1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi


Download 116.14 Kb.
bet2/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

1.Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. PF-4947-son, 2017 yil 7 fevral.
Ushbu farmonda 2017 — 2021 yillarda Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirishda:

  • tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

  • paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

  • fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish ko’zda tutilgan.

2. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017.
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan. Tabiiy savol tug‘iladi: agar fermer davlat oldida o‘z majburiyatini bajargan bo‘lsa, nega davlat va uning ba’zi bir rahbar xodimlari bu masalaga befarq va bee’tibor munosabatda bo‘lmoqda? Kim bunga mas’ul? Kim shaxsan javob berishi zarur va shart?
to‘rtinchi – oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.
Ushbu tarmoqlarni modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, paxta xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha markazlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar o‘ta qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish hajmi keskin pasaygan. Ana shu rahbarlarga nisbatan vaqt va ishonch zaxirasi tez vaqt ichida nihoyasiga yetadi. Ular bundan xulosa chiqarishi zarur.
Aniq faktlarni keltiraman. Eksport tarkibida ip-kalavaning ulushi yuqoriligicha – 53 foiz darajasida qolmoqda. Aholining poyabzalga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi 41 foizni tashkil etadi. Uzum yetishtiradigan, vino va aroq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab korxonalar samarasiz ishlayapti.

Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling