1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Chigitni ekishga tayyorlash va ekishni tashkil etish


Download 116.14 Kb.
bet9/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

Chigitni ekishga tayyorlash va ekishni tashkil etish. Chigitni ekishga tay¸rlash tadbiri paxtachilik tizimida aloxida axamiyatga ega. Chunki soglom, bir tekis ko’chat olish, chigitni ekishga tay¸rlash jara¸ni bilan bogliqdir. Avvalo yuqorida qayd etilganidek ekiladigan chigitlar I-II-III klass talablariga javob berishi shart. Uruglik chigitlar dastavval kasalliklarga karshi paxta zavodlarida markazlashtirilgan xolda kim¸viy moddalar bronotak (1 t chigitga, 6 kg) PAV- 61, PONAKTIN (1 t chigitga, 4 kg) bilan dorilansa, xo’jaliklarda 40% li formalin bilan xam (90 litr suvga, 1 kg formalin) dorilab ekish rejalashtiriladi. Xo’jaliklarda tukli va tuksiz chigitlar ekiladi. Tajribada tuproqning 10 sm chuqurlikdagi o’rtacha sutkalik xarorati 13-15°S bo’lganda ekish boshlanadi.
Xar gektar maydonga sarflanadigan chigit tuksizlantirilganida 25-30 kg, tukli chigitda - 60 kg. dan rejalashtiriladi.
Ekish STX-4, SXU-4, seyalkalarida o’tkaziladi. Chigitni ekishdan oldin dalaga bir yillik begona o’tlarga karshi gektariga 4-6 l nitron (treflan), ekish bilan birga 1,0-1,2 kg kotoran, 2,0-2,5 kg prometrin, 1,0-1,3 kg, kotofar preparatlarini PGS-2,4: PXG-4 moslamalari ¸rdamida qayta ishlash rejalashtiriladi.
Chigitni undirib olish va yagonalashni tashkil etish. Chigiti to’liq undirib olingan maydonlarda tezlik bilan yagonalash tashkil etiladi. Yagonalashdan maqsad bo’lgusi xosilga (ortiqcha nixollarni yo’qotish natijasida) xosil qo’shishdir. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, 100 ming tup xisobiga ortiqcha koldirilgan nixollar yerdan 6-10 kg azot, 1-2 kg fosfor va 4-6 kg kaliy moddasini ortiqcha olib ketar ekan.
Yagonalashda xar bir gektar maydonda, uning xususiyatlari e’tiborga olingan xolda quyidagicha miqdorda tup - nixol qoldirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • bo’z tuproqli mintaqalarning o’tloq tuproqlarida gektariga - 110-120 ming tupgacha nixol;

  • sizot suvlari chuqur joylashgan serunum bo’z tuproqli, shuningdek shO’rlangan yerlarda - 120-130 ming tupgacha;

  • o’rta unumdorlikdagi tuproqlarda - 130-140 ming tupgacha;

  • xosildorligi past, shagal, qayroqli qatlami yuza joylashgan, qumoq tuproqli yerlarda - 140-150 ming tupgacha.

Texnologik xaritada, 1 metrga 6-8 tup nixol qoldirish, yagonalash qo’lda va 5-15 may oylarida o’tkazilishi rejalashtiriladi.

Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling