1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Download 116.14 Kb.
bet5/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

2.1.1-jadval
Payariq tumani fermer xo’jaliklarining yer resurslari tahlili (2017 y.)*



Yer kategoriyalari

Maydoni, ga

Jami yer maydoniga nisbatan salmog’i, %




Umumiy yer maydoni

59154,8

100,00

1.

Ekin yeri

47693,4

80,62

-

Suvli

31274,6

52,87

-

Lalmi

16418,8

27,76

2.

Ko’p yillik daraxtzorlar

3748,3

6,34

-

Bog’lar

888,9

1,50

-

Tokzor

2444,7

4,13

-

Tutzor

480,5

0,81

-

boshqa ko’p yillik o’simliklar

0,4

0,001

3.

Bo’z yerlar

264,2

0,45

4

yaylov yerlar

3798,0

6,42

5.

jami qishloq xo’jalik yerlari

46652,1

78,86

6.

Meliorativ yerlar

98,5

0,17

7.

O’rmonzorlar

198,9

0,34

8.

suv osti yerlar

1193,6

2,02

9.

Yo’l osti yerlar

386,1

0,65

*Manba: Payariq tuman fermer xo’jaliklari ma’lumotlari.
2.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklarining jami yer maydoni 2017 yilda 59154,8 ga bo’lib, ekin yerlari maydoni 47693,4 ga yoki 80,62%ni, shundan suvli ekin maydonlari 31274,6 ga yoki umumiy yer maydonining 52,87%ini, lalmi ekin yerlari 16418,8 ga yoki jami yer maydoniga nisbatan 27,76%ni tashkil etadi. Tumanda ko’p yillik daraxtzorlar 3748,3 ga yoki 6,34%ni, bo’z yerlar 264,2 ga yoki 0,45%ni, yaylov yerlari 3798,0 ga yoki 6,42%ni, jami qishloq xo’jalik yerlari 46652,1 ga yoki 78,86%ni tashkil etgan.
Hozirgi kunda fermer xo’jaliklarida yer resurslari optimallashtirilgan holda kengaytirilib bormoqda. Buning isbotini tadqiqotimiz ob’yekti bo’lgan Payariq tumani fermer xo’jaliklari misolida ko’rib chiqamiz.
Tuman fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jaligida paxta, g’alla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum, moyli ekinlar, ozuqa ekinlari, shuningdek, qoramolchilik, quy-echkichilik, baliqchilik, pillachilik, asalarichilik va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanishadi.


2.2. Mehnat resurslari va ulardan tuman fermer xo’jaliklarida foydalanishning holati.

Qishloq xo’jaligidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolarni mehnat resurslari deb ataladi. Ularning huquqiy asoslari tarkibi hamda faoliyati Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Mehnat kodeksi»da (04.1996y), «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi (05.1998y) qonunda batafsil ko’rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo’lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan o’smirlar va nafaqaxo’rlar ham mehnat resursi sanaladi. Ularning tarkibida iqtisodiy faol mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni 16-55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar tashkil yetadi. Ular mehnat resurslarining asosini tashkil etadi.


Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda qatnashib, ko’proq, sifatliroq mahsulotlarni talabni qondiradigan miqdorda yetishtirishga, ish va xizmatlarni bajarishga harakat qiladi. Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
a) Mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffisiyenti. Uni aniqlash uchun ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini (kishi) xo’jalikda shartnoma (buyruq) bo’yicha mavjud bo’lgan mehnat resurslari miqdoriga taqsimlanadi.
Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani yaxshi. Shunda u mavjud mehnat resurslaridan foydalanish yuqori bo’lganligidan dalolat beradi.
b) Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning miqdorini xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat resurslarining umumiy miqdoriga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin.:
v) Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koyeffisiyenti ham aniqlanadi. U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soatini) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi.
g) Mehnatning mavsumiylik koyeffisiyenti. Uning miqdorini bir yil, bir oy mobaynida eng ko’p ish kunini shu davrdagi eng kam ish kuni miqdoriga taqsimlash natijasida hisoblash mumkin.
Uning miqdori ham 1-1,2 atrofida bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda uning miqdori 2-2,3 ga teng bo’lmoqda. Bu mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida bir me’yorda qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni yumshatish zarur. Buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har bir korxona o’zi ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi mumkin.
d) Mehnatning unumdorligi darajasi. Uning mutlaq (absolyut) darajasini aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami ish vaqti miqdorini shu davrda ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga, qiymatiga hamda bajarilgan ish hajmiga taqsimlash zarur. Bu mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog’liq. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 54 yoshgacha, shuningdek qishloq joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida mehnat resurslari tarkibiga
1. Doimiy;
2. Mavsumiy;
3. Vaqtinchalik ishchilar, shuningdek, shtatda turuvchi;
4. O’smirlar;
5. Nafaqaxo’rlar kiradilar.
Shu jumladan:
1. Doimiy ishchilarga - muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
2. Mavsumiy ishchilar - 6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
3. Vaqtinchalik ishchilarga - 2 oygacha muddatga qabul qilin-ganlar kiritiladi.
Payariq tumani joylashuv jihatidan qulay iqtisodiy-jo’g’rofiy hududda joylashganligi sabab, doimiy o’sib boruvchi mehnat resurslari manbalariga ega.
Payariq tumani qishloq xo’jaligining mehnat resurslari bilan ta’minlanish ko’rsatilib o’tildi (2.2.1-jadval).

Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling