10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja


Download 34.55 Kb.
bet11/13
Sana19.02.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1215083
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-Maruza

Oriq bo‘lganda


37,2-41,0

0,5-0,8




1-kategoriyadagi novvoslar

50,0

2,3




2-kategoriyadagi novvoslar

48,0

0,8




1 va 2 kategoriyadagi buzoqlar

52,3

0,68




Oriq bo‘lgan buzoqlar

42,0

-

Go‘sht kombinatlarida va kushxonalarida so‘yilgan mollarning go‘shti sifatiga ko‘ra bahonaladi va savdo tashkilotlariga jo‘natiladi. Bunda barcha tur mol go‘shti GOST 779-55 yarim va chorak nimtali mol go‘shti, hamda GOST 16867-71 yarim nimtali buzoq go‘shti asosida baholanadi.


Go‘shtni sovutish. Ma’lumki, tez buziladigan yoki sifat jihatidan aynib qoladigan chorva mahsulotlariga nisbatan o‘z vaqtida talab etiladigan chora-tadbirlar ko‘rilmasa, ular tez buziladi va iste’mol qilishga yaroqsiz holda kelishi mumkin. Bunga asosiy sabab turli xil mikroorganizmlar bo‘lib, bunday mahsulotlar ular uchun nihoyat qulay muhit hisoblanadi.
Mikroorganizmlarni tez ko‘payib ketishi uchun havo harorati, namligi go‘sht to‘qimasidagi fermentlarni biokimyoviy o‘zgarishiga bog‘liq holda bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda chorva mahsulotlarini konservalash usulidan foydalaniladi.
Mashinalar yordamida sovutish – asosan bir necha turdagi gazlar (ammiak, karbonat angidrid, sulfat angidrid)ni siqib suyultirishdan iboratdir. Bu gazlarning qaynash harorati suvning muzlash haroratidan ancha past bo‘ladi. Suyultirilgan gaz qaynab bug‘lanishi uchun issiqlikni tashqi muhitdan oladi. Ammiak bilan ishlaydigan kompressor mashinalar ishlab chiqarishda ko‘proq qo‘llaniladi.
Hayvon so‘yilgandan so‘ng hali issiqlikni yo‘qotmagan va qotmagan go‘sht yangi go‘sht deb ataladi. Bir sutka davomida saqlangan va harorati tashqi muhit haroratiga teng bo‘lgan go‘sht sovugan go‘sht deb yuboriladi. 0 dan 4 °S gacha haroratda saqlangan go‘sht sovutilgan go‘sht deyiladi.
Sovuq iqlimli zonalarga go‘sht (ayniqsa qish kunlari) tabiiy sovuqdan foydalanilgan holda sovutiladi. Lekin, issiq iqlimli o‘lkalarda, jumladan bizning respublikada sovutish tadbirlari go‘shtni sovutish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralarda havo harorati 0-3 °S, havo namligi 75-85 % ga ega bo‘ladi.
Sovutilgan go‘shtning ustki qismi quruq parda bilan qoplanganligi uchun u saqlash uchun chidamli bo‘ladi. Turli xil hayvonlar go‘shtini sovutishda turlicha harorat va namlikdan foydalanish talablariga rioya qilish muhim texnologik tadbirlarga kiradi.
Qoramol tanalari 24-36 soat mobaynida, qo‘y va echkilarniki 12 soatda cho‘chqalar tanasi 24 soat davomida sovutiladi. Bunda havo nisbiy namligi 80-85% bo‘lishi talab etiladi. Sifatli sovutilgan go‘sht 1-2 °S haroratda 30 sutka davomida saqlanishi mumkin.

Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling