1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz! • Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz. yog‘lari qo‘shib olinadi. Omixta yog‘ olish turli yog‘ aralashmalarining erish haroratiga asoslanib olinadi. Yog‘larning erish harorati qancha past bo‘lsa, iste’mol qiymatlari shuncha yuqori bo‘ladi. Oziq-ovqat yog‘lari salqin, yorug‘lik kam tushadigan joylarda saqlanadi. Mol yog‘i 15—18°C da 6 oygacha,o‘simlik moyi 12 oygacha, margarin 0—4°C da 2 oygacha saqlanadi. 5- ilova 6- ilova 168 Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL) 1. Yog‘larning ahamiyatini ayting? 2. Yog‘larning kimyovi y tarkibi qanday moddalardan iborat? 3. O‘simlik moylarini ayting? 4. Rafinatsiyalanmagan moylar haqida ma’lumot bering? 7- ilova Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 1. Ozuqaviy yog‘lar inson ratsioni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston yog‘-moy sanoati, oziq-ovqat yog‘laridan tashqari, yog‘- moy chiqindilarini qayta ishlash orqali margarin, oshxona moylari, kir va atir sovun, olif, glitserin, yog‘ kislotalari, qimmatbaho to‘yimli hayvon ozuqasi — kunjara, shuningdek, kimyo sanoati uchun turli xomashyolar ishlab chiqaradi. 2. Yog‘lar murakkab efir bo‘lib, yog‘ kislotalari va chiqin- dilardan iboratdir. Tarkibidagi yog‘ kislotalarning turiga qarab hamma yog‘lar ikkiga bo‘linadi: 1.Suyuq yog‘lar, ularga, asosan, o‘simlik yog‘lari va ayrim baliq, kit moylari kiradi. 2.Quyuq yog‘lar, ularga, asosan, hayvon yog‘lari va ba’zi o‘simlik moylari (kakao, kokos) ham kiradi. Yog‘lar odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega bo‘lib, organizmning o‘sishida, toliqishda sarflanadi, teri va ichki organlardagi yog‘lar himoyalovchi vazifani bajaradi, tanani sovuq qotishdan, mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. 3. O‘simlik moylari tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, o‘simlik- ning urug‘lari, mevalari, ildizmevalari, mag‘izlarida bo‘ladi. O‘simlik moylari o‘simliklarning (paxta, kungaboqar, soya, saflor, kunjut, yeryong‘oq, kokos, moyli palma va boshq.) mevasi va urug‘idan hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan (donli o‘simlik- larning murtagi, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli va boshqalarning danaklaridan) olinadi. Moylar o‘simliklarda turli miqdorda uchraydi: yong‘oq mag‘zida — 60—70%; kunjut va kakao urug‘ida — 50%; kungaboqarda — 40—42%; zig‘ir uru- g‘ida — 32—34%; chigitda — 18—20%; jo‘xorida — 6— 7%. 4. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling