1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Baliq konservalari va prezervlar 
Baliq konservalari yuqori ozuqalik qiymatiga ega bo‘lgan mahsulotdir. Uning 
tarkibida to‘liq qiymatli oqsil, yog‘, mineral moddalar va darmondorilar bor. 
Konserva mahsulotlari uzoq saqlanadi, ularni pazandachilik ishlovi bermasdan 
ovqatga ishlatish mumkin. 
Konserva mahsulotlarini tayyorlash usullari umumiy bo‘lib, ular quyidagi 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: baliqni nimtalash, yuvish, bo‘laklarga ajratish, tuzlash, 
harorat bilan ishlov berish, bankalarga joylash, ulardan havoni chiqarib germetik 
berkitish, sterilizatsiyalash, germetikligini tekshirish, sovitish va joylash. 
Bu jarayonlarning asosiylaridan biri germetik berkitilgan konserva bankalarni 
sterilizatsiya qilish hisoblanadi. Baliq konservalarini sterilizatsiya qilish 112— 
120°C da 30—60 daqiqa davom etadi. Bunday yuqori haroratda ishlangan 
konservalarda mikroorganizmlar qirilib-bitadi va fermentlar aktivlik faoliyatini 
batamom yo‘qotadi. Bular esa konserva mahsulotlarining uzoq saqlanishini 
ta’minlaydi. 
Prezervlar bankalarga joylanib germetik berkitilgan, tuzlangan, sirkalangan, 
ziravorlar qo‘shilgan o‘tkir ta’mli mahsulotdir. Prezervlar sterilizatsiya qilinmaydi 
va shu xususiyati bilan konservalardan farq qiladi. Prezervlar tayyorlashda ularga 
antiseptik (benzoy kislotasining natriyli tuzi) qo‘shiladi. Prezervlar, asosan, 
tuzlaganda yetiladigan kilka, salaka, seld, skumbriya, stavrida kabi baliqlardan 
tayyorlanadi. 
5- 
ilova 


144 
 
 
Guruhlarda ishlash qoidasi 
 
Sherigingizni diqqat bilan tinglang. 
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan 
topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing. 
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling. 
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering. 
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma 
ishtirok etishi shart. 
Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: 
• Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz! 
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki 
 
1. 
Baliq ikralarini tushuntiring? 
2. 
Baliq konservalari haqida ma’lumot bering? 
3. 
Konserva mahsulotlarini tayyorlash usullari qanday amalga oshiriladi? 
4.Baliq konservalari ishlatiladigan xom ashyo haqida ma’lumot bering? 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling