Xarajatlarni baholash usullari I kirish II asosiy qism
Download 195.5 Kb.
|
Xarajatlarni baholash usullari I Kirish II Asosiy qism 2.1. Xarajatlarning turkumlanshi va ular hisobining vazifalari 2.2. Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi 2.3. Ustama xarajatlar hisobi III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar KirishRespublikamiz iqtisodiyotidagi tub o’zgarishlarni albatta xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning natijasi deyish mumkin. Bu o’zgarishlarni nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohada balki xayotimizning barcha jabhalarida ko’rish mumkin. Ana shu qatorda biz, iqtisodiy isloxotlarga va ular ta’siridagi o’zgarishlarga alohida ahamiyat qaratishni lozim topdik. Uning Davlatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi tamoyillardan biri sifatida qaralishi ham bejiz emas. Bugungi kunda, korxona va tashkilotlarga berilgan imkoniyatlar, ularning o’z maqsadlariga erishishdagi har qanday suniy to’siqlarni bartaraf etilishi, erkinlik va mustaqillikni qaror topishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxona va tashkilotlar xo’jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarishda muhim dastak hisoblangan iqtisodiy tahlilning roli ham oshib bormoqda. Buni nimalarda ko’rish mumkin? Bugungi iqtisodiyot, rejali iqtisodiyot davridan farqli ravishda tahlilchilar oldiga bir qadar murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Ta’minot jarayonidan tortib korxona moliyaviy holatiga qadar bo’lgan kompleks jarayon qat’iy rejalashtirilgan bir sharoitda tahlilni mazmunini faqat uning o’zgarishlarini va o’zgarish sabablarini o’rganishdangina iborat deyish mumkin. Uning bugungi mazmunini esa quyidagicha izohlash mumkin. Iqtisodiy tahlil korxona xo’jalik moliya faoliyatidagi (ro’y bergan, ro’y berayotgan va ro’y beradigan) barcha jarayonlarni, ularning samaradorligi va natijaviyligini ichki va tashki omillar ta’sirida axbarotlarda ifodalangan ko’rsatkichlar tizimidan foydalangan holda davriy o’rganish tashkil etadi. Ya’ni bunda, rejaga nisbatan o’zgarishlar va o’zgarish sabablarini o’rganish tahlilni vazifalar qatorida bir bo’g’inni tashkil etadi halos. Iqtisodiy jarayon boshlangunga qadar, ya’ni korxona o’z faoliyatini boshlashdan oldingi (bozorni o’rganish, marketing tadqiqortlarini olib borishi, raqbatchi va xamkorlar, ishni tashkil etish joyi, o’rnini belgilash kabi) masalalar ham tahlil ob’ekti hisoblanadi. Download 195.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling