10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi


kesmasi: a - to`yinish viloyati; b - bosim viloyati; v - sarflanish viloyati; N


Download 343.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana06.11.2023
Hajmi343.91 Kb.
#1751709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv

kesmasi: a - to`yinish viloyati; b - bosim viloyati; v - sarflanish viloyati; N
1
 va N
2
 
- bosim; M- artezian suv qatlamining qalinligi; 1 - suvli jinslar; 2 - suv 
o`tkazmaydigan jinslar; 3 - pezometrik sath. Strelkalar bilan artezian suvlarining 
yo`nalishi ko`rsatilgan. 
Artezian suvlarining rejimi deyarli doimiy bo`ladi. Pezometrik sathi fasllar 
bo`ylab kam o`zgaradi, suvi tozaligi bilan farq qiladi. Bosimli qatlam suvlari 
artezian havzalari deb nomlanuvchi keng maydonni qamrab oladi.
 
7-rasm. yer po`stida turli erosti suvlarining 
joylashish sxemasi: a- sizot suvlari; b - verxovodka; v 
- grunt suvlari; g, d - qatlam suvlari; 1 - tuproq-
o`simlik qatlami; 2 - suv o`tkazuvchi qatlam;
3 - yarim suv o`tkazuvchi jinslar; 4 - suv 
o`tkazmaydigan qatlam; 5 - gravitatsion suv; b - 
grunt suvlarining sathi. 


Erosti suvlari doim harakatda bo`ladi va gravitatsiya qonunlariga muvofiq 
holda oziqlantirish viloyatlaridan sarf bo`lish joylari tomon asta-sekin oqadi. 
Ularning harakati suv o`tkazuvchi jinslar orqali filtratsiya (sizib o`tish) xarakteriga 
ega bo`ladi. Odatda erosti suvlari bir-biriga parallel yo`nalishda g`ovaklar va keng 
bo`lmagan darzliklar bo`ylab harakatlanadi. Bunday harakat laminar harakat 
deyiladi. Ba`zan erosti suvlari karst bo`shliqlari bo`ylab harakatlanganda ularning 
harakati daryo oqimlaridagidek turbulent xususiyatga ega bo`lishi mumkin. 
Qumli jinslarda erosti suvlarining harakat tezligi 0,5 dan 12 m/sut gacha, 
graviy va g`o`laktoshlarda 20-30 m/sut, karstlashgan ohaktoshlarda esa oshib
sutkasiga 100 m ga etishi mumkin. 
Yer osti suvlarining suv sarfi (drenaj) tabiiy sharoitlarda buloqlar va 
chashmalar shaklida amalga oshadi. Odatda ular daryo vodiylarida, jarlarda, ko`l 
va dengizlarning sohillarida, relefning boshqa pastkamliklarida joylashgan bo`ladi. 
Toshkent mineral suvi sinklinal strukturani tashkil etuvchi bo`r davri 
qumlaridan (1800-1850 m chuqurlikdan) bosim tufayli otilib chiqadi. 

Download 343.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling