1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Download 303.51 Kb. Pdf ko'rish
|
seminar 1
taraqqiyotga yetaklaydi». Shu nuqtai nazardan yondashganda ma’rifatning
ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni, uning mohiyatini belgilovchi omillarni aniqlash, ijtimoiy ma’naviy yuksalishda o’zaro uyg’unlikni ta’minlash jarayonlari bilan bog’liq muammolarning optimal yechimini topishga oid ilmiy-amaliy xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloq hech qachon diniy ma’rifatni inkor etmagan yoki dinni go’zal axloq ekanligini unutmagan. Shu boisdan ham axloq va din inson tafakkuri va hayot tarzining bir butun ijtimoiy-madaniy ifodasi sifatida qaror topgan. Shuning uchun ham bu ikki ijtimoiy-madaniy qadriyatlar uyg’unligi shaxs, millat va jamiyat hayotida o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ma’naviy uyg’unlik barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar o`zlariga nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Dunyoviy davlat va din munosabatlarini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kuchayayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi. Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning mazmuni aynan ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga etmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan. Download 303.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling