Xvi-xvii asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1
Download 34.87 Kb.
|
30-mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya — копия
XVI-XVII asr birinchi yarmida Niderlandiya Reja: 1. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. 2. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. 3. Niderlandiya revolyutsiyasining boshlanishi. 4. Niderlandiya revolyutsiyasining tarixiy axamiyati va xarakteri. O’rta asrlarda Niderlandiya to’g’risida gapirilganda Reyn, Maas va Shelda daryolarining quyi oqimidagi va Shimoliy dengiz bo’ylaridagi (Niderlandiya so’zining asl tarjimasi shundaydir) nazarda tutilar edi. Bundan ilgariroq bu yerlar (Yuqori Lotaringiyadan va uning Mets, Giul, Verden va shuning singari boshqa shaharlaridan farq qilib) Quyi Lotaringiya deb ham atalar edi. Bu o’lkaning sanoat jihatidan oldinroq taraqqiy qilishi uning xarakterli xususiyati edi. Friz movutlari Buyuk Karl zamonidayoq dong chiqargan edi. XIII—XIV asrlarda Flandriya (Flamand) movut sanoati bilan faqat Florensiya movut sanoati raqobat qilar edi, xolos. «Flandriyaning eski obod shaharlari» bo’lmish Bryugge, Ipr, Gent shaharlariga ingliz, fransuz va nemis shaharlari ning uzoq vaqtgacha havasi kelib yurdi, chunki ular yuqori sifatli movut ishlab chiqarolmas edi. XV asrda Flandriyada Antverpen degan yangi sanoat va savdo markazi o’sib chiqdi, bu shahar Shelda daryosining dengizga quyiladigan joyidan sal nariroqda edi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Antverpen Hindiston va Amerikadagi mustamlakalar bilan bog’langan jahon portiga aylandi. Ammo Antverpen sanoat markazi sifatida ham taraqqiy qildi, shu bilan birga, Flandriyaning eski shaharlaridan farq qilib, Antverpenda ishlab chiqarishning sex formasi emas, balki manufaktura formasi rivojlandi, manufaktura formasi esa qishloqdagi xonaki, kapitalistik kustar sanoatiga asoslangan edi. Flandriya bilan qo’shni bo’lgan Brabantda XV—XVI asrlarda Bryussel kattagina sanoat markazi xisoblanar edi, bunda ham movut ishlab chiqarish sanoatining bir qismi sex sanoati xarakterida, bir qismi manufaktura sanoati xarakterida edi. Flandriya bilan Brabant Janubiy Niderlandiyaning asosiy viloyatlari bo’lib, ular iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy qilgan edi. Niderlandiyaning janubida — Namyur, Lyej, Lyuksemburgda boy temir konlari bo’lib, bu yerda metallurgiya sanoati keng ko’lamda rivojlangan edi. Niderlandiyaning janubidagi Fransiyaga yondosh bo’lgan janubi-g’arbiy viloyatlar — Gennegau, Artua aksincha, asosan dehqonchilik viloyatlari edi. Niderlandiyaning shimolida eng taraqqiy qilgan viloyatlar Zelandiya, Gollandiya va Utrext edi. Bu yerda (Leyden va Utrext shaharlarida) ham movut sanoati rivojlanayotgan edi. Bu viloyatlarda movut sanoatidan tashqari, zig’ir tolasidan gazlama to’qish, surp va shoyi to’qish sanoati ancha taraqqiy qildi. Ko’proq savdo viloyati bo’lgan Gollandiya kemasozlik, paroxodchilik va baliq ovlashning markazi edi. XVI asrda tez rivojlangan Amsterdam shahri okean orqali savdo, kredit operatsiyalari va birja bitimlari jihatidan Antverpenning jiddiy raqobatchisi bo’lib qoldi. Niderlandiyaning chekka shimoli-sharqiy viloyatlari Geldern, Ovyorissel chekka janubi-g’arbiy viloyatlar singari sof dehqonchilik tumanlari edi. XVI asrda Niderlandiyada shaxsiy krepostnoy huquq xamma joyda yo’qotilgan edi desa bo’ladi. (Asosan Sharqiy viloyatlar — Gelzern va Overissel bundan mustasnodir). Dvoryanlarning burjualashgan qismining vakillari botqoq yerlarni quritish uchun ancha mablag’ sarf qilardilar, dengiz bo’yidagi yerlarni quritib qo’lga kiritish maqsadida to’g’onlar qurishda qatnashardilar, bozorga chiqarib sotish uchun chorvani (qoramol, qo’y-echki va boshqalarni) ko’paytirardilar va shunday qilib, yollanma mehnatdan foydalanuvchi sohibkorlar tipidagi qishloq xo’jayinlariga aylanardilar. Flandriya, Brabant, Gollandiya dexqonlari orasidan mahalliy bozor bilan bog’langan va kambag’al dehqonlar orasidagi batraklar mehnatini ekspluatatsiya qiluvchi badavlat elementlar ajralib chiqardi, ko’pincha dehqonlarning yuqori tabaqalari jamoa chek yerlarining va yaylovlarning katta qismini o’z qo’llariga to’plab olardilar. Fransiya bilan chegaradosh bo’lgan janubi-g’arbiy viloyatlardagi pomeshchiklar juda orqada qolgan bo’lib, ular faqat feodal rentasi hisobidan tushgan daromad hisobiga kun kechirar edilar. Germaniya bilan chegaradosh bo’lgan shimoli-sharqiy viloyatlar haqida ham shuni aytish mumkin. Niderlandiya viloyatlarining iqtisodiy jihatdan ko’proq rivojlangan shaharlarida plebey elementlar ko’p edi. Xonavayron bo’lgan hunarmandlar, xalfalar, manufaktura va port ishchilari har bir yirik shahar aholisining yarmini, ba’zan esa uning ko’pchiligini tashkil qilar edi. Shunday qilib, XVI asrda Niderlandiyaning ijtimoiy strukturasi feodalizmga xos bo’lgan xususiyatlarni ancha yo’qotdi va maydonga kelayotgan kapitalistik jamiyatda burjuaziya faqat iqtisodiy sohasidagina emas balki ijtimoiy-siyosiy hayotda ham yetakchi rol o’ynadi. Download 34.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling