1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili


Download 116.14 Kb.
bet12/16
Sana30.04.2023
Hajmi116.14 Kb.
#1415535
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq

4.1.1-jadval
Payariq tumani fermer xo’jaliklarida paxta hosildorligining hozirgi holati*



Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Yillar

2017 yilda 2015 yilga nisbatan o’zgarishi

2015

2016

2017

+/-

%

1

Ekin maydoni

ga

15229

14854

14609

-620

95,9

2

Hosildorlik

ts

23,6

23,4

23,2

-0,4

98,3

3

Yalpi hosil

tonna

35883

34746

33945

-1938

94,6

*Manba: Payariq tumani fermer xo’jaliklari hisobot ma’lumotlari


4.2. Tannarx va paxtachilikda uni pasaytirish yo’llari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligi tannarxini pasaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, mustaqil rivojlanish yillarida barcha turdagi korxonalarda 1 s. paxta xom ashyosi tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bunday jarayon paxtachilikda ishlatiladigan traktorlar va boshqa asosiy vositalarga, energetik resurslarga, mineral o’g’itlarga va boshqa aylanma vositalarga ko’tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat haqi fondi, undan ajratmalar va soliqlar hisobiga sodir bo’lmoqda.
Paxtachilik sermehnat, binobarin, mehnat haqi ko’p sarflanadigan tarmoq. Tarmoqda 60 dan ko’proq jarayon bajariladi. Jami kishi/soatida sarflangan mehnatning 90% dan ko’prog’i qo’l vositalari bilan bajarilgan vaqtga to’g’ri keladi. Bu vaqtga mashinalar yordamida bajarilgan vaqtga nisbatan 1,5-2 marta ko’p mehnat haqi tulanadi. Ammo, kam unumli qo’l mehnatining ko’payishi hisobiga uning unumdorligi pasayadi, natijada mahsulot birligi tannarxi ko’tariladi.
Paxta xom ash’yosi tannarxini pasaytirish muhim vazifa bo’lib, bu vazifani hal qilishda mavjud yer-suv, mehnat va moddiy resurslarni, ya’ni resurslar salohiyatini to’g’ri sarflash, ularni belgilangan me’yorlariga kat’iy rioya qilish, tejamkorlikni amalda keng kullash muximdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jaliklar mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxi kalkulyasiyasini to’g’ri tashkil qilishning ahamiyati ham juda kattadir.
Mahsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining muxim omili va ko’rsatkichi hisoblanadi. Har qanday mahsulot birligining tannarxi ikki miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog’liq bo’ladi. Tannarx quyidagi hollarda pasayishi mumkin:
1.Agar mahsulot o’zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa.
2.Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa.
3.Agar yalpi mahsulotining usish sur’ati xarajatlar usish sur’atidan yukori bo’lsa.
Ma’lumki, paxta xom-ashyosini kupaytirish intesiv va ekstensiv yullardan foydalanish darajasiga boshlik.
Paxta xom-ashyosi tannarxini moddiy-pul resurslaridan okilona foydalanish hisobiga xam pasaytirish lozim. Shu maqsadda ularning tashkil topish xususiyatlarini tahlil qilamiz.
1 s. mahsulot tannarxining tahlili bilan bir qatorda uning tarkibiy tuzilishini ham tahlil etish zarur, ya’ni tannarx tarkibidagi har bir modda bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish kerak, shunday qilinsa, tannarxni arzonlashtirish imkoniyatlarini ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun sharoit yaratiladi.
Paxtachilikda moddiy xarajatlarni tarkibi 2015-2017 yillarda turlicha bo’lgan (4.2.1-jadval).

Download 116.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling