Tojikiston fuqorolar urushi 1992


Download 418.02 Kb.
bet1/32
Sana07.02.2023
Hajmi418.02 Kb.
#1176134
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Tojikiston fuqarolar urushi 1


Tojikiston fuqarolar urushi



Tojikiston fuqorolar urushi(1992-1997-yillar)





Sanalar

1992-1997-yillar

Urush yeri

Tojikiston



Raqiblar

Tojikiston
Oʻzbekiston
Rossiya

Birlashgan Tojikiston muholifati

Qoʻmondonlar

Rahmon Nabiev
Imomali Rahmonov
Islom Karimov

Said Abdullo Nuri

Umumiy yoʻqotishlar

20,000–60,000 oʻlimlar

1992-1997-yillari Tojikiston oʻzining zamonaviy tarixida qonli fuqarolar urushiga guvoh boʻldi.
XX asr dekolonizatsiya (kolonizatsiyaning parchalanishi) jarayonining ikki bosqichiga guvoh boʻldi: Ikkinchi Jahon Urushi yakunlangandan keyin va 1990-yillarda Sovuq Urush tugagandan soʻng. Har ikki bosqichda ham kolonial kuchlar ketgandan soʻng uchinchi dunyo mamlakatlarida etnik urushlar yuz berishi odat tusiga kirib qoldi. Tojikiston ham bundan mustasno emas.
Tojikiston oʻz mustaqilligini SSSR parchalanishi arafasida, 1991-yil 8-sentyabr kuni qoʻlga kiritgan edi. Bu Tojikiston tarixidagi ilk oʻzini mustaqil boshqaruvchi davlat boʻldi. Biroq mustaqillikdan koʻp oʻtmay Tojikiston yangi davlatning moʻrt ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va tashqi kuchlar taʼsiri tufayli noroziliklar toʻlqini ostida qolib ketdi.
Kelib chiqish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fuqarolar urushining tamal toshi 1989-yildayoq qoʻyib boʻlingan edi. Oʻsha yilning may oyida Tojikistonga armanlarning kelgani va ularga yangi uylar ajratilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. 1989-yil yanvardagi kuchli zilzila natijasida Hisor tumanidagi minglab odamlar boshpanasiz qolishgan va tojik hukumati bu tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etishda yetarlicha imkon topolmay qiynalayotgan edi. Tumanning Sharara qishlogʻi 17 metrli tuproq bilan koʻmilib qoldi, qishloqning butun 600 aholisi xalok boʻldi. Ayni yilda Armanistonda ham 25,000 kishining umriga zomin boʻlgan zilzila roʻy bergan edi. Moskva minglab uysiz qolgan armanlarni boshpana bilan taʼminlash maqsadida ularni butun Sovet Ittifoqi boʻylab tarqatib tashlash harakatiga tushib qoldi. Shu qatorida, koʻplab armanlar Tojikistonga ham evakuatsiya qilindi.
Fuqarolar urushining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dushanbe voqealari. 1990-yil Fevral
Non yetishmasligi, shahar transportining toʻxatab qolganligi, kamiga armanlarni koʻchirilishi Dushanbe va boshqa shaharlarda isyonkor kayfiyatga sabab boʻldi. Ishsiz, norozi yoshlar koʻcha bezorilariga aylana boshladilar, ular hukumat binolariga toshlar bilan xujum qilib turishni odat qildilar. Tumanlardan ham ishsiz aholi oqib kela boshladi. Ishchilar va askarlardan tuzilgan himoya guruhlari hukumatga bezorilarga qarshi kurashda yordam bera boshlashdi. Bezorilar Tojikiston Markaziy Qoʻmitasini mamlakat boshqaruvi va iqtisodiyotni eplolmaslikda ayblardilar.
Keyinroq, saylovlardan bir necha kun oldin, yaʼni 1990-yil 11-14-fevral kunlari Dushanbe turli toʻqnashuvlar, mayda bezoriliklar va oʻgʻriliklar guvohiga aylandi. Tojik Davlat Universiteti rektori Dodajon Ismailov"Tojiklarni doimo hushmuomala va mehmondoʻst xalq sifatida bilib kelishgan. Bu gʻalayonlar Kavkazdan kelgan bir xovuch qochoqlar tufayli koʻtarilayotganligiga ishonish qiyin"-degan edi. Keyinroq u : "Olomon ortida qandaydir kuchlar turibdi va ular barcha harakatlarni boshqarishmoqda. Shubha yoʻqki, bu shaxslar hokimiyatga shu yoʻl bilan kelishmoqchi. Bu toʻs-toʻpolonlar ayni Respublika Oliy Sovetiga saylovlar arafasida boshlangani esa fikrimni tasdiqlab turibdi. Ular qonuniy saylov jarayoniga halal berishmoqchi. Armanlar voqeasi shunchaki oʻzlarini oqlash uchun oʻylab topilgan. Shahar Partiya Qoʻmitasi Birinchi Kotibi D. Karimov bilan suhbatlashganimda, u, dushanbeliklar Armanistondagi zilzila tufayli koʻchirilgan qochoqlarni milliy mehmondoʻstlik anʼanalariga monanad tarzda kutib olishgani hamda ularga boshpanalar berishganini tasdiqlagan edi"-deya oʻz fikrini davom ettirgan edi.[1]
Boshqa bir manbaada keltirilishicha, keyinchalik vatanlariga qaytgan arman qochoqlari Tojikistonda roʻy berayotgan voqealar Sumgait va Boku hodisalari bilan deyarli bir hil ssenariyda ekanligini maʼlum qilishgan. Qochoqlar, shuningdek, tojiklar armanlarga nisbatan doimo xushmuomala boʻlishgani va oʻsha mash`um kunlarda ularni ekstremistlardan himoya qilishganini taʼkidlab oʻtgandilar. Yana bu manbaada Ozarbayjon Xalq Fronti (OXF) vakillari fuqarolar urushi boshlanishi arafasida Tojikistonga kelib, xalq orasida anti-arman tashviqotlarini oʻtkazganliklari borasida ham faktlar keltiriladi. OXF vakillari yoshlar oʻrtasida pul va narkotik moddalar tarqatib, ularni millatchilikka (avvalo armanlarga qarshi) hamda Islomiy davlat qurishga daʼvat qilishgan.
Yakov Royi shunday yozadi: "Toʻpalonlar ortida koʻpchilikni tashkil qilgan oʻrta qatlamdan foydalanib, hokimiyatga kelishni koʻzlagan kuchlar turishgan edi. Korrupsiya va jinoiy unsurlar millatchi guruh liderlari va radikal diniy rahnamolar bilan hamkorlikda harakat qilishdi. Shak-shubhasiz, anti-sotsialist, ekstremist va millatchi kayfiyatlar tojik jamiyatining eng katta kushandasi boʻldi. Oʻsha paytdagi vaziyat oʻziga dushman deb bilgan Sovet aholisi orasida nifoq urugʻini sochishga harakat qiluvchi qurollangan afgʻon muholifati aralashuvi tufayli yanada murakkablashib ketgan edi."

1997-yil. Fuqarolar urushi yakuniga yetgandan keyinggi holat
Tojikistondagi ziddiyat ildizlari ham ichki va ham tashqi omillarga borib taqaladi. 28-aprel 1992-yilda Afgʻonistondagi hokimiyat mujohiddinlar qoʻliga oʻtdi va atigi bir necha kundan soʻng, yaʼni 5-may kuni Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanishiga ishora bergan ilk oʻqlar otildi. Prezident Gvardiyasi aʼzolari shu kuni Dushanbedan 20 km uzoqlikdagi Yavan va Leniniskiy qishloqlarida prezidentni qoʻllash uchun Koʻlobdan Dushanbe tomon yoʻl olgan tarafdorlar yoʻlini toʻsish uchun chiqqan mahalliy namoyishchilarga qarshi oʻt ochishdi. Muholifatchilar, oʻz navbatida prezident saroyi va televideniye nazoratini qoʻlga olishdi. Ular qon toʻkishni bas qilish va Leniniskiy-Yavanda prezident soqchilari tomonidan otilgan tinch namoyishchilar jasadlari muhrlangan video yozuvlarni milliy televideniye orqali xalqqa namoyish etib, adolatni tiklashni talab qilishdi. Tez orada Dushanbe boʻylab muholifat va hukumat tarafdorlari oʻrtasida koʻcha urushlari boshlanib ketdi. Muholifat liderlari Nabiyev va Kenjayevlar oʻgʻirlanib, Milliy Xavfsizlik Qoʻmitasi binosiga yashirib qoʻyiolgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Muholifat prezident soqchilarini harbiy kiyimda, tez yordam mashinasiga mingan holda, shahar boʻylab terroristik aktlarni amalga oshirayotganlikda aybladi. Shu kuni tunda Dushanbega zirhli harbiy texnika kiritildi va 5 yilga choʻzilgan fuqarolar urushi boshlanib ketdi.
Fuqorolar urishi sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jahondagi xech bir ziddiyat oʻz-oʻzidan yuzaga kelib qolmaydi. Albatta, har bir muammoning tag zamirida bir qancha sabablar yotadi. Zamonamizda biror ziddiyatga sabab deb kimligi nomaʼlum „uchinchi tomon“ yoki „qora kuchlar“ ayblash odat tusiga kirib qolgan, aslida esa har bir muammoga sababni ichkaridan qidirish lozim. Biror davlatdagi qarama-qarshiliklar daraxt tanasidagi qurtga oʻxshaydi, ular davlatni ich-ichidan yemiradi, pirovardida butun mamlakatni qulatadi. Tojikistondagi milliy fojeaning asl ildizlari deb quyidagilarni keltirish mumkin:[2]

Download 418.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling