1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


-rasm. Payariq tumanida paxtachilikning sotish baholari o’zgarishi


Download 116.14 Kb.
bet14/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

1-rasm. Payariq tumanida paxtachilikning sotish baholari o’zgarishi
*Manba: Payariq tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi 2015-2016 yillar ma’lumotlari

1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turidiki, Payariq tumanida paxta xom-ashyosi o’rtacha sotish (davlat harid) baholarida o’zgarish kuzatildi. Bu ko’rsatkich 2015 yilda 964 ming so’m/t, 2016 yilda 1266 ming so’m/t, 2017 yilda 1751ming so’m/t holatida qayd etildi.




4.4.Paxta sotishdan olinadigan foyda summasi va rentabellikni oshirish imkoniyatlari.
Korxonalarning foydalilik yoki zararlilik darajasini belgilash uchun rentabellik ko’rsatkichidan foydalaniladi. Rentabellik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini o’zida aks ettiruvchi umumlashgan ko’rsatkich hisoblanadi. U foydalanilgan va iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslari - mehnat, yer-suv, moddiy hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali yetishtirilgan mahsulotdan olingan samaraning miqdor va sifatini, ishlab chiqarishni kengaytirilgan tarzda rivojlantirish imkoniyatini, xodimlarning o’z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdorligini aks ettiradi.
Rentabellikda mutloq ko’rsatkich - bu foydadir. Foyda - bu realizasiya qilish natijasida olingan sof daromadning qismi bo’lib, u mahsulot sotishdan keladigan mablag’dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to’la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng bo’ladi:
F = PT-TT
Foyda – bu faqat ishlab chiqarish jarayonida tashkil topgan natija hisoblanib qolmasdan, balki mahsulotlarni sotish jarayonida erishilgan oxirgi iqtisodiy ko’rsatkichdir. Eng avvalo unda jonli mehnat xarajatlari ifodalanadi, chunki uning asosida yalpi daromad yotadi, xodimlarning jonli mehnati bilan yangi mahsulot yaratiladi. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, yangidan yaratilgan qiymatdagi ish haqi salmog’i shuncha oz bo’ladi, uning bir qismi foydani tashkil qilishga ketadi. Foydada, shuningdek buyumlashgan mehnat xarajatlarining samaradorligi aks etadi. Mahsulot birligi hisobiga to’g’ri kelgan moddiy xarajatlar va ish haqi xarajatlarining kamayishi, baho o’zgarmaganda foydani ko’paytiradi va nihoyat bu ko’rsatkichda mahsulot sifati namoyon bo’ladi. Foyda bir qator muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi:
1. O’lchash vazifasi - foydadan ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi.
2. Taqsimlash vazifasi - qo’shimcha mahsulotni taqsimlash vositasi sifatida.
3. Rag’batlantirish vazifasi - iqtisodiy rag’batlantirish fondini shakllantirish manbai sifatida.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi omillari ekstensiv va intensiv xarakterga ega. Ekstensiv omillar – bu rentabellikka sotilayotgan mahsulotning miqdoridagi o’zgarishlar orqali ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Intensiv omillar – sotish baholarining o’sishi va mahsulot tannarxining pasayishi orqali ta’sir ko’rsatadigan omillardir.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabellik ko’rsatkichlari yillar bo’yicha oz yoki ko’p miqdorda tebranib turadi, bu ham bo’lsa, mahsulot tannnarxi va bahoning o’zgarishi oqibatidadir. Shuning uchun rentabellik dinamikasi tendensiyasini tahlil etganda, shuningdek u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish qulayligini iqtisodiy asoslash paytida bir necha yillardagi rentabellikning o’rtachasidan foydalaniladi. O’rtacha ko’p yillik baholar ko’rsatkichida sotilgan mahsulotning miqdori va sifati to’g’risida o’rtacha ma’lumotlar aks etadi, mahsulot birligining o’rtacha ko’p yillik tannarxida esa iqlim sharoiti va ishlab chiqarish sharoitlaridagi o’zgarishlar ta’siri aks etadi. Bir va bir turdagi mahsulotlarning qator yillardagi o’rtacha rentabellik ko’rsatkichlarini taqqoslash shu turdagi mahsulot ishlab chiqarish retabelligining o’zgarishidagi barqaror tendensiyalar haqida obyektiv ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi; turli xildagi mahsulotlar o’rtacha rentabellik ko’rsatkichlarini taqkoslash esa, qaysi turdagi mahsulot qulayroq, daromadliroq ekanligi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, bir tomondan, mahsulot sotishdan kelgan pul tushumini ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlashga, boshqa tomondan–mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishni talab etadi.

Payariq tumanida paxtachilik samaradorlik ko’rsatkichlari tahlil etildi.





Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling