IJTIMOIY ONGNI SHAKLLANTIRUVCHI METODLAR
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlarga quyidagilar kiradi: tushuntirish, suhbat, hikoya, nasihat qilish, namuna. O'quvchi shaxsini g'oyaviy va axloqiy shakllantirishda o'qituvchining jonli so'zi asos. Bu metodlar o'quvchilarni madaniyatli, g'ururli qilib tarbiyalashga qaratilgan. Bu metodlar uchun mavzular - axloq, tarix, o'tmish ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, Vatanimiz boyliklari, adabiyoti, sarfati, zamondoshlarimiz qo' lga kiritayotgan yutuqlari, davlat ramzlari, xalqimiz urf-odatlari, arf analari kabilar haqida o'tkaziladi. Bu metodlar ishontirish usuUari deb ham ataladi. Bu metodlar o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash va ishonch-e'tiqodni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg'ulari va irodasiga har tomonlama ta" sir ko'rsatishga yo"naltirilgan. Bola shaxsining shakllanish jarayoni, asosan, kundalik turmush va faoliyatda hosil qilinadigan tajriba, kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarga bog'liq. Boshlang'ich maktabda ishontirishning tarbiyaviy jihatdan muhim va qimmatli boigan tushuntirib berish va ishontirish, hikoya va suhbat, sinfdan
tashqari o'qish, namuna ko'rsatib ishontirish singari shakl va usullaridan keng foydalaniladi.
/"" Tushuntirish va uqtirish. Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma'naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to'g'risida axborot berish asosida o'quvchilar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o'z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iboratdir. Ko'pincha, o'quvchilarning o'z burchlari to'g'risidagi bilimlari tasodifiy, yuzaki bo'ladi. Tushuntirishdan maqsad - biron-bir voqea, xatti-harakat, hodisaning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini ochishda, xulq-atvor va insoniy munosabatlarni to'g'ri baholay olishda o'quvchilargayordam berishdir.
Uqtirish biror axloqiy fazilatni o'quvchilar ongiga singdirish va ular tomonidan uqib olinishini ta'minlashga asoslanadi. Shuning uchun o'qituvchilar va tarbiyachilar o'quvchilarni tarbiyalaganda va ularga axloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko'rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim. "O'qigandan uqqan yaxshi" degan xalq maqoli bor. Uqib olingan axloqiy fazilat bolada mahkam singib qoladi. Uqtirishning natijali chiqishi, hammadan burun, tarbiyachining obro'siga bog'liqdir. Agar tarbiyalanuvchi o'z tarbiyachisini izzat-hurmat qilsa, unga ishonsa. uning o'git-nasihatlariga quloq solsa, uqtirish natijasi samarali bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |