1. Fasafaning predmeti


Оиланинг қадриятга доир жиҳатлари


Download 133.18 Kb.
bet25/39
Sana26.01.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1127955
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
salom falsafa

114.Оиланинг қадриятга доир жиҳатлари.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri buyuk mutafakkir va allomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alohida e’tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’kidlab o‘tilgan. Unga ko‘ra oila soglom avlodning paydo bo‘lishi, benuqson naslning tug‘ilishi, soglom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida alohida o‘rin tutgan. Unda ta’kidlanishicha o‘smirlar o‘n besh yoshga tolgandan keyingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to‘qilgan belbog‘ bilan bellarini o‘rash va o‘zlarini yaxshilik yo‘liga baxshida etish uchun turmush qurish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin yoshlarning o‘zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
115.Ажралиш ва унинг ахлоқий камолотга салбий таъсири.
Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va jamiyat hayotidagi nufuzini ta’kidlash bilan birgalikda, uning mustahkamlovchi kafolatli omillarining rolini o‘rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masala bolib qolmoqda. Mamlakatimizda 2017-yil davomida 306197 ta oila jamiyatimizga qo‘shilgan bo‘lsa, shu yilgacha qayd qilingan nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan. Taqqoslash uchun 2016-yilda 275048 ta nikoh qayd qilingan va 29321 ta nikoh bekor qilingan. Ajralishlar soni 2016-yilga nisbatan 2609 taga yoki 8,1% ko‘paygan. Ushbu ajralishlar FXDYO organlari orqali 621 taga (1,9 %) va sud qarori asosida 1988 taga (6,2%) ko‘paygan. 2017-yil nikohi bekor qilingan oilalarni tahlil qilinganda 1—8 yilgacha o‘zaro er-xotin sifatida yashab keyin ajrashganlar soni 18575 ta yoki 58%, shundan 2 yildan 3 yilgacha birga yashab 5174 ta (16,2%), 4 yildan 5 yilgacha birga yashab 5524 ta (17,3%) si ajrashgan. 50 yil birga yashab «Oltin to‘ylari» bo‘lgan 23 ta oila ajrashgan. 60, 63, 65 va 67 yil yashagan bittadan oila ajrashgan.
116.Соғлиқнинг қадрият сифатидаги аҳамияти
Sog'lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Soglom turmush kechirish uchun organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish talab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Organizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish, sovuq suvda cho‘milish tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish — bu organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling