Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Download 5.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana12.12.2017
Hajmi5.27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

Mafkuramizning  falsafiy  negizlarini,  avvalo,  ijtimoiy  tafakkurning  mumtoz  namunalari 
bo‗lgan  dunyoviy,  diniy,  afsonaviy  qarashlar,  dunyo  fatsafasi  durdonalari  belgilaydi.  Qadimgi  yunon 
faylasufi  Geraklit  o‗zining  SHarqda  o‗tgan  g‗oyaviy  ustozlarini,  «Avesto»dek  muqaddas  kitobda 
bitilgan falsafiy fikrlarni nazarda tutib, yurtimizga «falsafiy tafakkur beshigi» dsb ta‘rif bergan edi. 
«Avestoda  ifodalangan  falsafiy  tamoyillar  va  milliy  g‗oyalar,  ezgulik  va  yovuzlik  o‗rtasidagi 
kurash, olam va odamning yaralishi, inson va uning kamoloti haqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, 
halollik,  mardlik  kabi  komil  inson  sifatlari  bugungi  dunyoqarash  shakllanishiga  samarali  ta‘sir 
o‗tkazadi. 
Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik to‗g‗risidagi g‗oyalari, bu borada nihoyatda muhim 
ahamiyatga molik. Ayniqsa, o‗nlik sanoq sistemasini butun insoniyat uchun eng qulay bo‗lgan hisoblash 
tizimiga aylantirgan, insoniyatga «Algebra» fanini hadya etgan, algoritmik ketma-ketlik uslubi haqidagi 
ilk  g‗oyani  kashf  qilgan  hamda  Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiyning  dunyoviy  kashfiyotlari 
tabiatshunoslikka oid bir qator fanlarni kashf etib, tom ma‘noda SHarq naturfalsafasining otasi bo‗lgan, 
Abu  Rayhon  Beruniyning  ijtimoiy-axloqiy  qarashlari  bugungi  kun  uchun  ham  muhim.  Falsafa  tarixi, 
mantiq,  musiqashunoslik,  axloq  singari  sohalardan  tashqari,  sotsiologiyaga  oid  ilk  falsafiy  sistemani 
ishlab  chiqqan  Abu  Nasr  Forobiyning  adolatli  jamiyat  haqidagi  qarashlarining  o‗z  o‗rni  bor.  Nafaqat 
meditsina  fanining asoschilaridan, balki  mantiq ilmida  ham  mutafakkirlardan biri  bo‗lgan ratsionalizm 
va  irratsionalizmni  sintez  qilish  asosida  inson  ruhiyatini  nigilistik  inqirozdan  asrab  qolgan,  XX  asr 
G‗arb  faylasuflari,  ekzietensialistlari  tomonidan  G‗arbiy  Evropani  ma‘naviy  tushkunlikdan 
qutqarilishida  asos  bo‗lgan  ana  shu  g‗oya  asoschisi  —  Abu  Ali  ibn  Sinoning  dualizm  ta‘limoti  ham 
bunda  o‗z  o‗rniga  ega.  Mutafakkir  shoir  Alisher  Navoiyning  komil  inson  haqidagi  falsafiy 
mushohadalari,  Bobur  va  Mashrab,  Bedil  va  Donish  hamda  asrimiz  boshidagi  ma‘rifatparvar 
ziyolilarning faoliyati ham milliy g‗oya va istiqbol mafkurasining teran tomirlaridir. 
Milliy istiqlol mafkurasining falsafasi, uning ma‘no-mazmuni, asosiy g‗oya va tamoyillari milliy 
davlatchiligimizni  qayta  tiklab,  jamiyatimizning  taraqqiyot  yo‗lini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  belgilab 
bergan  Prezidentimiz  Islom  Karimov  asarlarida  chuqur  ifoda  etilgan.  Bu  asarlarda  mamlakatning 
rivojlanish  yo‗li,  uning  o‗ziga  xos  xususiyatlari,  oldimizga  qo‗yilgan  ulug‗vor  vazifalarni  amalga 
oshirish imkoniyatlari ko‗rsatib berilgan. 
Milliy  istiqlol  mafkurasining  falsafiy  asosi  umuminsoniyatning  boy  tarixiy  o‗tmishiga, 
shuningdek,  qadimgi  SHarq,  YUnon,  Rim  va  boshqa  falsafa  maktablarining  merosiga  ham  tayanadi. 
Xususan  Suqrot,  Platon,  Aristotel  singari  mutafakkirlarning  asrlar  davomida  o‗z  qadr-qimmatini 
yo‗qotmay  kelayotgan  dono  fikrlari,  jahon  falsafasining  o‗rta  asrlar  va  hozirgi  zamon 
namoyondalarining  qarashlari  ham  milliy  istiqlol  mafkurasi  tamoyillarini  asoslash  va  boyitish,  ularga 
hayotiy  ruh  bag‗ishlashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Konfutsiyning  falsafiy  hikmatlari,  Platonning 
«G‗oyalar  dunyosi  va  soyalar  dunyosi»  to‗g‗risidagi  ta‘limoti,  Gegel  dialektikasi,  gumanistik 
                                                           
2
 Каримов И.А. Мақсалимиз – тинчлик, барқарорлик, ҳамкорлик. Ўзбекрстон тслевидениеси мухбириниш 
саволларига жавоблар. 1995 йил, 27 октябрь. 
3
  Каримов  И.А.  Бич  қуриш,  яратш!  йўлидан  бораверамич.  Ўзбскистон  Реснубликаси  Олий  Мажлисиниш  учинчи 
ссссиясида сўзланган иутқ. 1995 йил 30 август. 4-жилд. 13-бет. 

zamonaviy  falsafiy  oqimlarda  ilgari  surilayotgan  g‗oyalar  ham  milliy  istiqlol  mafkurasining 
umuminsoniy asoslaridir. 
O‗tmish  falsafasi  g‗oyalari  va  tarix  saboqlari  mafkuramizning  ma‘no-mazmunini  belgilashda 
muhim  omil  bo‗lib  xizmat  qiladi.Bu  mafkura  xalqimizning  o‗ziga  xos  turmush  tarzi,    tafakkuri  va 
dunyoqarashi  aks  etgan  ertak  va  afsonalardan,  milliy  qaxramonlarining  hayoti  va  faoliyatidagi  ibratli 
misollardan  oziqlanadi.  Milliy  istiklol  mafkurasi  shakllanishida  «Avesto»,  «Qur‘on»  va  «Hadis»larda 
zikr  etilgan  hikmatlar,  dunyoviy  va  diniy  qarashlar,  xalqimizning  ozodlik,  komil  inson  to‗g‗risidagi 
g‗oyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Milliy istiklol g‗oyasining asoslari, tamoyil va yo‗nalishlarini yaxshi bilib olish uchun yuqorida 
nomlari zikr etilgan allomalarning asarlari, milliy va umuminsoniy madaniy meros namunalarini chuqur 
o‗rganish bu boradagi asosiy vazifa bo‗lib qolmoqda. 
 
Adabiyotlar 
       1. Karimov I.A.‖O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ T., «O‗zbekiston», 2011. 
9.
 
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat 
etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son. 
10.Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.-T., «SHarq», 1998,32-6. 
11.Karimov I.A.Hushyorlikka da‘vat.T., «O‗zbekiston», 1999. 
12.Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‗z qo‗limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‗zbekiston», 1999. 
13.Karimov I.A.O‗zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‗zbekiston», 2000. 
14.Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e‘tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» 
gazstasi, 2000 yil, 8 iyun. 
15.Milliy istiklol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‗zbekiston», 2000. 
16.
 
Falsafa:  ma‘ruzalar  matni.  Toshkent,  O‗zbekiston  Rsspublikasi  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim 
vazirligi, 2000 y. 
3-mavzu: Milliy g„oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o„zaro bog„liqligi 
REJA: 
1. Milliy g‗oya mohiyatida xalq manfaatining  ifodalanishi.  
2. G‗oyaviy-mafkuraviy meros va unda vorisiylikning namoyon bo‗lishi.  
3.G‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in‘ikosi 
4.O‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‗oyalarning takomillashuv jarayoni. 
 
Tayanch tushunchalar 
G‗oya,  mafkura,  milliy,  diniy,  ilmiy  g‗oya,  falsafiy  g‗oya,  bunyodkor  g‗oya,  vayronkor  g‗oya, 
mafkuraviy meros, mustaqillik mafkurasi
 
Milliy  g„oya  –  milatning  o‗tmishi,  buguni  va  istiqbolini  o‗zida  mujassamlashtirgan,  uning  tub 
manfaatlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‗oya shakli. 
U yoki bu g‗oyaning Milliy g‗oya sifatida maydonga chiqishi milatning o‗tmishi, mavjud holati 
bilan bevosita  bog‗liqdir. Zeror, ana  shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq 
vaqtda erishishi lozim bo‗lgan maqsad-muddaolari va mo‗ljallarini to‗g‗ri ifodalay olishi mumkin.  
Milliy  g‗oya  oxir-oqibatda,  ozmi-ko‗pmi  insoniyat  taqdiriga  ta‘sir  qiladi.  SHu  ma‘noda,  har 
qanday  milliy  g‗oyada  umuminsoniy  mohiyat  mavjud  bo‗ladi.  Ammo,  aniq  bir  millat  yoki  umuman, 
insoniyat  uchun  ahamiyatli  bo‗lgan  g‗oyalar  ham  bor.  Aytaylik,  «Milliy  yarash»  g‗oyasi  fuqarolar 
urushi  ketayotgan  davlat  uchun  hayotiy  mazmunga  ega  bo‗lsa,  «Manfaatli  hamkorlik»  g‗oyasi 
dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. 
Milliy istiqlol g‘oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari I.Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. 
Uning mazmuni quyidagilardan iborat: 
- tarixiy xotirani uyg‗otish, o‗tmishdan saboq chiqarish va o‗zlikni anglash mezoni bo‗lish; 
-  xalqimizni  tub  maqsadlari  ifodasi  va  jamiyat  a‘zolarini  birlashtiruvchi  g‗oyaviy  bayroq 
vazifasini o‗tash; 
- inson qalbi va ongiga ijobiy ta‘sir etadigan tushuncha va tuyg‗ular, go‗zal va hayotiy g‗oyalar 
tizimini o‗zida mujassam etish; 

-  har  bir  fuqaroning  ezgu  niyatlarini  ro‗yobga  chiqarishga  imkon  beradigan  eng  maqbul  yo‗lni 
ko‗rsata olish. 
-  O‗zbekistonda  yashovchi  barcha  xalq,  millat,  elat,  ijtimoiy  qatlam  va  din  vakillariga  birday 
taaluqli bo‗lish; 
-  Mamlakatimiz  aholisi  ongi  va  qalbida  «O‗zbekiston-yagona  Vatan»  degan  tuyg‗uni  yuksak 
darajada shakllantirishga xizmat qilish; 
-  turli  millat,  qatlam,  din  vakillari,  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy  guruhlar  mafkurasidan  ustun 
turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‗lish; 
-  biron-bir  dunyoqarashni  mutloqlashtirmaslik  yoki  biron-bir  kuch,  partiya  yoki  guruh  qo‗lida 
siyosiy qurolga aylantirmaslik; 
-  har  qanday  ilg‗or  g‗oyani  o‗ziga  singdirish  va  har  qanday  yovuz  g‗oyaga  qarshi  javob  bera 
olish; 
-  sub‘ektivizm,  volyuntarizm  kabi  illatlardan  holi  va  jamoatchilikning  xolis  fikriga  tayanuvchi 
ob‘ektiv mafkura bo‗lish; 
- so‗z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;  
-  davr  o‗zgarishlariga  qarab,  o‗zi  ifodalaydigan  g‗oya,  manfaat,  maqsad-muddaolarni  amalga 
oshirishning  yangi-yangi  vositalarini  tavsiya  eta  olish,  ya‘ni  yangicha  vaziyatga  tez  moslashadigan 
hozirjavob va ijodiy bo‗lish. 
Milliy istiqlol g‗oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‗lgan taqdirdagina jamiyat hayotida 
etakchi ma‘naviy-ma‘rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin. 
Xalqning  ma‘naviyati,  madaniyati,  uning  haqiqiy  tarixi  va  o‗ziga  xosligi  qayta  tiklanayotganligi 
jamiyatimizni  yangilash  va  taraqqiy  ettirish  yo‗lidan  muvaffaqiyatli  ravishda  olg‗a  siljitishda  hal 
qiluvchi,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa,  belgilovchi  ahamiyatga  egadir
1
,  deb  ta‘kidlagan  edi,  Prezidentimiz 
I.Karimov.  Darhaqiqat,  bugungi  kunda  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayoni  kechayotgan  bir 
sharoitda,  yoshlarni  vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‗tmish  madaniy  meros va haqqoniy tariximiz 
muhim ahamiyat kasb  etadi. SHu  boisdan bugungi kunda boy tarixiy merosimiz  va  madaniy-ma‘naviy 
qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. 
Mustaqillik  tufayli,  biz  bu  milliy  ma‘naviyatimizni  tiklashga,  o‗rganishga,  uni  yanada  jahon 
sivilizatsiyasining tarkibiy ajralmas qismida mustahkam bo‗lib qolishga imkoniyat yaratildi.  
SHu  o‗rinda  avvalo  meros,  madaniy  meros,  ma‘naviy  meros  tushunchalarining  xususiyatlarini 
tahlil  qilish  lozim.  CHunki  ma‘naviy  meros  madaniy  merosning  tarkibiy  qismi  sanaladi.  Madaniy 
merosni  tushunmasdan  ma‘naviy  merosni  ham  tushunish  qiyin.  Bu  tushunchalarda  umumiylik  bo‗lsa 
ham, ular birday emas, o‗zaro qaysi bir jihatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi.  
Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga 
etib kelgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklari majmuidir
1

Inson va jamiyat hayotida muhim  o‗zgarishlarni amalga  oshirilishida muayyan g‗oyalar alohida 
o‗rin  tutadi.  Jamiyat  taraqqiyotining  ma‘lum  davrlarda  tezlashuvi  yoki  sekinlashuvi,  jamiyat  hayotida 
ijobiy  yoki  salbiy  holatlarning  ro‗y  berishi  jamiyatda  qanday  g‗oyalar  hukmronlik  qilishi,  ular  qanday 
kuchlarni  harakatga  keltirishi,  kimlarning,  ya‘ni  qaysi  bir  ijtimoiy  qatlamning  manfaatlariga  xizmat 
qilishiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir. 
Inson  tafakkuri  voqelikni  idrok  etish  mobaynida  turli  fikrlar,  qarashlar,  g‗oyalar  va  ta‘limotlar 
yaratadi.  Binobarin,  g‗oyalar  inson  tafakkurining  mahsulidir.  Lekin  tafakkur  yaratgan  har  qanday  fikr 
yoki  qarash,  mulohaza  yoki  nuqtai  –  nazar  g‗oya  bo‗la  olmaydi.  Faqat  eng  kuchli,  ta‘sirchan,  zalvorli 
fikrlargina g‗oya bo‗la olishi mumkin. G‗oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad 
sari etaklaydigan, ularni xarakatga keltiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir 
G„oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‗lgan, ruhiyatga ta‘sir 
o‗tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran 
fikr. 
Inson ongining mahsuli sifatida g‗oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har 
                                                           
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. III жилд, Т.: ―Ўзбекистон‖, 1996, 274 - 
бет. 
1
 Қурбонов Т. Ёшларда миллий ғурурнинг шаклланишида маданий мероснинг роли. Т.: фалсафа фанлари номзодини 
олиш учун дисс. 2006, 47-бет. 

qanday  fikr  va  qarash  ham  g‗oya  bo‗la  olmaydi.  g‗oyalar  garchi  tafakkurda  paydo  bo‗lsada,  inson  va 
jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‗ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. g‗oya shunday quvvatga egaki, 
u  odamning  ichki  dunyosigacha  kirib  borib,  uni  harakatga  keltiruvchi,  maqsad  sari  etaklovchi  ruhiy-
aqliy kuchga aylanadi.  
G‗oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi tafakkurda paydo bo‗lsada, inson 
ruhiyatiga, hatta tub qatlamlariga ham singib boradi. G‗oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki 
dunyosigacha  kirib  borib,  uni  xarakatga  keltiruvchi,  maqsad  sari  etaklovchi  ruhiy  –  aqliy  kuchga 
aylanadi. 
Inson va jamiyat hayotida muhim  o‗zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‗oyalar alohida 
o‗rin  tutadi.  Jamiyat  taraqqiyotining  ma‘lum  davrlarda  tezlashuvi  yoki  sekinlashuvi,  jamiyat  hayotida 
ijobiy  yoki  salbiy  holatlarning  ro‗y  berishi  jamiyatda  qanday  g‗oyalar  hukmronlik  qilishi,  ular  qanday 
kuchlarni  harakatga  keltirishi  kimlarning  ya‘ni  qaysi  bir  ijtimoiy  qatlamning  manfaatlariga  xizmat 
qilishiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.  
G‗oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?  
Inson  o‗zining  aql  –  zakovati,  iymon  –  e‘tiqodi  va  ijodiy  mehnati  bilan  boshqa  barcha  tirik 
jonzotlardan farq qiladi. 
Inson  tafakkuri  voqelikni  idrok  etish  mobaynida  turli  fikrlar,  qarashlar,  g‗oyalar  va  ta‘limotlar 
yaratadi. Demak, birinchidan, g‗oya inson tafakkurining mahsulidir. 
Ikkinchidan, g‗oya oldin mavjud bo‗lmagan o‗zida yangilikni tashuvchi fikrdir. 
Uchinchidan,  oldin  g‗oya  paydo  bo‗ladi,  undan  keyin  g‗oya  asosida  mafkura,  mafkura  asosida 
esa tizim, siyosat paydo bo‗ladi.  
Ilmiy-falsafiy  adabiyotlarda  «g‗oya»,  «mafkura»,  «ideya»  va  «ideologiya»  tushunchalari 
ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‗proq G‗arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. 
Ideya  iborasi  yunon  tilidagi  idea  so‗zidan  olingan,  ideologiya  uchun  o‗zak  bo‗lib  hisoblanadi  va 
tushuncha yohud fikr ma‘nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‗oya. Tushuncha, iogos – ta‘limot) atamasi 
esa g‗oyalar to‗g‗risidagi ta‘limotni anglatadi va ikki xil ma‘noda ishlatiladi. 
- g‗oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‗g‗risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha 
hisoblanadi; 
-  muayyan  g‗oyani  amalga  oshirish,  maqsadga  etish  usullari,  vositalari,  omillari  tizimini 
anglatadi. 
Sog‗lom  va  nosog‗lom,  ezgu  hamda  yovuz,  bunyodkor  yoki  buzg‗unchi  g‗oyalar  bo‗lishi 
mumkin.  G‗oyalarning  oddiy  fikrlardan  farqi  yana  shundaki,  bular  garchi  tafakkurda  paydo  bo‗lsa-da, 
keng  jamoatchilikning  maqsadlarini  ifoda  etadi.  Ularning  ishonchi  va  e‘tiqodiga  aylanib,  e‘tirof 
etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi.  
G‘oyaning  ijtimoiy  mohiyati.  Har  qanday  g‗oya  ijtimoiy  xarakterga  ega.  Muayyan  g‗oyalar 
odatda  alohida  olingan  shaxs  ongida  shakllanadi.  Ma‘lum  bir  muddatdan  keyin  esa  jamiyatning  turli 
qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‗yyayotgan 
yangi  avlod  jamiyatda  mavjud  g‗oyalar  ta‘sirida  tarbiyalanadi.  Muayyan  qarashlar  va  g‗oyalarni  o‗z 
e‘tiqodiga singdiradi, o‗z navbatida yangi g‗oyalarni yaratadi va targ‗ib qiladi. 
G‗oyaning  eng  muhim  xususiyati  –  insonni  va  jamiyatni  maqsad  sari  etaklaydigan,  ularni 
harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir. 
Inson tafakkurining maxsuli sifatida g‗oya milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, 
ijtimoiy-ma‘naviy hayotni, tevarak olamni  o‗rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning 
barcha shakllari  ilm-fan, falsafa, din, san‘at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir 
g‗oyalarni  yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. 
Mazmuni va namoyon bo‗lish shakliga qarab, g‗oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin: 
-  Ilmiy  g‗oyalar;  falsafiy  g‗oyalar;  diniy  g‗oyalar;  badiiy  g‗oyalar;  ijtimoiy  –  siyosiy  g‗oyalar; 
milliy g‗oyalar; umuminsoniy g‗oyalar v.h. 
1.  Ilmiy  g‗oyalar  –  fan  taraqqiyotining  samarasi,  ilmiy  kashfiyotlarning  natijasi  sifatida  paydo 
bo‗ladigan,  turli  fan  sohalarining  asosiy  tamoyillari,  ustuvor  qoidalarini  tashkil  qiladigan  ilmiy 
fikrlardir; 

2.  Falsafiy  g‗oyalar  har  bir  falsafiy  ta‘limotning  asosini  tashkil  etadigan,  olam  va  odam 
to‗g‗risidagi  eng umumiy  tushuncha va  qarashlardir.  Ular  bizni  o‗rab turgan  dunyoni  bilish jarayonida 
kishilik jamiyatining taraqqiyoti mobaynida to‗plagan bilimlarini umumlashtirish, inson hayotini ma‘no-
mazmuni, uning baxt-saodati kabi masalalar ustida mulohaza yuritish asosida shakllanadi.  
3.  Diniy  g‗oyalar  deb,  har  bir  diniy  ta‘limot  va  oqimning  asosini  ,  diniy  iymon-e‘tiqodning 
negizini tashkil etuvchi aqidalarga aytiladi.  
4.  Badiiy  g‗oyalar  –  adabiyot  va  san‘at  asarining  asosiy  ma‘no-mazmunini  tashkil  etadigan, 
undan ko‗zlangan  maqsadga xizmat qiladigan etakchi fikrlardir.  Ular hayotdan  olinadi, badiiy talqinlar 
asosida bayon etiladi., o‗quvchida muayyan ta‘surot uyg‗otadi. 
5.  Ijtimoiy-siyosiy  g‗oyalar  har  bir  xalq  va  umuman  bashariyatning  orzu-umidlarini,  maqsad-
mudaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. 
G‗oyani  moddiylashtiruvchi,  amaliyotga  aylantiruvchi  kuch  kim  ekaniga  qarab,  sinfiy  g‗oya, 
milliy g‗oya, umumxalq g‗oyasi, umuminsoniy g‗oyalar ham mavjud bo‗lishi mumkin. 
Milliy  g‗oya – inson  va jamiyat hayotiga ma‘no-mazmun  baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari 
etaklaydigan  fikrlar,  g‗oyalar  majmuidir.  Ozodlik  va mustaqillik, adolat  va haqiqat, tinchliksevarlik  va 
insonparvarlik  g‗oyalari  shular  jumlasidandir.  Asrlar  mobaynida  bunday  buyuk,  o‗lmas  g‗oyalar 
xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag‗ishlab, ularni o‗z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan. 
Prezident  Islom  Karimov  ta‘kidlaganidek,  millat    taraqqiyotiga,  uning  yuksalishiga  xizmat 
qiladigan,  xalqlarni  jipslashtirib,  oliy  maqsadlarga  safarbar  etadigan  g‘oyalar  yuksak  g‘oyalardir. 
Odamlar  orasiga  nifoq,  xalqlar  o‘rtasiga  nizo  soladigan,  kishilarni  turli  taraflarga  ajratib,  adovat 
qo‘zg‘aydigan tuban buzg‘unchi g‘oyalarga misol bo‘ladi.  
 Albatta,  muayyan  bir xalq ommasini  ma’lum  bir  tarixiy  sharoitda  ezgu  harakatga  undaydigan 
g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat va 
inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin. 
Ezgu g„oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xarakterga ega 
bo‗lgan, ruhiyatga kuchli ta‘sir o‗tkazib, jamiyat va odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor 
maqsad-muddao sari etaklaydigan ulug‗vor fikrlardir
Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g„oyalar, mafkuralar bilan bog„liqligi 
Har  qanday  jamiyat  o‗ziga  xos  rivojlanish  yo‗lini  tanlar  ekan,  oldiga  muayyan  maqsad  va 
vazifalarni  qo‗yadi.  Zero,  bu  vazifalar  jamiyat,  davlat,  xalq  va  millat  taraqqiyoti,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy-ma‘rifiy, ta‘lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. 
Inson hech qachon tashqi dunyodan, o‗zini qurshab olgan olamdagi o‗zgarishlar, ro‗y berayotgan 
hodisalar,  voqea  jarayonlardan  ajralib  qolgan,  ularni  his  etmagan  holda,  ularning  ta‘sirisiz  yashay 
olmaydi.  Xalqlar.  Millatlar,  ijtimoiy-siyosiy  kuchlar  faoliyati  tufayli  sodir  bo‗lgan  turli  hodisa  va 
jarayonlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta‘sir etadi. 
Hayotda  maqsadi,  yuksak  g‗oyasi,  ezgu  orzu-intilishlari  bo‗lmagan  inson  va  jamiyat  a‘zolari 
tabiiy  ehtiyojlar  doirasi  bilan  chegaralanib,    ma‘naviy  yuksaklikka  erishishi  qiyin.  YUksak  g‗oyalar 
odamlarni olijanob maqsadlar sari etaklaydi. G‗oyasi etuk, e‘tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina 
mardlik namunalarini ko‗rsata oladi. 
Ayrim  yovuz  kuchlar  ta‘sir  o‗tkazish  orqali  o‗z  g‗arazli  niyatlariga  etish  maqsadida 
foydalanishlari  mumkin.  SHu  sababli  barcha  davrlarda inson  va jamiyat  o‗z  maqsad  mudaolarini ifoda 
etadigan  manfaatiga  zid  bo‗lgan  zararli  va  begona  g‗oyalarga  qarshi  turadi.  Har  bir  xalq,  millat  va 
jamiyat  o‗z  manfaatiga  xizmat  qilib,  uning  taraqqiyotini  ta‘minlashga  yordam  beradigan  muayyan 
g‗oyaga ehtiyoj sezadi. 
Binobarin,  g‗oya  muayyan  millat  va  xalqning  maqsad-muddoalari,  manfaatlari  zamirida 
shakllanadi hamda takomillasha boradi.  
Insoniyat  tarixidan  ma‘lumki,  er  yuzida  dastlabki  odamzod  paydo  bo‗lib,  uning  urug‗,  qabila, 
jamoa  yoki  xalq  sifatida  shakllanishi  ro‗y  bergan  dastlabki  davrlardayoq  ularni  birlashtirib  turadigan 
umumiy  g‗oya  va  mafkuraga  ehtiyoj  tug‗ilgan.  Prezident  I.A.Karimov  ta‘kidlaganidek:  «CHunki, 
mafkura  -  jamiyatda  yashaydigan  odamlarning  hayot  mazmunini,  ularning  intilishlarini  o‗zida 
mujassamlashtiradi». Darhaqiqat,  barcha davrlarda har  bir davlat,  xalq, jamiyatning  o‗ziga xos  g‗oyasi 
va  mafkurasi  bo‗lgan.  CHunki  jamiyatning,  xalqning  o‗z  oldiga  qo‗ygan  aniq  maqsadi  uni  amalga 
oshirishda  jamiyat  ahlini  birlashtiradigan,  safarbarlikka  undaydigan  g‗oyasi  va  mafkurasi  bo‗lmasa  u 

muqarrar ravishda halokatga mahkum bo„ladi. 
G„oya,  mafkura  jamiyatning  o„z  oldiga  qo„ygan  aniq  maqsadi  bo„lib,  busiz  jamiyat  o„z 
yo„lini  yo„qotadi.  «Maqsad  degani,-  deb  yozgan  edi  Prezident  I.A.Karimov,  -  xalqni,  millatni 
birlashtiruvchi,  yo„lga  boshlovchi  bamisoli  bir  bayroq.  Bu  bayroq  butun  O„zbekiston  xalqining 
ruhini,  g„urur-iftixorini,  kerak  bo„lsa  qudratini,  orzu-intilishlarini  mujassamlashtiradigan  ulug„ 
kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o„zining ulug„vorligi, hayotiyligi 
va  haqqoniyligi  bilan  hammamizni  jalb  etadigan  bo„lmog„i  lozim.  Toki  bu  maqsad  xalqni-xalq, 

Download 5.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling