1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili
Download 116.14 Kb.
|
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Paxta yetishtirishni tashkil etish. 3.1.Paxta yetishtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati.
- 3.1.1-jadval Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2010-2017 yy.)*
2.3.1-jadval
Payariq tumani fermer xujaliklarida asosiy fondlar qiymatining o’zgarishi(mln so’m)*
*Manba: Payariq tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani xo’jaliklari 2017 yilda 25958,5 mln so’mlik asosiy vositalarga ega bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatkich2015 yilda 22617,3 mln so’m bo’lib va 3341,2 mln so’mga oshgan. Tahlil etilgandavrda qiymati jihatidan eng ko’p o’sish 904,2 mln so’m va salmog’i jihatidan eng ko’p o’zgarish 1,6 punkt transport vositalarida kuzatildi. 3.Paxta yetishtirishni tashkil etish. 3.1.Paxta yetishtirishning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati. Yer yuzida 80 ga yaqin, O’zbekistonda esa –40 ga yaqin texnik ekinlar ekiladi. Ularning ichida g’o’za asosiy ekin hisoblanadi. G’o’za yetishtirishdan paxta xom-ash’yosi va g’o’zapoya olinadi. Paxta xom-ash’yosini birlamchi qayta ishlash jarayonida paxta tolasi va chigit olinadi. Odatda, paxta tolasi chiqishi 30-35, urug’i esa – 60-65 foizni tashkil etadi. Bir tonna paxta xom-ash’yosini qayta ishlashda 3000 m.kub.ga yaqin gazlama, 100-110 kg yog’, 200-250 kg kunjara, 50-60 kg. sheluxa, 10 kg. xo’jalik sovuni va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari paxta xom-ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoatida – chigit 90 foizni tashkil etadi. Paxta xom-ash’yosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va boshqa ko’pgina buyumlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog’, margarin, sovun, gliserin va boshqa mahsulotlar, chigit qoldig’idan esa kunjara, sheluxa olinadi. Paxta tozalash va yog’ zavodlari chiqindilaridan izolyasiya materiallari, sellyuloza, spirt, linoleum, lok, har xil buyoqlar, kino plyonkasi va boshqa ko’pgina tovarlar tayyorlanadi. G’o’za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi olinadi. G’o’zapoyadan dag’al qog’oz, karton, faner, oshlash va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi, undan gidroliz sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar g’o’za gullaridan mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin. Asalarichilikni tashkil etish hisobiga g’o’zaning changlanish sifati tubdan yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 sentnerga oshadi. Bir tonna paxta xom – ash’yosini qayta ishlashdan olingan asosiy tovar mahsulotlar (gazlama, yog’, kunjara, sheluxa, momiq)ni sotishdan 2012 yil o’rta baholarida hisoblaganda 7650 ming so’mlik pul tushumi tushadi. Agar gazlamadan tayyor kiyimlar tayyorlanib sotilsa pul tushumi 4-5 marta ko’payadi. Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O’zbekistonning xalqaro valyuta fondi ko’payadi, natijada uning yangi texnologiya va texnikani sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, hamda iqtisodiy taraqqiyoti tezlashadi va h.k. O’zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori samaradorligidan foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (3.1.1-jadval). 3.1.1-jadval Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2010-2017 yy.)*
* *Manba: Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlari O’zbekistonning mustaqil mamlakat bo’lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi. 2000 yilda respublika 3030 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 17,9% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,2% ga pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo’l qo’yilishi obyektiv va subyektiv sabablardir. O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit yaratadi. Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) Respublikada g’o’zaning quyidagi navlari: Andijon -37,21.UZ.2012 y., An-16, 9.UZ.2011 y., Besh qaxramon, 9.UZ.2011 y., Gulbaxor-2, 9.UZ.2012 y., Do’stlik-2, 2.15.UZ.2011 y., Ko’paysin, 9.UZ. 2012 y., Navbaxor-2, 9.UZ.2013 y., Ibrat, 3. UZ.2011 y., S-6775, 2.UZ.2013 y., S-8284, 2.UZ. 2014 y., Sulton, 2.UZ.2011 y. Rayonlashtirilgan. Download 116.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling