1. Fasafaning predmeti


Моҳият ва ҳодиса категориялари


Download 133.18 Kb.
bet16/39
Sana26.01.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1127955
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
salom falsafa

69. Моҳият ва ҳодиса категориялари.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasi ham shunday tahlilni talab qiladi. Mohiyat — o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy element! bolgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bolib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga kola, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga boglab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega boladi.
70. Мазмун ва шакл категориялари
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun — narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.Shakl esa — sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy boglanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juziy o‘zgarish ham bir-biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli o‘zgarishi .Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling