Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar Reja: Kirish


Download 0.92 Mb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1502913
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi


Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar
Reja:
Kirish

  1. Yalpi talab tushunchasi.

  2. Yalpi talab tarkibi va shakllanishi.

  3. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar.

  4. Yalpi talab va yalpi taklif modellari tahlili.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko‘ra Yalpi talab va taklifni samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash maqsad qilib olingan1.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash; xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o‘rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chet el iste’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha talabi va taklifini o‘rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ushbu ishida makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko‘rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o‘zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o‘rnatilishini bayon etiladi.
Ishlab chiqarish korxonalari davlatda juda kata o‘rin egallaydi. Bunday sharoitda, davlat tomonidan korxonalar xo‘jalikmoliyaviy faoliyatini tartibga solish, ularga turli imtiyozlar berish va qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korxonalarda moliyaviy barqarorlikni boshqarish quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga olishi lozim:
- ma’lum davrlar oralig‘ida korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlarni rejalashtirish;
-korxonalar moliyaviy barqarorligini aniqlovchi asosiy parametrlarni monitoring qilish;
- moliyaviy barqarorlik holatini baholash;
- moliyaviy barqarorlikning belgilangan parametrlariga erishishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish korxonalarini takomillashtirish asosiy maqsad hisoblanadi. Boshqaruvning bunday yondashuvi, birinchi navbatda korxonalar moliyaviy barqarorligini har tomonlama baholash imkoniyatini bersa, keyingi navbatlarda esa, moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin bo‘ladigan davrni aniqlash imkoniyatini yaratadi hamda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kerak bo‘lgan har qaysi vaqtda moliyaviy barqarorlikni baholash imkoniyatini beradi.
Demak, ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida keskin raqobat muhitini e’tiborga olgan holda, korxonalar rahbarlari, moliyaviy menejerlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri joriy va strategik faoliyatni belgilashda korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlashga alohida e’tiborni karatish, moliyaviy barqarorlikni boshqarishda moliyaviy boshqaruvning roli va ahamiyatini yanada oshirish, moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkil etish va rivojlantirib borish, moliyaviy boshqaruvni tashkil etishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan samarali foydalanish hisoblanadi.
Yalpi taklifning barqaror o‘sishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishini bildiradi. Shuning uchun ham xukumatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga shart-sharoitlar yaratib berib, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadilar. Ammo iqtisodiy tsiklning yuksalish fazasida ishlab chiqaruvchilar raqobat va foyda ketidan quvishlari oqibatida nomutanosibliklar to‘planib boradi, ya’ni yalpi taklif sekin yalpi talabdan oshib ketib yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham inqiroz davrida ko‘pgina iqtisodchi-olimlar yalpi talabni rag‘batlantirish tavsiyasini beradilar, bu davrda yalpi talabni o‘sishi oqibatida yalpi taklifni jonlantirishga zamin yaratadi.
Makroiqtisodiyotda yalpi talab-yalpi taklif modeli (AD-AS modeli) ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlab o‘tganidek: “Aholi turmush sharoitini yaxshilash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi”2. Bunday iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarga faqatgina oqilona iqtisodiy siyosat yuritish orkali erishsa bo‘ladi. Yalpi talab va yalpi taklifni o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir, bu esa mavzuning naqadar dolzarbligini belgilab beradi.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling