lum  m a’noda qadriyatlar 
hisoblanadi.  Bu  qadriyatlarning  aksariyat  qismi  inson  faoliyati  bilan 
bog'liq.  U ning  tarbiyasi,  dunyoqarashiga  aloqador.  Shu  sababli  ham
52

Yevropa  falsafasi  durd on alaridan   foydalanish  insonlarning,  ayniqsa, 
yoshlaming falsafiy va ijodiy saviyasini oshirishga yordam beradi.  Nazariy 
va am aliy faoliyatini  mustahkamlaydi.
Tayancb  tushuncha  va  iboralar
Ijtim oiy  ong,  “ Oy  xudoning  o ta si” ,  “Arfist  q o ‘shig‘i” ,  Fales 
ta iim o ti,  A naksim en,  M ilet  m aktabi,  Pifagor,  Sofist,  Levkipp, 
G e r a k lit,  P ro to g o r,  P la to n ,  A ra s tu ,  id e al  d a v la t,  D e m o k rit, 
Lukretsiy  Kar,  K opem ik,  Bekon,  G obbs,  D ekart,  Spinoza,  Berkli, 
V o lte r,  D id ro ,  L o m o n o so v ,  K a n t,  G eg el,  F ey erb ax ,  G e rse n , 
dialektik uslub.
Mavzuga  oid  savollar
1.  Ilm iy-falsafiy  ijod  tizim lari  qaysi  davrlarda,  qayerlarda  paydo 
b o id i?
2.  M ilet  m aktabining  m ohiyati  nim ada?
3.  Yevropa  uyg‘onish  davri  ijodini  tushuntiring?
4.  Yangi  davr  falsafasining  m ohiyati  nim a?
53

IV 
bob.  IJO DNING  NAZARIY  MUAMMOLARINI  ISHLAB 
C H IQ IS H D A   SHARQ  MUTAFAKKIRLARI  Q O ‘SHGAN  H ISS ALAR
0 ‘rta  Osiyoda  falsafiy-diniy  dunyoqarashning  shakllanishi.
Qadimgi  xalqlar  ijodiy  faoliyati  og‘zaki  va  yozma  manbalarning
ifodasi  sifatida
0 ‘rta  Osiyodagi  qadim gi  falsafiy  qarashlarni  bilish,  o ‘rganishda 
yozuv  va  tarixiy  yodgorliklam ing  katta  ah am iyati  bor.  Q adim iy 
yozuvlardagi  m azm u n   ham   o ‘z  davri  falsafiy jarayonlarini  nam oyon 
qilganki,  ularda  ham   yaxshilik  va  yom onlik,  boylik  va  kam bag‘allik 
o ‘rtasida  k u ra sh la r  tasvirlangan.  Q adim iy  yozm a  yodgorliklarga 
«Avesto»,  «Bundaxshin»  «Denxard»  va  «O 'rxun-Y enisey»  yozuvlari 
kiradi.  Yenisey bo'ylaridagi  qadimgi yozuvlami aniqlash XVIII asming 
boshlarida ms olimlari tom onidan boshlangan. Topilgan yodgorliklardagi 
y o zu vlarni  an iq lash   qiyin  kechgan.  F aqat  XIX  asrning  birin ch i 
choragidagi  G rigoriy  Spasskiyning  Yenisey  yodgorliklari  haqidagi 
m a q o la si  « S ib irsk iy   v estnik»  (S ib ir  x a b a rla ri)  ju r n a lid a   e ’lon 
qilingandan so‘ng yodgorliklar haqidagi  m a’Iumotlar olimlarfea m a’lum 
b o ‘ladi.  A m m o,  yozuvni  o ‘rganishga o'sha paytda katta e ’tibor berilgan 
bo'lsa ham,  tezlikda natija bermagan.  1889- yili rus sayyohi va yozuvchisi 
N.M .Yadrinsev  M o'g'ulistondagi  K osho-haydam   vodiysida  O 'rxun 
daryosi  bo'ylaridagi  ko'pgina  yodgorliklarni  topib,  ulardagi  Xitoy 
yozuviga o'xshash  m atnlam i  aniqlagan.  M atnlarni o'qish  Daniya olimi 
Vilgelm Tomsenga nasib qildi.  U dastlab «tangri»,  «turk» degan so'zlam i 
o 'qig and an   so 'ng   (1893-  yil  25-  noyabrda)  masala  oydinlashdi.  K o'p 
harflar m azm uniga kalit  topildi.  Bu orada  rus olimi V.  V.  Radlov ham  
15  ta  harfni  o'qigan  edi,  u  Tom sen  va  o'zin in g   kashfiyoti  asosida 
yodgorliklardagi m atnlarning tarjimasini birinchi  bo'lib amalga oshirdi.
N .M .  Yadrinsev topgan  yodgorliklar turk  xoqoni  Bilga-Q oon- 
M og'ilyon  (734-yilda  vafot  etgan)  va  uning  ukasi  K ul-Tegin  (732- 
yilda  vafot  etgan)  qabr toshlariga o'yib  yozilgan  yodgorliklar edi.  Shu 
vaqtdan  boshlab  Yenisey  va  O 'rxun  daryolari  atrofidagi  yodgorliklar 
«O 'rxun-Y enisey  yodgorliklari»  deb  atala  boshlagan.  Shuningdek,
54

0 ‘rxun yozuvi,  deb ham  atalgan.  Kcyinchalik yana  ko'plab yodgorliklar 
topildi.  V-VI  asrlarga oid  5  ta toshdagi  ham da qog'oz,  charm ,  yog'och, 
va turli  idish-tovoqlardagi  yozuvlar ham  qimmatli manbalar hisoblanadi. 
Bu  yozuvlarda  turk  xoqonligining  davlat  tuzum i  va  dinlar  haqidagi 
m a ’lum otlar  berilgan.  Xitoy  yilnom alarida  ko'rsatilishicha,  turklar 
o ‘lganlaridan  so'ng  ko'm ish  m arosim i  shunday  ta ’riflangan:  o'lgan 
kishining  boyliklari,  jangda  m ingan  oti  bilan  birga  olib  kuydiriladi. 
Hoki dafn etilib,  m arhum   qancha dushm anni o'ldirgan bo ‘lsa,  shuncha 
tosh  uning  qabriga  q o ‘yiladi,  uning  surati  ishlanadi  va  qilgan  ishlari 
o'yib  yoziladi.  0 ‘sha  davr  uchun  bu  holatlar  ham   xalq  ijodi  edi.
Bunday m a ’lum otlar haqiqatdan  ham   u  davrdagi  qabr toshlarining 
k o'plarida  uchraydi.  X ususan,  M og'ilyon va 
K u l- T e g in  
q a b r  
toshlarida  ham ,  shunday  fikrlar  mavjuddir.  M og‘ilyon  so'nggi  turk 
“ ulug‘  x o q o n ”laridan bo'lib,  o ‘z davlatining chegarasini  kengaytirgan 
va  m ustahkam lagan.  Unga  ukasi  m ardlik  ko'rsatib  yordam   bergan. 
Q o‘shni  davlatlar bilan  yaxshi  m unosabat  o ‘rnatgan.  «Yo‘qsil  xalqni 
boyitgan»,  «Oz sonli xalqni  ko‘paytiigan»,  «Adolatli  hukmdor» boigan. 
Hududlarda ko‘proq m a ’lum  kishilaming qahramonliklari aks ettirilgan. 
O lsha paytlardagi matnlaridayoq qiig'iz,  uyg‘ur,  o'g'u z va yana boshqa 
xalqlarning,  qabilalarning  nom lari  tilga  olingan.  U m um an,  ushbu 
yozuvlarning aham iyati  shundaki,  endilikda  ular bizga  o ‘sha davrning 
falsafasi,  turm ush  tarzi,  ijodiyoti  haqida  m a ’lum otlar  beradi.  Urf- 
odatlar,  e ’tiqod  va  boshqalar  bilan  tanishtiradi.  M asalan,  Yenisey 
havzasidan topilgan bir toshdagi yozuvda shunday deyilgan:  «M ening 
davlatim va  m ening  xonim ,  m en  sizlardan lazzat  ko‘rm adim ,  hayhot, 
men quyoshni va oyni  sezmaydigan b o ‘lib qoldim.
M ening  d o ‘stlarim   va  qarindoshlarim ,  hayhot  men  (sizlardan) 
uzoqlashib,  o 'z   kum ush  xalqim dan  yiroqlashdim.
O lz qahram onlik shijoatim dan lazzatlana olmadim.  Qirq yoshimda 
o 'ld im ,  m en  0 ‘ch in -Q u lu g -T irig   o ‘g i i ,  m en  Q ulug-T ug'an»  va 
hokazolar.
U shbu  yozuvlardan  ko'rinib  turibdiki,  VII-  VI11  asrlarda  xalq  va 
podshohlar  o ‘rtasidagi  m unosabatlar  o 'z   xususiyatiga  ega.  Q aram a- 
qarshiliklar,  kelishm ovchiliklar,  turm ush  tarzidagi  voqealar  asta- 
sekinlik  bilan  rivojlana  borgan.  A na  shunday  bir  davrda  O 'rta  Osiyo 
hayotida  islom  dinining  kirib  kelishi  bilan  ahvol  o'zgargan.  M ahalliy 
diniy  qarashlar  zarbaga  uchragan.  Arab  bosqinchilari  Islom  dinini
55

xalqqa  singdirish  u ch u n   k atta  kuch  bilan  harakat  qilganlar.  CTsha 
davm ing vatanparvarlari  (Rafi  ibn  Lays,  H am za as Xorij, Abu  M uslim, 
M u q an na va boshqalar)  arablarga qarshi  chiqib jiddiy zarba berganlar. 
Shunday  b o ‘lishiga  qaram ay,  arab  m adaniyati  m ahalliy joylarda  o ‘z 
o 'rn in i top a boshlagan.  Talaygina  bosqinchilik  urushlaridan  so'n g   IX 
asm ing oxiriga  kelib 0 ‘rta  Osiyo mustaqillikka erishdi.  Som oniylardan 
s o ‘ng  X o ra z m s h o h la r,  G ‘a zn a v iy lar,  S alju q iy lar,  Q o ra x o n iy la r 
davlatlari  paydo b o ‘ldi.  Buxoro,  Sam arqand,  Marv,  K o‘hna  U rganch, 
Xiva  kabi  m arkazlar  vujudga  keldi.  Bu  shaharlar  0 ‘rta  O siyoning 
m adaniy  m arkazlariga  aylandilar.  N atijada  M o varounnahr hududida 
m a d a n i y - m a ’n a v iy ,  ijtim o iy - s iy o s iy ,  a x lo q iy ,  d in iy - f a ls a f iy  
ta iim o tla rn in g   rivojlanishi  u ch u n   keng  yo‘l  ochildi.  Xalq  orasidan 
aql-idroki,  tafakkuri  bilan   dunyoni  lol  qoldiradigan  qom usiy  olim lar 
y e tis h ib   c h iq d i.  N a tija d a   m a te m a tik a ,  a s tro n o m iy a ,  x im iy a, 
m inerologiya,  tibbiyot,  sa n ’atshunoslik,  naqqoshlik  kabi  sohalar  tez 
riv o jlandi.  T a rix c h ila r,  faylasuflar,  g ‘azal  m u lk in in g  su lto n lari, 
« m u a llim i  s o n iy » ,  « s h a y x u r  r a is » la r   y e tis h ib   c h i q d ik i,  b u  
ajdodlarim izdan qancha faxrlansak kamlik qiladi. A na shu ajdodlarimiz 
sharq uyg‘onish  davrini boshlab berishgan.  U lar yaratgan  ilmiy-falsafiy 
ijod  va  ta ’lim o tlar  um um bashariy  aham iyatga  ega b o ig a n   ta iim o tg a  
aylandi.  0 ‘zlarining  ijodlarida  vatan  ravnaqi,  ilm -fan,  m adaniyat, 
erkinlik,  farovonlik g ‘oyalarini  aks  ettirdilar.
Buddachilikning  M axayana shakli  Kushonshohlam ing rasmiy davlat 
dini,  deb  e i o n   qilinganidan  so‘ng  (aytish  lozimki,  kushonlam ing 
dastlabki  poytaxtlaridan  biri  hozirgi  K attaq o ‘rg‘on  yoki  Shahrisabz 
atroflarida,  X itoyda  «То-si»  ruhi  deb  ataluvchi)  diniy  tavof m arkazi 
b o ig a n .  M ah alliy   s h a h a rla r  Balx,  M arv,  T erm iz,  S am a rq a n d , 
B u x o ro ,  S h o sh ,  T u rk is to n ,  S ay ra m ,  K o so n ,  0 ‘sh  va  b o sh q a  
shaharlarda ko 'p lab   diniy ibodatxonalar qurganlar.  Buddachilikka oid 
kitoblar tarqatilgan.  K u shonlar davlatining asoschisi  K anishka  Kadfiz 
to m o n id a n   P a n jo b n in g   J a la n d x a r   s h a h r id a   b u d d a c h ilik n in g  
um um jahon  jo m e ’  y ig ilish id a  «M axayana  —  ham m a  uchun  birdek 
ulug1 yoi» davlat dini va mafkurasi, deya e’lon qilingan. Aslida u paytlarda 
T u ro n d a g i  tu rk iy   x a lq la r   ta n g rig a   e ’tiq o d   q ilg an .  M ax ay an a 
ta iim o tin in g  falsafiy asosi  xalqlarni birlashtirishga qaratilgan e ’tiqod- 
mafkura bo‘lgan.
56

Taniqli  qadim shunoslardan  biri  B.  Ya.  Stavavisskiy  buddachilikni 
Uzoq  sharqda  va  T u ron d a  keng  tarqalishida  yurtimizdagi  avliyolar 
(rohiblar)ning xizmati katta  bo'lganligini qayd qiladi. Ana shu  paytdagi 
ro hiblar  a n ’analarga  asoslanganlar.  M uqaddas  suralarni  shaxsan 
ko‘chirib,  m ahalliy tillarga tarjim a qilganlar.  Sharhlar yozganlar.  Ana 
sh u n d a y   ro h ib la r  q a to rig a   T e rm iz lik   (o ld in g i  n om i  T ra m ita ) 
D xarm am itra,  T oshkenti-iloq  vohasidan  Bo  Shlipotola,  Shrim itra, 
Laqay turklaridan  D xarm anandin,  Samarqandiik  Kan  Sen  — Xuyeylar 
kiradilar.  U lar  eram izn in g   111-V  asrlarida  yashab  ijod  etganlar. 
Buddaning  asosiy  g‘oyalari  b o ‘lgan  qiyinchilikdan  qutulish  yo‘llari, 
o ‘z  istaklaridan  voz  kechishlari,  to ‘la  xotirjamlikka,  osoyishtalikka, 
m utlaq  m as'udlik  holatiga  erishishlarini  targ‘ib  qilgan  (buddada  4  ta 
qoida yotadi:  dunyoda qiynalish,  azob-uqubat  mavjud,  qiynalishning 
sabablari,  qiynalishdan  qutulish  m um kin,  qiynalishdan  qutulishga 
olib chiquvchi yo‘l bor).  K o‘rib turibmizki,  mamlakatim iz hududidagi 
xalqlarning  o ‘zaro  aloqalari  tufayli  ilk  o ‘rta  asrlarda  falsafiy  ijod 
rivojlangan.  O 'z madaniyati,  falsafasini  yaratgan.  Xalqlarning falsafasini 
yaratishda  qadim iy d inlar m uhim   aham iyat  kasb  etgan.  Ana  shunday 
dinlardan biri  zardushtiylik dinidir.

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling