1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Murtazayev O., Ahrorov F.B. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti. –T.: Ilm-ziyo, 2017


Download 116.14 Kb.
bet4/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

6. Murtazayev O., Ahrorov F.B. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti. –T.: Ilm-ziyo, 2017.
Mazkur adabiyotning qishloq xo’jalik iqtisodiyotini umumiy holda tavsiflab berish bilan birgalikda qishloq xo’jaligidagi ayrim sohalar haqida muhim ma’lumotlar berilgan. Darslikning 18-bobi “Paxtachilikning samaradorligini oshirish imkoniyatlari” deb ataladi.
7. Murtazayev O., G’aniyev I., Ahrorov F., Hasanov Sh., Murtazayev A.O. Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish. –T.: Navro’z, 2013. -180 b.
Monografiyada paxtachilik agrosanoat majmuasini rivojlantirishning ob’yektiv zaruriyati asoslangan va samaradorligining nazariy va huquqiy asoslari rivojlantirilgan. Shuningdek, majmuaning samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan va uni hisoblash tartibiga o’zgartirishlar kiritilgan.
Paxtachilik xo’jaliklarida, paxta tozalash zavodlarida, yog’-moy va to’qimachilik kombinatlarida pirovard hamda intensive rivojlantirish natijalarini hisobga olib, ularning samaradorligini ta’minlaydigan optimal hajmda rivojlantirishning iqtisodiy-matematik modeli ishlab chiqilgan. Undan boshqa agrosanoat tarmoqlarining samaradorligini oshirishni tahlil etishda foydalanish mumkin.


2.Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili
2.1.Yer resurslari va ulardan foydalanishning holati.
Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy resurslar -qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning potensialini tashkil etadi.
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p martalab e’tirof etilgan. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar turadigan oddiy baza, qishloq xo’jaligida yesa asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Ya’ni kishilar yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo’naltiriladigan ob’yekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir.
BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning ma’lumotlariga ko’ra yer yuzining muzliklardan holi bo’lgan qismining 25 foiziga ishlov berish imkoniyati mavjud. Ushbu tashkilotning mutaxassislarining hisoblariga ko’ra qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatish mumkin bo’lgan maydon 3,4 mlrd. gektarni tashkil etadi. Hozirda yer yuzida jami bshlib 1,57 mlrd. gektar yerga ishlov berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. gektar. Shundan 3-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan shug’ullaniladi. Qolgan qismidan namlikning juda kam bo’lganligi sababli foydalanilmaydi. Yuqoridagilardan xulosa shuki Respublikada mavjud yer maydonlaridan maksimal foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikasiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari belgilab qo’yilgan. “O’zbekiston Respublikasining yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:

  1. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-darxtlar va tokzorlar yegallagan yerlarga bo’linadi;

  2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

  4. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, realizasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanadigan yerlar;

  5. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

  6. o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyoji uchun berilgan yerlar;

  7. suv fondi yerlari – suv ob’yektlari, suv xo’jaligi inshoatlari yegallagan yerlar va suv ob’yektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

  8. zahira yerlar.

Payariq tumani fermer xo’jaliklarining yer resurslari tahlil etildi (2.1.1-jadval).



Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling