3. Jo’rayev F. Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. –T.: Istiklol, 2004.
Ushbu adabiyotda qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish munosabatlarini bozor tizimi asosida shakllantirishning dolzarb masalalari, turli xil mulk shaklidagi korxonalarni tashkiliy xo’jalik asoslari, xususan fermer xo’jaliklarini yangi konsepsiyasi asosida shakllantirish va rivojlantirish, ishlab chiqarishni tashkil etishda ijara munosabatlari va oila pudratining o’rni, mehnatga haq to’lashning yangi tizimi, xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, xo’jalik yuritish tizimi va ichki xo’jalik hisobini joriy etish, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini tashkiliy-iqtisodiy asoslari, biznes rejalashtirishni takomillashtirish va shunga o’xshash dolzarb muammolarni o’rganishning nazariy va amaliy asoslari aks ettirilgan.
4. Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: Moliya, 2005.
Mazkur darslikning 15 bobi «Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning umumiy masalalari» deb nomlanib, unda samara haqida jumladan shunday deyiladi:
«Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi haqida masala ko’rilganda, «Samara» va «Samaradorlik» - tushunchalarining bir xil emasligini ko’zda tutish kerak. «Samara» termini qandaydir jarayonning natijasini bildiradi. Umumiy ko’rinishda har qanday ishlab chiqarishning samarasi shaklida uning vazifasi – ishlab chiqarishning maqsadini amalga oshiruvchi pirovard mahsulot yuzaga chiqadi. Bir tomondan, u o’z tarkibiga ma’lum davrdagi harakatdagi ishlab chiqarish resurslarining moddiy natijasi yig’indisini oladi, boshqa tomondan – ishlab chiqarishning pirovard maqsadi faqat bevosita ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning hajmida mujassamlashgan bo’ladi».
5. Murtazayev O. Paxtachilik agrosanoat majmuasi samaradorligini oshirish muammolari. Monografiya. –T.: FAN, 2005.
Mazkur monografiyada paxtachilik agrosanoat majmuasi o’rganilib chiqilgan va paxtachilik majmuasini ilmiy, uslubiy va amaliy asoslari asoslab berilgan. Monografiyada boshqa ilmiy ishlardan farqli ravishda paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilardan tortib uni tashish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq agrosanoat integrasiyasi yaxlit holatda o’rganilib daromadlar qayerda ortib qanrda kamayib ketganligi ilmiy asoslar bilan o’rganilib, tahlil qilingan hamda ishlab chiqarishga katta foyda keltiradigan xulosalar va takliflar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |