1. Fasafaning predmeti


Дунёни эстетик идрок этишнинг моҳияти


Download 133.18 Kb.
bet26/39
Sana26.01.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1127955
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
salom falsafa

117.Дунёни эстетик идрок этишнинг моҳияти.
Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Lekin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos— his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf maktabining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba’zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va uning san’atda yorqin namoyon bolishini ko‘rsatib berdi.Dastlab estetika «San’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» si Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiy taraqqiyotning o‘ziga xos muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi va o‘rgatadi. Estetikaning eng asosiy funksiyalaridan biri dunyoqarashni shakllantirish bo‘lib, ushbu funksiya badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa, ranglar jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta’sirida ro‘y beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga ko‘mak beradi.
118Гўзаллик ва унинг муқобиллари.
Go‘zallik kategoriyasi va uning muqobillari. Ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosibligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyat shakli «go‘zallik» tushunchasida ifodalanadi. U estetikaning markaziy mezoniy tushunchasi - asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Chunki estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik masalasiga borib taqaladi. Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontolo 'iyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli.
119.Улуғворлик категориясининг фалсафий моҳияти.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Ulug‘vorlik — insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg'usini hosil qiluvchi ma’naviy hodisa. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy tushunchadir. UlugVorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me’yoriy barkamollikdir.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling