1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


tayanch daftarifa, o’quv qurollari to’liq bo’lgan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

tayanch daftarifa, o’quv qurollari to’liq bo’lgan, 
adabiyotlardan foydalanishni bilgan 

(qoniqarli) 

Ta’lim 
standartlarida
belgilangan 
bilim 
va 
ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar 

(qoniqarsiz) 
 
Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi 
albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta 
nazorat belgilanadi. 


147 
4- 
ilova 
Sut oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng muhimi bo‘lib, tarkibida odam organizmi 
uchun zarur bo‘lgan 200 ga yaqin kimyoviy va biologik moddalar mavjud. Uning 
tarkibida yog‘, oqsil, sut qandi, darmondorilar, fermentlar, kislotalar, mineral va 
boshqa muhim moddalar bor. Oziqaviylik qiymatiga ko‘ra sut har qanday 
mahsulotning o‘rnini bosishi mumkin, lekin hech qaysi mahsulot sutning o‘rnini 
ololmaydi. Sutda nafaqat organizmga kerakli barcha moddalar mavjud, balki 
ularning miqdoriy nisbatlari ham ma’qul joylashgan. Sut va sut mah- sulotlari inson 
organizmi tomonidan yengil va qariyb butunlay hazm qilinadi. Sutning tarkibi doim 
bir xil bo‘lmaydi, u sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, 
sog‘ilish davrining davomiyligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu 
omillardan eng asosiysi molning boqilishi va nasli hisoblanadi: yaxshi boqim sut 
sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi. 
Sutning kimyoviy tarkibi va uning turlari. 
Sut sut emizuvchi hayvonlar sut bezlarining faoliyati natijasida hosil bo‘lib, och- 
sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga va sal shirinroq ta’mga ega bo‘lgan suyuqlikdir. 
Hayvon organizmida sutning hosil bo‘lishi yemish tarkibidagi oziqaviy 
moddalarning chuqur va murakkab o‘zgarishi va sut bezlari hujayralarida 
moddalarning yangidan sintez bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. 
Inson turli hayvonlarning sutini iste’mol qiladi, ammo ularning orasida sigir suti 
keng tarqalgan. 
Sigir sutining tarkibida 85—89% suv, 2,8—5,0% yog‘, 
3—
4% oqsillar, 4,4—5,1% sut qandi, 0,6—0,85% mineral moddalar, fermentlar, 
A, B, B
12
, C, D, E, PP darmon- dorilari, gormonlar, pigmentlar, gazlar mavjud. 
Sut yog‘ining xossalari, ayniqsa, erish (27—34°C) va qotish (17—21°C) 
haroratlarining pastligi uning tarkibidagi yog‘ kislotalarning xossalari bilan bog‘liq. 
Yog‘i olinmagan sutda kishi organizmiga zararli bakteriyalarni yo‘qotishga qodir 
bo‘lgan bakteriotsid modda mavjud. 
Sut yog‘i sut tarkibida sirti oqsil bilan qoplangan mayda sharchalar shaklida 
bo‘ladi. Yog‘ni sutning suyuq qismidan ajratib olish uchun sharchalarning oqsil 
po‘sti buziladi va ular bir-biri bilan birlashib katta bo‘laklar paydo bo‘ladi. 
Qaymoqni kuvlab sariyog‘ olish ana shunga asoslangan. Sut yog‘i juda past harorat 
(10-15—31°C)da eriydi. 
Sutning oqsil moddalari to‘liq qiymatli aminokislotalardan iborat. Sutda 
oqsillarning quyidagi turlari mavjud: kazein (2,5—4%), albumin (0,5—0,7%) va 
globulin (0,05—0,1%) asl oqsillar qatoriga kiradi. 
Qaymoq 
Qaymoq separatorlar yordamida sutni qaymoq va yog‘siz sutga ajratish 
jarayonida olinadi. 
Sut 45—50°C gacha qizdirilib separatsiyalanadi, chunki yuqori harorat sutning 
qovushqoqligi pasayishini ta’minlaydi. Separator ish rejimini va sutning haroratini 
o‘zgartirib turli yog‘lilikka ega bo‘lgan qaymoqlarni olish mumkin. 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling