1. Mavzu bo’yicha o’rganilgan adabiyotlarga sharhi. Qishloq xo’jaligida resurs salohiyati tahlili
Go’za defoliasiyasi va xosilni yigishtirishni tashkil etish
Download 116.14 Kb.
|
Paxta yetishtirishni tashkil etish va rivojlantirish Payariq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Tuman fermer xo’jaliklarida paxtachilikni xozirgi xolati.( ekin maydon, hosildorlik, yalpi hosil, tannarx, sotish bahosi, daromad, foyda, rentabellik)
- 3.3.1-jadval Payariq tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili (2015-2017 yy.)*
- 3.3.2-jadval Payariq tumani fermer xo’jaliklari paxtachilik tarmog’i asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili (2015-2017 yy.)*
- 4.Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari. 4.1.Hosildorlik va uni oshirish imkoniyatlari.
Go’za defoliasiyasi va xosilni yigishtirishni tashkil etish. Go’za defoliasiyasini o’tkazishdan maqsad xosilni yetilishini tezlashtirish va uni qisqa muddatlarda mashinada terib olishni tashkil etishdir.
Defoliasiyaning samarali bo’lish omillaridan eng muximi, uni o’tkazishning eng maqbul muddatini belgilashdir. Ko’p yillik ma’lumotlarga karaganda uzun tolali go’za navlarining tuplarida mavjud ko’saqlarning 35-40%, o’rta tolali navlarda esa kamida 50% ochilganida defoliasiya qilish rejalashtiriladi. Texnologik xarita tuzganda defoliasiyani 1,4-T.K traktori va OVX-28 moslamasi ¸rdamida 5.IX-25.IX gacha o’tkazish rejalashtiriladi. O’rta tolali go’zalardan paxta mashinalar bilan 2 marta: dastlab, go’za tuplaridagi xosilning 50-60 % ochilganida, ikkinchi marta esa 20-30%, ochilganda terib olinadi. Ingichka tolali go’zalarda kusaqlarning kamida 50-60% ochilganda terish boshlanib, 10-12 kun o’tgandan keyin yana bir marta terib olinadi. Texnologik xarita tuzganda birinchi paxta terimi mashinada, xosilning 55-60 %- i ochilganida 1,4- T.K. traktori va 14XV-2,4 moslama ¸rdamida 15.IX-29.IX gacha rejalashtiriladi. 3.3. Tuman fermer xo’jaliklarida paxtachilikni xozirgi xolati.( ekin maydon, hosildorlik, yalpi hosil, tannarx, sotish bahosi, daromad, foyda, rentabellik) Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Payariq tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil etildi (3.3.1-jadval). 3.3.1-jadval Payariq tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili (2015-2017 yy.)*
*Manba: Payariq tumaniqishloq va suv xo’jaligi bo’limi 2014-2016yillar ma’lumotlari 3.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklarida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’sish kuzatilgan. Tuman qishloq xo’jaligi 2017 yilda 601591,9 mln so’m daromad olgan bo’lib, bu 2015 yilga nisbatan 31235,3 mln so’mga yoki 5,5 %ga oshgan. Jami xarajatlarda ham bu davrda 25983,8 mln so’m yoki 5,3 %ga oshgan. Mos ravishda yalpi foydada ham o’sish kuzatildi: bu ko’rsatkich 2017 yilda 83558,2 mln so’m bo’lgan bo’lsa, 2015 yilga nisbatan 5251,4 mln so’mga yoki 6,7 %ga oshgan. Asosiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorida 2015-2017 yillarda paxtachilikda – 5,4%, . g’allachilikda – 14,2 %ga kam mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, sabzavotchilikda – 16,7% ko’payish kuzatildi. Rentabellik darajasi 2015 yilda 15,9% o’lgani holda, 2017 yil 16,1%ni tashkil etgan va tadqiq etilgan davrda 0,2 punktga oshgan. Paxtachilik Payariq tumani qishloq xo’jalik faoliyatining muhim tarmog’i hisoblanadi (3.3.2-jadval). 3.3.2-jadval Payariq tumani fermer xo’jaliklari paxtachilik tarmog’i asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili (2015-2017 yy.)*
Manba: Payariq tumani qishloq va suv xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 3.3.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, paxtachilik Payariq tumani qishloq xo’jaligida yetakchi sohalardan biri bo’lib, o’rganilgan 2015-2017 yillarda tuman fermer xo’jaliklari 15229,0- 14609 ga yer maydonida paxta xom ashyosi ishlab chiqarishgan. Hosildorlik 2015-yilda 23,6 s/ga va 2016-yilda 23,2 s/ga ni tashkil etgan. Yetishtirilgan yalpi hosil 2017 yilda 2015 yilga nisbatan hosildorlik yer maydonining kamayishi hisobiga 1938 tonna yoki 3,4 %ga kamaygan. Yalpi hosilning kamayishi daromadning va foydaning kamayishiga sabab bo’lgan. 2015 yilda ular mos ravishda 34607,3 mln so’m va 1730,4 mln so’m bo’lsa, 2017 yilda 61946 mln so’m va 2496 mln so’mni tashkil etgan. Fermer xo’jaliklarida 1 ga yerga qilingan sarflar 88,5 % ga oshishi, daromad va foydaga nisbatan ko’proq qiymatni ko’rsatadi. Natijada paxta xom ashyosi sotish rentabelligi 2017 yilda 4,2 % bo’lib, 2015 yilga nisbatan 1,1 punktga kamaygan. 4.Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari. 4.1.Hosildorlik va uni oshirish imkoniyatlari. Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloq xo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari maydonlari hajmining miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan intensiv foydalanish samaradorligining qo’shimcha ko’rsatkichlari ana shu yerlardan olingan natura va qiymat shaklidagi yalpi va tovar mahsulotlari hisoblanadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari alohida olingan xo’jaliklarda yoki bir xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda joylashgan va bir xil ixtisoslashgan xo’jaliklarda alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini baholashda foydalanilinadi. Yer qaytimi va yer sig’imining natural ko’rsatkichlari 1 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yer hisobiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotini xarakterlaydi va aksincha: Bunda har bir tur qishloq xo’jaligi mahsuloti uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga mos keladi. Yer qaytimining natural ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 1 ga yerdan olingan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi; 100ga haydaladigan yer hisobiga to’g’ri kelgan, sentner: g’alla, paxta, kartoshka, sabzavot va boshqalar. 100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarga yoki ozuqa ekinlari maydoni hisobiga ozuqa ishlab chiqarish, ozuqa birligi. 100 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisobiga ishlab chiqarish, sentner sut, go’sht (turli xil), jun, tuxum, g’alla, paxta va boshqalar. Dehqonchilik, chorvachilik yoki butun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, shuningdek boshqa turli ixtisoslashgan xo’jaliklarni taqqoslashda, yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash uchun yalpi va tovar mahsuloti qiymatini, shuningdek foydani qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga bo’lib hisoblaydigan, yer qaytimi va yer sig’imining qo’shimcha qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga, shuningdek dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi. Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda. Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi. Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yerga bo’lgan mulkchilik va zonalararo ilmiy asoslangan dehqonchilik sistemasidir. Biz quyida Payariq tumani fermer xo’jaliklarida paxta yetishtirishda hosildorlik darajasining hozirgi holatini tahlil qildik. Payariq tumani fermer xo’jaliklari paxtachiligida hosildorlik darajasi turlicha bo`lgan. Hosildorlik 2017 yilda gektariga 23,2 sentnerni tashkil etib, 2015 yilga misbatan 0,6 sentnerga kamaygan. Hosildorlikning va ekin maydonlarining qisqarishi natijasida yalpi hosil 1938 tonnaga kamaygan. Download 116.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling