Udk raxmonova gulnora


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana07.05.2020
Hajmi1.02 Mb.
#103820
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari


 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI   
VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
                                                 Qo`l yozma  huquqida 
                                 UDK 
 
RAXMONOVA GULNORA  
Ta’lim-tarbiya  sifatini oshirishda didaktik  
tamoyillarga  yondashish  mexanizmlari  
5А110901-Pedagogika   
 
Magistr  
Akademik  darajasini olish uchun yozilgan  
Dissertatsiya 
 
 
Ilmiy  rahbar:  
p.f.n.,dots. D.A.Axatova  
 
 
 
 
 
 
 
Navoiy 2015 
 

 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI   VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Fakultet:   Pedagogika 
Kafedra:  Pedagogika  va psixologiya 
O`quv  yili:  2013-2014 
Magistratura talabasi:  G.Raxmonova 
Ilmiy rahbar: dots. D.A.Axatova 
Mutaxassisligi:  Pedagogika 
 
MAGISTRLIK  DISSERTATSIYASI  ANNOTATSIYASI
 
Mavzuning  dolzarbligi:  Har  bir  o’qituvchi  shuni  anglab  yetishi  muhimki, 
o’quv  jarayonini  samarali  ko’rish  -  bu,  ishda  o’zini  oqlagan  pedagogik 
qonuniyatlar,    didaktik  tamoyillarni  hozirgi  zamon  sharoitidagi  yangi  masalalarni 
xal  qilishda  ijodiy  foydalangan  holda,  ulardan  butunlay  va  o’zaro  aloqada 
foydalanish demakdir.  
Tayanch  so’zlar:  ta’lim-tarbiya  sohasidagi  islohatlar,  ta’lim-tarbiya  sifati, 
didaktika, didaktik  qonuniyatlar, didaktik  tamoyillar, didaktik  tamoyillar turlari, 
didaktik tamoyillarning o’zaro bog’liqligi, didaktik  tamoyillardan  foydalanish. 
Ilmiy  ishning  maqsadi:  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik  
tamoyillarga    yondashish    mexanizmlarini  tadqiq    qilish  va    tamoyillardan 
foydalanishning  samarali  yo’llariga oid tavsiyalar yaratish 
 Tadqiqot  ob'ekti-  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga  
yondashish  mexanizmlarini tadqiq  qilish jarayoni 
Tadqiqot  uslublari:  ilmiy  adabiyotlarni  o’rganish;  pedagogik  kuzatish; 
anketa  so’rovi;  suhbat;  intervyu;  tahlil;  umumlashtirish;  pedagogik  tajriba-sinov; 
matematik statistika uslublari. 
Olingan natijalar va ularning yangiligi: ta’lim-tarbiya  sifatini oshirishda 
didaktik    tamoyillarga    yondashish    mexanizmlari  ilmiy-nazariy  jihatdan  tahlil 
etildi,  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillardan  foydalanishning 
samarali  yo’llari  ko’rsatib berildi va tavsiyalar ishlab chiqildi. 
 
Pedagogika  fani    ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga  
yondashish    mexanizmlariga  doir  nazariy  g’oyalar  bilan  boyitildi,  didaktik  
tamoyillarning    mazmuni  ochib  berildi,  ta’lim  jarayonida  didaktik    tamoyillardan  
foydalanishga  oid  tavsiyalar  ishlab  chiqildi.  Shuningdek,  didaktik    tamoyillarni 
o’rganishga oid  qarashlar bayon etildi.  
 
Amaliy  ahamiyati:  Tadqiqotimizda  keltirilgan  ta’lim  qonuniyatlari  va 
tamoyillari,  ularning  ta’lim-tarbyai  samaradorligini    oshirishdagi  ahamiyati 
haqidagi  fikrlarimizdan  Pedagogika  fani  o`qituvchilari    va    talabalar  
foydalanishlari  mumkin.    Dissertatsiyadagi  didaktik    tamoyillardan  foydalanish 
bo’yicha  ilgari surilgan tavsiyalaridan umumta’lim maktablari o’qituvchilari ham 
foydalanishlari mumkin.   
Tatbiq  etish  darajasi  va  iqtisodiy  samaradorligi:  tadqiqotda  erishilgan 
natijalar  tajriba-sinov  o’tkazilgan  Navoyi  viloyati  Karmama  tumanidagi  15-o’rta 
umumta’lim maktabiga joriy etildi. E’lon qilingan ilmiy ishlar va konferensiyalarda 
o’qilgan ma’ruzalar pedagoglar e’tiboriga havola qilindi.  
Qo’llanish  sohasi:  o’rta,  o’rta  maxsus    va  kasb-hunar  hamda    oliy,  ta’lim 
tizimi.  
Ilmiy rahbar              ________ dots. D.A.Axatova 
 
Magistratura talabasi_________  G.Raxmonova 

 
 
The Ministy of Public Education of the Republic of Uzbekistan  
Navai State Pedagogical Institute   
 
Faculty:    Pedagogics 
Chair:    Pedagogics and psychology 
Session:  2013-2014 
Master: G.Raxmonova 
Scientific adviser: D.A.Axatova 
Speciality: Pedagogics 
 
The synopsis of the thesis of  mastery 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
MUNDARIJA 
 
Bet 
  Kirish  

I-bob  Ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirish-  hozirgi  kun    muhim  talabi 
sifatida 
14 
1.    O’zbekiston    Respublikasi  Prezidenti  I,  A,  Karimovning  ta’lim 
sohasini  isloh qilish to’g’risidagi g’oyalari.    
14 
2.  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  va  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun 
ta’lim-tarbiya  sohasidagi innovatsiyalarning huquqiy asosi 
27 
  Birinchi bob bo’yicha xulosa 
46 
II-bob 
Didaktik  tamoyillar mazmuni, mohiyati va turlari   
49 
1.  Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari 
49 
2.  Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi 
53 
3.  Didaktik  tamoyillar turlari  
59 
  Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar  
69 
III-
bob 
Ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga  
yondashish  mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari  
71 
1.   Umumiy  o’rta  ta’lim  o’qituvchilarining  didaktik    tamoyillardan 
foydalanish darajasi tahlili  
71 
2.  Umumiy  o’rta  ta’lim  o’qituvchilarining  didaktik    tamoyillardan 
foydalanishini  takomillashtirish  shakl  va  metodlari.  Tajriba-sinov 
ishlari va uning  samaradorlik darajasi 
76 
 
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar  
79 
 
XULOSA 
81 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  
 
 
85 
 
ILOVALAR 
 
 
 
89 
                            
 
 

 
 
KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.       Mustaqillik barcha jabhalarda bo’lgani kabi 
xalq  ta’limi  sohasida  ham  katta  o’zgarishlar  yasadi.  Ta’lim  samaradorligini 
oshirish,  davlat  ta’lim  standartlarining  bajarilish  sifatini  ta’minlash,  hozirda 
pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
O’zbekistonda  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  istiqbolini  belgilab  beruvchi 
“Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  uzluksiz 
ta’lim  tizimi  oldiga  umumiy  hamda  mutaxassislik  madaniyatini  yuksak,  ijodiy 
va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir bo’layotgan voqealarni tahlil eta 
oladigan,  istiqbolli  masalalarni  hal  etish  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  kadrlarni 
tayyorlash  vazifalarini  qo’ydi.  Mamlakatimizda  kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga ta’lim va 
tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.  
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya sohasiga 
milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim 
O’zbekiston  xalqi  ma’naviyatiga  yaratuvchanlik  faoliyatini  baxsh  etadi.  O’sib 
kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-
kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning doimo tajribasi anglab 
olinadi va yosh avlodga o’tadi»
1

Demak, zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish malakali kadrlarga bo’lgan 
ehtiyojni ifodalovchi, uning qondirilishi uchun o’rta maxsus, kasb-hunar hamda 
oliy  ta’lim  tizimiga  buyurtma  berishi,  ushbu  buyurtmani  qondirish  maqsadida 
tashkil etiladigan ta’lim jarayonini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minotni 
yaratishdagi  ishtiroki  bilan  o’quv  muassasalari  faoliyatini  samarali  tashkil 
etilishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Ma’lumki, barcha davrlarda ham o’qitish mazmuni, ta’lim tizimi ijtimoiy 
taraqqiyot  bilan  o’zaro  muvofiqlikda  rivojlanib  kelgan.  Ro’y  bergan  ijtimoiy 
o’zgarishlarning  barchasi  muayyan  darajada  ta’lim  mazmunida  o’z  aksini 
                         
1
  Каримов  И.А.  Ўзбекистонинг  ўз  истиқлол  ва  тараққиёт  йўли.  Т.: 
“Ўзбекистон” 1992 йил 78-бет. 
 

 
 
topadi.  Buni  ilm-fan,  texnika  va  texnologiya  sohalarida  ro’y  bergan 
o’zgarishlarning  o’qitish  jarayoniga  tatbiqi  misolida  ham  ko’rish  mumkin. 
Bugungi  kunda  ta’lim  muassasalarida  asrlar  davomida  insoniyat  tomonidan 
asoslangan  ilmiy  bilimlardan  yosh  avlodni  xabardor  etish  maqsadida  tizimli, 
izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib 
boriladi.  XX  asrda  texnika  va  texnologiya  sohalarining  jadal  rivojlanishi  esa 
ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy o’zgarishlar, ilm-fan, texnika va texnologiya 
yutuqlarini ta’lim mazmuniga singdirishda peshqadamlikka erishildi. 
 Bugungi kunda respublikamiz ta'lim tizimi va  o`qituvchilari oldida ulkan 
vazifa-    maktab    o`quvchilarini      har  tomonlama    shakllangan,  mustaqil    va 
ijodiy  tafakkur  sohibi  qilib    tayyorlash  vazifasi  turibdi.  Yurtboshimiz  Islom 
Karimov  aytganidek  “Kelajak  avlod  haqida  qayg`urish,  sog`lom,  barkamol 
naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”
1
 
O’zbekistonda o’tgan 22 yilda  amalga oshirilgan  ishlar  o’z samarasini 
bera  boshladi.  Jahon  hamjamiyati  ko’z  o’ngida  ta’lim  tizimimizning  ibratli, 
yangi  namunasi  paydo  bo’lganligi  oydin  bo’ldi.  Toshkent  shahridagi 
Simpoziumlar  saroyida  2012  yil  16-17  fevral  kunlari  Prezidentimiz  Islom 
Karimov    tashabbusi  bilan  tashkil  etilgan  “Yuksak  bilimli  va  intellektual  
rivojlangan  avlodni  tarbiyalash-  mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va 
modernizatsiya    qilishning  muhim  sharti”
2
  mavzusidagi  xalqaro  konferensiya 
ishtirokchilari ayni haqiqatni o’z ma’ruzalari va chiqishlarida e’tirof etdilar.  
 
Konferensiyada  ko’plab  yirik  xalqaro  tashkilotlar  hamda  48  davlatdan  
ta’lim  tizimi  rahbarilari,  olimlar  hamda  mutaxassislar  ishtirok  etishdi.  Ular 
O’zbekiston  ta’lim  tizimida  erishgan    yutuqlarni  e’tirof  etishdi,  o’zgarishlarga 
katta baho berishdi.  
 
  Yurtimizning  bunday  yutuqlarga  erishishida    albatta,  o’qituvchilarning 
o’rni ham  alohida ahamiyat kasb etadi.  
                         
1
 И.А.Каримов. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т., 1998, 5 -бет 
2
  16-17  fеvral  kunlari  Toshkent  shahrida  bo`lib  o`tgan    “Yuksak  bilimli  va  intellеktual    rivojlangan  avlodni  tarbiyalash- 
mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya    qilishning  muhim  sharti”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiya 
materiallari. // Sog`lom avlod uchun. 2012 y, 2-son,2-7- betlar
 

 
 
Lekin  ta`lim  shunday  bir  ijtimoiy  jarayonki,  u  hamisha  davr  ruhiga 
hamohang  o’rgarishlarni,  takomillashtirishni,  tinimsiz  izlanishlar  olib  borishni 
taqozo etadi.   
 
Ta`lim  tizimimizdagi  eng  muhim  vazifalardan  biri  –  O’zbekistonning  
ta`lim  tizimini  istiqlol  ruhi  bilan  takomillashtirish,  uni  o’zimizning  mumtoz 
pedagogik an`analarimiz bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarni 
o’zlashtirish, yangi-yangi samarali o’quv predmetlarini  ta`lim tarkibiga  kiritish 
bilan jahondagi  ilg’or  pedagogikalardan biriga  aylantirishddan iboratdir.  
Shu  mulohazalardan  kelib  chiqqan  holda  ta'lim  va  tarbiya  tizimidagi  
muvaffaqiyatlar    bevosita  ta'lim  qonuniyatlari  va  tamoyillari  bilan    bog’liq 
ekanligini ta’kidlash lozim.   
O’qituvchi  faoliyatining  muvaffaqiyati  avvalo  u  didaktik  prinsip 
(qonuniyat)  larni  qanchalik  to’g’ri  amalga  oshirishiga  bog’liq.  Ta‘lim 
qonuniyatlari bu - o’qitish jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.  Ta‘lim 
prinsip (tamoyil) lari deb, ta‘limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini 
o’qitish  uchun  asos  bo’ladigan  qonuniyatlar,  qoidalarga  aytamiz.  Ta‘lim 
qonuniyatlari o’quvchi va o’qituvchi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks 
ettiradi.  
 
Ma’lumki,    qonuniyat-bu  barqaror,  zaruriy  u  yoki  bu  xodisalar  va 
jarayonlar  o’rtasidagi  mutanosiblik  va  muhim  aloqa.  Ijtimoiy  ehtiyojlar  va 
sharoitlar  o’quv  jarayonining  harakteri,  uning  vazifalari,  mazmuni,  shakllari: 
usullari  va  vositalari  qonuniy  ravishda  aniqlab  beradi.  Agar  o’qitish  jamiyat 
talablarini e’tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko’rish, takomillashtirish 
kerak.  
Demak,  ta’lim  berish,  tarbiyalash  va  o’quvchilarning  umumiy 
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.  
 
Ifodalangan  qonuniy  didaktik  aloqalarni  va  o’qitish  qoidalarini  ilmiy 
asoslangan  o’zaro  bog’lanishda  qo’llash  ko’nikma  va  malakalarni  chuqur, 
puxta,  ongli  va  ta’sirli  o’zlashtirilishini  ta’minlaydi.  O’qitishni  aynan  shunday 
natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta’sirchanlik qoidalarini harakterlaydi.  
 
Ta’limning  mazmuni  hayot,  hozirgi  zamon  fani  bilan  bog’langan 

 
 
bo’lganligi  uchun  ham,  vazifalarda  mamlakatning  iqtisodiy  rivojlanishini 
jadallashtirish 
muammolari, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalash, 
avtomatlashtirish, kompyuterlash kabilar asosida intensivlash o’z aksini topishi 
kerak.  
 
Har  bir  o’qituvchi  shuni  anglab  yetishi  muhimki,  o’quv  jarayonini 
samarali  ko’rish  -  bu,  ishda  o’zini  oqlagan  pedagogik  qonuniyatlar,  qoidalar, 
didaktik  qoidalarni  hozirgi  zamon  sharoitidagi  yangi  masalalarni  xal  qilishda 
ijodiy  foydalangan  holda,  ulardan  butunlay  va  o’zaro  aloqada  foydalanish 
demakdir.  
 
O’qitishning  muqobil  tomonlarini  tanlash  uchun  butun  qonuniyatlar 
birligini va didaktik qoidalarini e’tiborga olish zarur.  
 
O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan 
muhim  talablar  kelib  chiqadiki,  buni  o’qitish  qoidalari  deb  ataladi.    O’qitish 
qoidalarini  bilish  o’qitishning  zarur  usullarini  yanada  ishonchliroq  tanlashga 
imkon beradi.  
 
Ta’lim  qoidalari  -  o’qituvchining  faoliyatini  va  o’quvchilar  tomonidan 
ilmiy  bilmlarning  o’zlashtirilishi,  tegishli  ko’nikma  va  malakalar  hosil 
qilishning  asosiy  qonun  va  yo’l  –  yuriqlarini  o’z  ichiga  oladi.  SHu  bilan  bir 
vaqtda  ta’lim  qoidalari  har  ikkala  faoliyatni,  ya’ni  o’qituvchi  va  o’quvchi 
tomonidan  o’z  oldiga  qo’yilgan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish 
imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi.  
 
Ta’lim  qoidalari  deb  umuminsoniy  tarbiyaning  maqsad  va  vazifalarini 
amalga  oshirishga  qaratilgan  o’qish  va  o’qitish  jarayonlarining  yo’nalishi, 
o’qituvchilar  tomonidan  ilmiy  bilimlarning  o’zlashtirilishi,  bilim  va  malakalar 
hosil qilishning asosiy qonunlarining yig’indisiga aytiladi.  
 
So’nggi  yillarda  olimlar  tomonidan  yaratilgan  pedagogik  adabiyotlarda 
didaktik  qoidalar  turlicha  guruhlashtirilmoqda.  Ana  shularga  asoslangan  holda 
quyidagicha ta’lim qoidalarini ko’rsatib o’tish mumkin.  
1. 
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi. 
2. 
Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi. 

 
 
3. 
Ta’limning tarbiyalovchilik harakteri.  
4. 
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishi qoidasi.  
5. 
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.  
6. 
Ta’limda ko’rsatmalilik qoidasi.  
7. 
Ta’lim jarayonida har qaysi o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga  
           olish.  
8. 
Ta’limda ilmiy bilim va ko’nikma, malakalarni puxta, mustaxkam  
           o’zlashtirish  qoidasi. 
9. 
Ta’limning o’quvchiga mos bo’lishi qoidasi.  
10. 
Ta’lim va  tarbiyaning birligi qoidasi.  
Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali 
qurish  –  bu,  ishda  o’zini  oqlagan  pedagogik  qonuniyatlar,  qoidalar,  didaktik 
qoidalarni  hozirgi  zamon  sharoitidagi  yangi  masalalarni  hal  qilishda  ijodiy 
foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.  
Ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirish  va  bunda    didaktik    tamoyillarga  
yondashish    mexanizmlarini  tadqiq  qilish      hozirgi  kunda  o’z  yechimini  to’liq 
topgan  emas.  Shuning  uchun    ham  biz    ushbu  tadqiqot  ishimizda      ushbu 
masalani yoritishga harakat qildik.  
Mavzuni  ishlanganlik  darajasi:  Pedagogika  fani  yuksalishiga  ko’plab 
olimlar  o’z  hissalarini  qo’shib  kelishgan.  A.  Zunnunov,  U.  Mahkamov,  J. 
Hasanboyev, 
R.Jo`rayev, 
K.Hoshimov, 
S.Nishonova, 
O.Hasanbayeva, 
O.To`rayeva,  O`.Tolibov,  X.Ibragimov  kabi  yirik  olimlarimiz  pedagogika 
fanining  hozirgi  kundagi  dolzarb  masalalari  yuzasidan  tadqiqotlar  olib  borib, 
uning rivojiga muhim hissa qo`shib kelmoqdalar.  
Ta'lim  nazariyasi,  didaktika,  ta’lim    qonuniyatlari  va  tamoyillari  
masalalari  o’zbek  mutafakkirlari  va  ma'rifatpavarlarining,    pedagog  olimlari 
(S.Rajabov,  A.Munavvarov
1
,  O.Roziqov
2
,  R.Mavlonova
3
,  N.Toxtaxodjayeva
4

                         
1
 А.Мунавваров.Педагогика. Т., “Ўқитувчи”, 1996 й, 280 б 
2
 О.Розиқов ва бошқ. Дидактика. Т., “Фан” 1997 й,.248 б,  O.Roziqov,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. 
Buxoro., “Durdona”,  2012 й,320 б  
3
 Mavlonova R. A.Boshlang’ich ta'limning intеgratsiyalashgan pеdagogikasi. T., 2005. 108 б 
4
 Педагогика назарияси ва тарихи. I-қисм. Педагогика назарияси. М.Х.Тўхтахўжаева ва бошқ. Т., 2005 й, 264 б 

 
 
J.Hasanboyev
1
, U.Mahkamov
2
    va  boshqalar)  ning ham  diqqat-e'tiborida  bo’lib 
kelgan.      Ular    tomonidan  yaratilgan  darslik  va  qo’llanmalarda        didaktik  
prinsiplar  mohiyati  yoritilgan.  
Pedagog  olimlarimiz M. Ochilov,   N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, 
N.  Azizxodjaeva,  M.To’xtaxodjayeva,  R.Mavlonovalarning    ishlarida 
ta’limqonuniyatlari  va    prinsiplariga  to’xtab  o’tilgan.  O.Roziqov,  B.Azizov, 
G.Najmiddinovalar
3
ning  “Umumiy  didaktika”  sida  ta’lim  prinsiplari  tizimi  va 
tavsifi berilgan.  
YA.A.Komenskiyning buyuk  xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida  
birinchi  marta  ta’lim  prinsiplarini  tartibga  solish    masalasi  bilan  shug’ullandi. 
“Buyuk    didaktika”  asarining  XV-XVIII  boblarida  amaldagi  prinsiplarpning  
ko’pchiligi  asoslangan  edi.  1975  yili    YA.A.  Komenskiyning  “Buyuk 
didaktika”
4
 asari  o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.   
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning  fikrlari ham o’ziga xosdir. 
Uning  «bilim  orqali  erishiladigan  natijalar»  haqidagi  ta'limoti  o’qitish 
nazariyasida  alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, 
tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. 
Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.   
 
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga 
doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik  prinsiplarning  
ayrim  jixatlari  yoritib  berilgan.  Lekin  shunday  bo’lsada  muammoga  doir  yaxlit 
tadqiqotning  mavjud  emasligi  uni  magistrlik  dissertatsiyasining  mavzusi  sifati 
tanlanishi uchun asos bo’ldi. 
Tadqiqotning  maqsadi:  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik  
tamoyillarga    yondashish    mexanizmlarini  tadqiq    qilish  va    tamoyillardan 
foydalanishning  samarali  yo’llariga oid tavsiyalar yaratish 
 Tadqiqot  ob'ekti-  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik  
tamoyillarga  yondashish  mexanizmlarini tadqiq  qilish jarayoni 
                         
1
 J.Xasanboyev va boshq. Pedagogika., T.  “Noshir”, T., 2011 y, 256 b  
2
 U.Mahkamov va boshq. Didaktika. T., 2009 y, 200 b 
3
 O.Roziqov,B.Adizov, G.Najmidinova.  Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”,  2012 й, 320 b 
4
 Я.А. Коменский. Буюк дидактика. (М.Очилов таржимасида) -Т., 1975 й 

 
 
Tadqiqotning  predmeti-    ta’lim  qonuniyatlari  va    tamoyillari  mazmuni  
hamda  ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga    yondashish  
mexanizmlarini takomillashtirish  yo’llari. 
Tadqiqot vazifalari: 
-  Mavzuga oid ilmiy hamda ilmiy—pedagogik manbalarni o’rganish asosida 
ta’lim-tarbiya    sifatini  oshirishda  didaktik    tamoyillarga    yondashish  
mexanizmlarini  tadqiq    qilish  dolzarb  pedagogik  muammo  ekanligini 
asoslash. 
-  O’zbekiston    Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimovning  ta’lim  sohasini  
isloh qilish to’g’risidagi g’oyalarini yoritish. 
-  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi  va  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonun  asosida  
ta’lim-tarbiya  samaradorligini oshirish zarurligi  masalasini tahlil qilish. 
-  Ta’lim  qonuniyatlari  va  tamoyillari,  ularning  shakllanish  tarixi,  didaktik  
tamoyillar turlari  o`rganish. 
-  Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik  tamoyillardan foydalanish 
darajasi tahlil  qilish 
-  Umumiy  o’rta  ta’lim  o’qituvchilarining  didaktik    tamoyillardan 
foydalanishini takomillashtirish shakl va metodlarini ko’rsatish. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling