1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili
Download 116.14 Kb.
|
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.Xarid baholari va ularni yanada oshirish imkoniyatlari.
4.2.1-jadval
Payariq tumani paxtachiligida xarajatlar tarkibi tahlili (2015-2017 yy.)*
*Manba: Payariq tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi 2014-2016 yillar ma’lumotlari 4.2.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tuman paxtachiligiga 2017 yilda 59450 mln so’m sarflangan bo’lib, 2015 yilga nisbatan 26573 mln so’mga yoki 80,8 foizga oshgan. Xarajatlar tarkibida eng ko’p ulushga mehnat haqi va mineral o’g’it va YOMM xarajatlari bo’lib – 42,7-14,9-18,2 % ulushga ega bo’lgan. Mehnat haqi xarajatlari tahlil qilinayotgan yillarda 4,9 marta, urug;lik va ko’chat xarajatlari 2,3 marta, mineral o’g’itlar esa 48,9 foizga oshgan. 4.3.Xarid baholari va ularni yanada oshirish imkoniyatlari. Bozor sharoitida baho alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki baho orqali tovar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o’tadi. Shuningdek xo’jalik ishlab chiqa-rish xarajatlarining qoplanishi va foyda olish baho orqali amalga oshadi. Baho - tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, uning dinamikasi, nisbati va o’zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida baho va qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo’yilgan past baho, odatda uni ishlab chiqarish xarajatlarining pastligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoning ko’pgina turlari qo’llaniladi. Bu baholar tizimi orqali tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlariga garantiyalangan baholar mahsulotlarni davlat fondiga sotib olganda qo’llaniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlaridan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, ayrim dehqonchilik mahsulotlari turli davrlarda ma’lum bir talab va talab asosida sotilib, uning bahosida keskin tafovutlar paydo bo’ladi. Bu esa bahoning mavsumiy xarajatidir. Ayrim mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan paytda ham ma’lum bir davr saqlanib, keyin sotiladi. Shunga qarab, ularning bahosi ko’tarilib yoki pasayib turadi. Qishloq xo’jaligida baholarining tebranib turishi bozor kon’yukturasidan kelib chiqadi. Bu esa tabiiy sharoitga bog’liq. Hozirgi bozor jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida real tarmoklar mahsulotlari, jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarida o’sish tendensiyasi kuzatiladi. Qishloq xo’jaligida harid baholarni iqtisodiy asoslashgan asosiy prinsiplari (tamoyillari) qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1.Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarni qoplash, ta’minlash zaruriyati. Davlat buyurtmasi hisobiga sotiladigan barcha mahsulot turlari bahosi barcha zonalarda me’yordagi sharoitda xo’jalik yuritadigan barcha qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash zarur. Xarid baholarni eng avvolo mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari qiymatini qoplash imkoniyatini ta’minlashi kerak. 2.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va iqtisodiy rag’batlantirishni ta’minlash uchun jamg’arma yaratish zaruriyati. Faqat ishlab chiqarish xarajatlarining qoplanishi har qanday tovar ishlab chiqaruvchi uchun oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 3.Baholarning zonalar bo’yicha tabaqalanishi. Respublikamizda qishlok xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun turli tabiiy iqlim sharoitlari mavjud. Bu esa mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarining notekisligini keltirib chiqaradi. 4.Mahsulot sifatiga qarab baholarning tabaqalanishi. Sifat tovar-ning bahosida albatta o’z aksini topadi. Shuning uchun sifati yaxshi bo’lgan tovarlar tez xarid qilinadi. Davlat baho vositasida tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot sifatini yaxshilashga qiziqtiradi. 5.Mahsulotni sotish muddatlariga qarab baholarning tabaqalanishi.-Ertagi sabzavot ekinlari va issiqxonalardagi sabzavotlar va ko’katlar, kech yetishtiriladiganlariga nisbatan ancha yuqori baholarda sotiladi. Bu ancha qiyin sharoitda mahsulot yetishtiruvchilarning qo’shimcha xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Payariq tumanida samaradorlikka ta’sir etuvchi muhim ko’rsatkichlardan paxta xom-ashyosi davlat harid baholarida ham o’zgarish kuzatildi (1-rasm). Download 116.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling