1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Go’zani sugorishni tashkil etish va rejalashtirish


Download 116.14 Kb.
bet10/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

Go’zani sugorishni tashkil etish va rejalashtirish. Paxtachilikda yuqori va sifatli xosil olish uchun sugorish tadbirlarini o’z vaqtida, me¸rida o’tkazish katta axamiyatga egadir.
Go’zani sugorish gullashgacha, gullash va pishish fazalarida olib boriladi va 2 martdan 12 martagacha rejalashtiriladi.
Umumiy mavsumiy sugorish me’¸ri gektariga 2000-8000 kub. metr bo’lishi mumkin.
Sugorish me’¸ri: yengil (kumli va qumoq) tuproqlarda go’za gullaguncha gektariga- 500-600 kub. metr, gullash davrida -700-800 kub. metr.
O’rta qumoq tuproqlarda gullashgacha- 600-700 kub. metr, gullash davrida- 800-900 kub. metr.
Ogir tarkibli tuproqlarda gullashgacha - 700 kub. metr gacha, gullash davrida 1000-1100 kub. metr bo’lishi shart. Go’zaning pishish fazasida sugorish me’¸ri xam gektariga 500-600 kub. metr dan 600-700 kub. metr gacha rejalashtiriladi.
Qumli shagal qatlamli tuproqlarda go’za - 9-12 martagacha; o’rta qumoq, sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda - 7-9 martagacha; yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda - 2-4 martagacha sugorish rejalashtiriladi.
Go’za qator oralariga ishlov berishni tashkil etish. Go’za qator oralariga ishlov berishdan maqsad, begona o’tlarni yo’qotish va tuproq yuzasini yumshatishdir. Kultivasiya o’tkazish qator oralariga ishlov berishning eng asosiy tadbirlaridan xisoblanadi. Bu tadbir go’za nixollari paydo bo’lishi bilan amalga oshiriladi.
Birinchi kultivasiya nixollar tekis unib chiqqan paytida tashkil etilib, begona o’tlarga karshi kurash, nixollar qatoridan 7-10 sm masofada va 6-8 sm chuqurlikda o’tkaziladi. Texnologik xarita tuzganda traktor sinflari 1,4 T.K. va KXU-4 moslamalari ¸rdamida yuqorida qayd etilgan me’¸riy chuqurlik va kenglikda taxminan 25.IV-30.IV larda o’tkazilishi rejalashtiriladi. Jami 4-5, ba’zan 6-7 marta kultivasiya o’tkazish rejalashtiriladi.
Go’za chilpishni tashkil etish .Go’zani chilpishning axamiyati shundaki, u oziqlantirishda assimilyasiya maxsulotlari o’simlikka bir xil taqsimlanishini taminlanib, xosil tugunchalarining to’qilishini kamaytiradi, ko’sak soni 1-2 tagacha, ko’sakdagi paxta vazni 0,2-0,5. g ga ortadi, tola sifati yaxshilanadi, o’suv davri 5-10 kunga qisqarib, xosildorlik gektariga 1,5-2,5 s. ga oshadi.
Chilpish muddatlari: go’zaning tup soni 110-120 ming dona bo’lgan maydonlarda xosil shoxi 15-16, 130-140 dona ming bo’lganda xosil shoxi 13-14 ta gacha yetganda va texnologik xaritalar to’zganda -1,4 TK traktori, ChVX-4 agregati ¸rdamida 25.VII-5.VIII larda o’tkazilishi rejalashtiriladi. Ingichka tolali go’zalarda ko’chat qalinligi gektariga 130-140 ming, xosil shoxlar soni 20-22 taga, 140-150 ming tupli go’zalarda - 18-20 taga yetganda chilpish o’tkazilishi rejalashtiriladi.

Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling