1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Nizomulmulkning “Siyosatnoma” va Kaykovusning “Qobusnoma” asarlarida davlatchilik masalalari


Download 0.72 Mb.
bet24/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

20.Nizomulmulkning “Siyosatnoma” va Kaykovusning “Qobusnoma” asarlarida davlatchilik masalalari. Адолатли давлат бошқаруви, унинг мукаммал назарий асосларини яратиш борасида улкан илмий мерос қолдирган ўрта асрлар мутафаккири, давлат арбоби Низомулмулкнинг “Сиёсатнома” асари муҳим манба ҳисобланади. У амалдорларни ахлоқий фазилатларига қараб танлаш, адолат ва инсофни оёқ ости қиладиган кишиларни давлат ишларига аралаштирмасликни, давлатни бошқаришда кенгаш билан олиб бориш, фаолиятларни мунтазам назорат қилиш, итоат ижро ва сифатлари тўғрисидаги қарашлари билан аҳамиятлидир. Айниқса, Низомулмулкнинг - «Кўпчилик бўлиб қабул қилинган тадбир энг савобли бўлади ва шундай йўл тутиш керак» деган фикрлари аждодларимизнинг давлат қурилишининг адолатли тартиботларига катта эътибор берганлигидан далолатдир. Kaykovus tibbiyot, falakiyot va ruhoniy bilimlarni egallagan shaxs edi. Kaykovus o’z davrining qomusiy bilimlariga ega bo’lgan mutafakkirlardan biri edi. Undan bizga “Qobusnoma” asari meros bo’lib qolgandir. Kaykovus o’zining “Qobusnoma” asarida podshohlar adolatini quyoshga tenglahtiradi:quyosh hammaga, hamma yerga teng, barobar nur sochgani kabi podshoh ham hammaga barobar adolat nurini sochmog’ lozim deydi. Mazkur asarda davlatchilik masalariga bag’ishlangan podshohga xizmat qilish va podshoh oldiga qo’yilgan shartlar, vazir bo’lishning shartlari va odatlari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar bor.


21. Mustaqil Xorazmshohlar davlati. Ma'mun akadеmiyasi (995-1017y). Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda tohiriy, safforiy va somoniylar qo'l ostida bo'lgan. X asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan yana tez rivojlana boshlagan. X-XI asrlarda Xorazm mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. Xorazm savdogarlari chorvadorlar hamda Itil (Volga) bo'yidagi Xazar va Bulg'or podsholiklari, Sharqiy Yevropaning slavyan aholisi bilan savdo-sotiq olib borganlar. Savdo aloqalarini kengayishida Gurganch (Urganch) shahri muhim rol o'ynagan. Uning hokimi «Gurganch miri» nomi bilan ulug'langan. 995-yilda Gurganch miri Ma'mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg'ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo'ldi. Shu tariqa afrig'iylar sulolasi barham topib, Ma'muniylar hukmronligi boshlandi. Ko'hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma'muniylar Xo­razmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qal'a)larga ajratilib boshqarildi. Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma-devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar bilan shug'ullanadigan mahkamalar faoliyat ko'rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik-xo'jayi buzruk unvoniga ega bo'lgan. U devonxona ishlariga mas'ul bo'lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan. Ma'muniylar davrida Xorazmda ilm-fan va madaniyat ravnaq topib, Ma'mun akademiyasi-«Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi») tashkil etiladi. Ushbu ilmgohda buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar, o'z kashfiyot va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeyini yuksak darajaga ko'targanlar. Biroq, bu madaniy yuksalish uzoq davom etmagan. 1017-yilda Mahmud G'aznaviy tomonidan zabt etilib, o'z mustaqilligidan mahrum bo'lgan Xorazm ko'p vaqt o'tmay Saljuqiylar davlatiga qaram bo'lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o'z ma'murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so'ng Xo­razmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad noiblik qiladi. Garchi u «xorazmshoh» unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug'lansada, Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o'g'li Otsiz nomi bilan bog'liqdir. Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o'ziga bo'ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog'liq bo'lgan Sirdaryo etaklari va Mang'ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o'rta oqimiga qadar bo'lgan yerlarda Xo­razmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi. Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon va Takash davom ettiradilar. Xorazm davlati ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shabarlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To'g'rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo'ysundiradi. Takashdan so'ng uning o'g'li Alovuddin Muhammad ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Xo­razmshoh «Iskandari soniy» deb maqtalgan. Qoraxitoylar zulmidan qutulgan bo'lsada, mehnatkash aholining ahvoli yengillashmadi. Aksincha, xorazmshohlarning harbiy yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma'murlarning jabr-u zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy ahvolini g'oyat og'irlashtirdi, xalq xo'jaligini yanada zaiflashtirib norozilikka sabab bo’ldi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning ko'pgina tabaqalari noroziligi, qo'shin va saroyda fitnalarning avj olishi davlatning be-arorlik holatini yaqqol ko'rsatar edi. Shuning uchun ham bu davlat ko'p yashamadi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling