1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet10/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Nazorat savollari:
1.Innovatsiyalarni asoslash bosqichlari qaysilar?
2.Innovatsion faoliyat turlari haqida fikrlaringiz?.
3.Innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq etishda nimalarga ahamiyat berish kerak?


Asosiy adabiyotlar:
1. Mavlonova R., N.H.Vohidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010 yil.
2. Xoshimov K., S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T:. O‘qituvchi. 2010 yil.
3. Mavlonova R.A., Voxidоva N.X. Ijtimoiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma. T.Noshir. 2009 yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Ta’lim to‘g’risidagi Qonun. 2020y 20 sentabr.
2.Mavlonova R. Raxmonqulova N.Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya. G’.G’ul0m nomidaginashriyot-manbaa ijodiy uyi.Toshkent-2013.
3.Mamajonova Z.M. Pedagogik mahorat.Toshkent “Ideal press” 2022y.
Axborot manbalari:
1. www. ziyonet.uz
2. www. lex.uz
3. www. bilim.uz


3-MAVZU: MAKTABNING INNOVATSION BOSHQARUV MODELI.


Reja:
1.Maktabni rivojlantirish dasturi.
2.Rivojlantirish muhitida maktab ishini tashkil etish.
3.Маktab xayotini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberallashtirish va boshqaruv madaniyati prinsiplari.
Tayanch tushunchalar: demokratlashtirish, liberallashtirish boshqaruv madaniyati, menejment, innovatsion boshqaruv, dastur, model, kreativ, empirik.


1.Maktabni rivojlantirish dasturi va xalqaro dasturlarning ahamiyati.
Mustaqil O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Ta’lim to‘grisidagi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 29 apreldagi PF5712-sonli“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi Farmoni kabi davlat dasturlari maktab ta’limini yanada rivojlantirihga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni zamonaviy bilim malaka ko‘nikmalar bialn qurollantirishda xorijiy davlarlar bilan hamkorlik to‘g’ri yo‘lga qo‘yilgan. Aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilinmoqda.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?

  • Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi

  • Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.

  • Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.

  • O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.

  • Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.

Xalqaro baholash dasturlari mavjud?

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling