3.2. Paxtachilikda asosiy jarayonlarni tashkil etish.
Paxta yerlarini shudgorlashni tashkil etish. Paxtachilikni samarali tashkil etishda, shudgorlash jara¸nini to’gri rejalashtirib texnologik xarita orqali amalga oshirish katta axamiyatga egadir. Shudgorlash kuz va baxor paytlarida o’tkazilib, kuzgi shudgorlash baxorgiga nisbatan ko’pgina afzalliklarga egadir. Kuzgi shudgorlash baxorda xaydalganga nisbatan, gektariga 3-5 sentner ortiqcha xosil beradi, xosilning 85-90% sovuq tushguncha terib olinadi.
Kuzgi shudgorlashning eng qulay muddatini texnologik xaritada, oktyabr oyining o’rtalaridan noyabr oyining oxirlarigacha rejalashtirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shudgorlash oldidan o’gitlardan foydalanish rejalashtirilishi shart, fosforli o’gitlar yillik me’¸rning - 60-70%, kaliyli o’gitlarni - 50% rejalashtirilishi samaralidir. Organiq o’gitlar RTO-4, mineral o’gitlar esa RTT-4,2 seyalkalarida sepiladi.
Agar xo’jaliklar chigitni pushtaga ekib, o’stirmokchi bo’lsalar, sifatli shudgor o’tkazilgach, yer tekislanib, 90 ¸ki 60 sm. kenglikda pushtalar olinadi, 90 sm. lik kenglikda olingan pushtaning balandligi - 25-30 sm., 60 sm.lik kenglikda esa - 16-18 sm. balandlikda pushta olish rejalashtiriladi.
Shudgorlangan dalalarda paydo bo’ladigan notekisliklarini bartaraf etish uchun P-2,8 A, PPA-3,1 markali keng kamrovli tekislagichlar, GN-4, GN-2,8 osma greyderli tekislagichlar, BDT-2,2 ¸ki BDT -2,5 markali ogir diskali tirkama borona va boshqa asbob-uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi. Tekislashni ikkinchi muddatida - baxordan ko’ra, ko’zda o’tkazilgani samarali xisoblanadi.
Tuproqni ekishga tay¸rlashni tashkil etish. Tuproqni ekishga tay¸rlash paxta xosildorligini oshirishdagi asosiy omillardan biri bo’lganligi uchun bu tadbir baxordan boshlanadi. Tuproqni ekishga tay¸rlash quyidagilarni rejalashtirishni o’z ichiga oladi:
sho’rlanmagan, begona o’tlardan toza, shudgorning yaxshi xususiyatlari saqlanib qolgan maydonlarda borona va mola birgalikda ishlatilib, chigit ekiladi;
dala begona o’tlar bilan ifloslangan bo’lsa, 6-8 sm chuqurlikda kultivasiya ¸ki 10-12 sm chuqurlikda chizel yuritilib, keyin borona-mola qilib ekiladi;
zaxira suvi berilgan ¸ki sifatsiz shudgorlangan maydonlarda 16-18 sm. chuqurlikda borona-mola yuritilib ekiladi;
sho’ri yuvilgan maydonlarda, tuproqning yetilish chuqurligigacha chizel qilinib, keyin borona-mola qilib ekiladi. Mexaniq tarkibi ogir bo’lgan tuproqlarda chizellashni 1-2 marta takrorlash mumkin;
agar dala begona o’tlar bilan kuchli ifloslangan bo’lsa, agdargichi olib tashlangan plug bilan 16-18 sm chuqurlikda xaydalib, keyin borona-mola yuritilib ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |