1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Tavsif etuvchi dispozitsiya —


Download 170.58 Kb.
bet87/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

Tavsif etuvchi dispozitsiya — huquqbuzarlik belgilarining to l iq bayonini o ‘z ichiga oladi (masalan, JK ning 169-moddasi: o ‘g‘rilik — o ‘zgalar
mulkini yashirin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu m antiqan
o ‘rinli bo1m asa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norm a dispozitsiyasi ham m aga tushunarli b o iish i uchun m a ’lum bir m a ’noda, qisqa
shaklda izoh beriladi.
Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu
qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan
tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida y o n g ln
xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki m ehnatni m u h o ­
faza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning m azm uni Jinoyat kodeksida emas, balki
JKning moddalarini q o ‘llashda murojaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. “ Blanket” so‘zi “blank” iborasi asosida
vujudga kelgan b o ‘lib, asl m a ’nosi blank tarzidagi norm a mazmunini
boshqa huquqiy qoida vositasida toMdirish lozimligini anglatadi. Yuqorida
keltirilganidek, “texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik” ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar M ahkamasi tom onidan alohida tasdiqlangan “Texnika xavfsizligi qoidalari” degan hujjatni olib, uning qaysi
qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, ya’ni
shu qoida m azm uni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi to ‘ldirilishi
kerak bo‘ladi. U ndan so‘ng aybning hajmi va jazoning miqdori hal etilishi
mumkin.
Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega
bo‘lmagan, balki o ‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JK ning
110-m. “ Qiynash” ) yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi

268,Санкция ҳxуkуқ нормасининг мантиқий-якунловчи қисми исобланади. Санкция луғавий жиҳатдан “қатъий қарор” деган маънони билдириб, лотин тилидаги “sanstio” ва инглиз тилидаги “sanstion” сўзларидан олинган.Санкция – диспозицияда кўрсатилган талабларни бажармаганлик учун берилиши мумкин бўлган таъсир чораси ёки тавсия этилган ҳаракатни содир этганлик учун рағбатлантиришнинг тури ва ўлчови ҳисобланади.Санкцияларда ифодаланган салбий оқибатларнинг аниқлигига араб мутлақ аниқ, нисбатан аниқ ва кумулятив санкцияли нормалар ажратилади. Мутлақ аниқ санкцияли ҳуқуқ нормаларида давлатнинг аниқ битта мажбурлов чораси кўрсатилади. Масалан, транспорт
воситасини бошқариш вақтида ҳайдовчиларнинг телефондан фойдаланиши энг кам иш ҳақининг уч баравари миқдорида жарима солишга сабаб бўлади (Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси, 1281-модда)


Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling