10-mavzu: go‘SHT VA go‘sht mahsulotlari texnologiyasi reja
Download 34.55 Kb.
|
4-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzlatil-gan go‘sht tabiiy va sun’iy usulda eritiladi.
- Dezinfeksiya.
Go‘shtni muzlatish. Muzlatish uchun barcha semizliklardagi go‘shtlarni yaroqli deb bo‘lmaydi. Masalan, oriq hayvon go‘shti muzlatishga yaramaydi. Bunday go‘shtlarni tezlik bilan qayta ishlashga, ixtisoslashtirilgan sex va korxonalarga jo‘natiladi. Go‘sht muzlatiladigan kameralarda minus 26 °S haroratda, havoning 90-92 % nisbiy namligida go‘sht 32-50 soatda muzlaydi.
Muzlatilgan go‘sht harorati minus 10-12 °S, havoning nisbiy namligi 95-98 % ni tashkil qiladigan kameralarga yuboriladi va saqlanadi. Kamerada sutkasiga bir marta havo almashtirilib turiladi. Saqlash jarayonida muzlatilgan go‘shtning rangi o‘zgaradi, ya’ni qora-qizil bo‘lib, xiralashib qoladi. 7-8 oy saqlangan go‘shtning ustidagi yog‘-to‘qima ko‘kimtir sarg‘ish, ba’zan ko‘kish, achchiq ta’mli va hidli bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar tufayli, barcha turdagi hayvon go‘shti uchun saqlash vaqti tavsiya etilgan. Jumladan, qoramollar va qo‘y go‘shti 10-12 oy, cho‘chqaniki 6-7 oy, parranda go‘shti 6-8 oygacha saqlanishi mumkin. Muzlatilgan go‘shtlar sovuq omborlarda saqlanganda ularning namligi turli miqdorda kamayadi. Bu miqdor 0,7-1,5 % ni tashkil etadi. Muzlatilgan go‘shtni muzdan tushirish (defrostatsiyalash). Muzlatil-gan go‘sht tabiiy va sun’iy usulda eritiladi. Sun’iy eritish – kameradagi havo rejimi (harorat, nisbiy namlik, havoning aylanishi) buzmasdan amalga oshiriladi. Tabiiy eritish – (issiqlik ta’sirida) deyarli bir maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bunga sabab, go‘shtning shirasi tananing va to‘qimalarning shimilmasdan tashqariga oqib ketadi. Bunda go‘sht oziq moddalarini bir muncha yo‘qotadi va lattaga o‘xshab qoladi. Agar go‘sht maxsus kamera (defroster)larda sekinlik bilan sun’iy eritilsa, erigan suv va go‘sht shirasi kolloidlar tomonidan shimib olinadi. Nimtalar asosan bo‘laklarga bo‘lingan holda eritiladi. Bo‘laklar nimtaning chorak, ya’ni 1/4 qismidan kichik bo‘lmasligi kerak, chunki mayda bo‘laklar shirani ko‘p yo‘qotadi. Eritilgan go‘sht 1-3 kun 0-2 °S haroratda saqlanadi. Bu vaqtda u shirasini yo‘qotmaydi va suv kolloidlari tomonidan shimiladi va go‘shtning ustida harorat minus 1 °S bo‘ladi. Shunday usulda eritilgan go‘sht 0 °S haroratda 6-8 kun saqlanishi mumkin. Muzlatilgan go‘shtni eritish uchun 2-5 kun vaqt sarflanadi. Dezinfeksiya. Dezinfeksiyalash uchun har xil mag‘or zamburug‘lariga faol ta’sir etadigan moddalarni tanlab olish talab etiladi. Kameralarni dezinfeksiya qilish uchun 5% li temir sulfat tuzining eritmasi, 5 % li o‘yuvchi natriy (NaON)ning eritmasi, antiseptol (tarkibida 25% xlor bo‘lgan xlorli ohakdan 2,5 kg, 35 kg kalsiylangan soda va 100 l suv aralashmasi) ishlatiladi. Taniqli olim, prof. M.Danilov bu borada ko‘plab kuzatishlar olib borgan va uning fikriga ko‘ra kameralarni BUV-15 va BUV-30 rusumli lampalar bilan zararsizlantirishni ma’qul deb hisoblanadi. Download 34.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling