1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
Sariyog‘.
Sariyog‘ tabiiy sut qaymog‘idan tayyorlangan mahsulotdir. U qaymoqqa xos xushta’mlik va xushbo‘ylikka, 10—12°C haroratda esa plastik konsistensiyaga ega bo‘ladi. Sariyog‘ qimmatli xossalarga ega va yaxshi hazm bo‘ladigan yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Sariyog‘ning tarkibida yog‘ning miqdori 61,5—82,5% ni, namlik esa 16—35% ni tashkil qiladi. Uning tarkibida kichik molekulali yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda (8—13%). Bu sut yog‘ining erish harorati pastligini (28—35°C) va mazasining shirinligini belgilaydi. Sariyog‘da A va E darmondorilari va mahsulotning biologik qiymatini belgilovchi moddalar — fosfatidlar, oqsillar, letsitin, laktoza va mineral moddalar mavjud bo‘lib, inson organizmida yaxshi hazm bo‘lishini (95%) ta’minlaydi. 100 g sariyog‘ning energetik qiymati o‘rtacha 3200 kJ. 5- ilova 152 1.Sutning kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot bering? 2.Sutning turlarini ayting? 3. Sut mahsulotlarini ahamiyatini ayting? 4. Sut va qaymoqlarning ahamiyatini ayting? 6- ilova 7- ilova Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL) Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 1. Sut sut emizuvchi hayvonlar sut bezlarining faoliyati natijasida hosil bo‘lib, och-sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga va sal shirinroq ta’mga ega bo‘lgan suyuqlikdir. Hayvon organizmida sutning hosil bo‘lishi yemish tarkibidagi oziqaviy moddalarning chuqur va murakkab o‘zgarishi va sut bezlari hujayralarida moddalarning yangidan sintez bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Inson turli hayvonlarning sutini iste’mol qiladi, ammo ularning orasida sigir suti keng tarqalgan. Sigir sutining tarkibida 85—89% suv, 2,8—5,0% yog‘,4% oqsillar, 4,4—5,1% sut qandi, 0,6—0,85% mineral moddalar, fermentlar, A, B, B 12 , C, D, E, PP darmon- dorilari, gormonlar, pigmentlar, gazlar mavjud. 2. Pasterizatsiya qilingan sut, Sterilizatsiya qilingan sut , Qaynatib pishirilgan sut, Sof tabiiy sut, Qayta tiklangan sut, Yog‘sizlantirilgan sut Seroqsil sut, Darmondorilangan sut . Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling