Pazandachilik o‘quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari.
1.Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr asboblari va jihozlarining foydalanishga yaroqligini tekshirish.
2.Elektrjihozlarini tok manbaiga ulashda qo‘l quruq bo‘lishi shart.
3.Go‘sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish.
4.Pichoq boshqa kishiga sop tomoni bilan uzatiladi.
5.Kastryulka yoki qozonda suyuqlik qaynatishda uni to‘ldirib solish mumkin emas.
6.Qaynab turgan idishning qopqog‘ini narigi tomondan ochish.
7.Tovadagi qizigan yog‘ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solinadi.
8.Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sachratmasdan, ehtiyotkorlik bilan tashlash.
9.Issiq idish-tovoqlarni maxsus qo‘lqop yoki moslama bilan ushlash.
10.Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siriko‘chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik.
Pazandachilik xonasida sanitariya-gigiena qoidalari.
Ovqat pishirishda maxsus kiyimlar — oq xalat va oq qalpoq kiyish yoki oq ro‘mol o‘rab olish.
Ovqatni tayyorlashga kirishishdan, oldin qo‘llarni sovunlab yuvish, tirnoqlarni olish.
Ovqat tayyorlashda imkon qadar yangi, sifatli mahsulotdan foydalanish.
Go‘shtga, baliqqa birinchi ishlov berishda maxsus taxtakach va pichoqlardan foydalanish.
Ish o‘rnini tez-muntazam tozalash va ozoda saqlashga harakat qilish.
Pazandachilik o‘quv xonasidagi tartib-qoidalar.
O‘quvchilar xonaga qo‘ng‘iroqdan oldinroq kirishlari kerak, va bu yerdan o‘qituvchining ruxsati bilangina chiqiladi.
Navbatchi barvaqtroq kelib ish o‘rinlarini tayyorlaydi.
Dars boshlanishidan avval ish kiyimlari kiyiladi.
Hamma o‘quvchilar o‘zining belgilangan joyida o‘tirishi, o‘qituvchining ruxsatisiz hech kim o‘rnidan turib yurmasligi lozim.
Ish o‘rinlari tartibli va ozoda saqlanishi zarur.
Mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.
Xonadagi asboblar va moslamalarga e’tibor va ehtiyotkorlik bilan qarash lozim.
Mashg‘ulotdan keyin har kim o‘z mashg‘ulot o‘rnini tozalab, tartibga keltirishi shart.
( 2-ilova )
Do'stlaringiz bilan baham: |