10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi
-rasm. Karst shakllarining sxematik tasviri: 1 -
Download 343.91 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-rasm. Karst voronkalari. 12- rasm. Karst qudug`i.
10-rasm. Karst shakllarining sxematik tasviri: 1 -
karlar; 2 - ponor; 3 – karst voronkasi; 4 – karst bo`shlig`i; 5 – karst g`ori. boradi, bazan 15-20 m ni tashkil etadi. Ular tog`li rayonlarda ham, tekisliklarda ham uchraydi. 11-rasm. Karst voronkalari. 12- rasm. Karst qudug`i. O`ziga xos yuza karst shakllari erish va suffoziya jarayonlarining birgalikda rivojlanishi tufayli hosil bo`ladi. Suffoziya (lotincha suffosio – ostini kavlash) deganda bo`shoq jinslar orasidan mayda gil zarralarining yuvilib ketilishi tushuniladi. Karstlanuvchi jinslar qum-gilli yotqiziqlar bilan qoplangan hollarda shimilayotgan suvlar yordamida ulardagi gil zarralari suv bilan yuvilib, pastdagi karst bo`shliqlariga olib tushiladi. SHu tufayli qoplama jinslar cho`kib, ostidagi karst bo`shliqlariga o`pirilib tushadi. Erosti karst shakllari asosan karst g`orlaridan iborat bo`ladi. Bu eng yirik karst shakli bo`lib, uni speleologiya fani o`rganadi. Karst g`orlari gorizontal va qiya kanallar tizimidan iborat bo`lib, odatda murakkab tarmoqlanuvchi, bir kengayib, bir torayuvchi bo`shliqlardan iborat bo`ladi. Karst g`orlarining bunday g`orayib shakllari karstlanuvchi jinslardagi darzliklar tizimi va karstlanuvchi jinslar tarkibining o`zgaruvchanligi bilan bog`liq. Yirik g`orlarning tubida yer osti ko`llari, soylari mavjud bo`lib, ular nafaqat tog` jinslarini eritadi, balki yuvadi ham (eroziya). Ba`zan g`orlarning usti qulab tushib, karst voronkalari vujudga keladi. SHunday qilib, erusti va erosti karst jarayonlari o`zaro bog`liq bo`ladi. Kuchli karstlashgan rayonlarda ko`p qavatli g`orlar rivojlangan. Karst g`orlarining bunday qavatliligi grunt suvlari sathining o`zgarishi bilan bog`liq. Eroziya bazisining pasayishi grunt suvlari sathining pasayishi bilan birga kechadi va bu g`orning yangi qavati shakllanishiga olib keladi. Karst g`orlari dunyoning ko`plab mamlakatlarida uchraydi. Ular AQSH dagi Kentukki platosini tashkil etuvchi g`ovakli ohaktoshlarda keng tarqalgan. Bu erdagi eng yirik Mamont g`ori besh qavatli bo`lib, umumiy uzunligi 300 km va asosiy zalining balandligi 30 m gacha boradi. Karst g`orlarining eng chiroylisi Vengriyaning shimolida joylashgan Agtelek hisoblanadi. U uch qavatli tuzilishga ega bo`lib, umumiy uzunligi 23 km ni tashkil etadi. Kengligi 60m, balandligi 40 m gacha boradi. G`orning tubida soy oqadi, ba`zi joylarida erosti ko`llari hosil bo`lgan. G`or shiftida stalaktitlar keng rivojlangan (143-rasm). Stalaktitlar pastdan ularga qarama-qarshi o`suvchi stalagmitlar bilan qo`shilib ketib, ko`p qirrali va g`aroyib shakldagi ustunlarni tashkil etgan (144-rasm). G`or devorlari silliq yuzali oqmalar bilan qoplangan. G`orning 55 x 43 m li keng joyida konsert zali tashkil etilgan. Zalning salqin toza havosi, ajoyib akustikasi, tiniq suvli ko`li, devorlaridagi koshinkor kristallar uni turistlar uchun ajoyib orogomgahga aylantirgan. Yer osti suvlarining faoliyati ikkita omil bilan belgilanadi. Ulardan birinchisi suffoziya bo`lib, ostki jinslardan gil zarralarining yuvilib ketishi va grunt mustahkamligining keskin pasayishi bilan bog`liq. Ikkinchisi esa erosti suvlarining gidrodinamik bosimi bilan bog`liq. Tuproqqa shimilgan erosti suvlari gil jinslarini ko`pchitib, ular orasidagi ishqalish kuchini keskin kamaytiradi. Natijada ularning ustidagi jins massalari yog`langan yuzadagidek past qiyalikda ham oson surilib ketadi. Bu jarayonlar tufayli ko`chkilar rivojlanadi. G`or ichidagi stalaktitlar, stalagmitlar va ustunlarni hamda uning devoridagi oqmalarni hosil qilgan mineral zargarlikda oniks deb ataluvchi aragonit kristallaridan tarkib topgan. Tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari zonalarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob`ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri ko`chkilardir. Yirik ko`chkilarning aksariyat qismi zilziladan so`ng yoki zilzila paytida hosil bo`ladi. Markaziy Osiyodagi yer ko`chishi shakli va ko`lami bilan ajralib turadi. Ular lyoss qatlamlarida tarqalgan bo`lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yog`inlari ma`lum chuqurlikkacha borib, suv o`tkazmaydigan qatlamga etgach yonbag`ir bo`ylab oqadi. Hosil bo`lgan yuzaga siljish yuzasi deyiladi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitatsiya kuchi ta`sir qilishi oqibatida yonbag`irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo`ladi va uzilgan bo`lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning hajmi bir necha o`n mln. m 3 largacha boradi. Yer ko`chishi yonbag`irning qiyaligiga, tog` jinsi tarkibiga, atmosfera yog`inlari miqdoriga bog`liq holda rivojlanadi. Yonbag`ir qiyaligi qanchalik nishab bo`lsa, ko`chkining tezligi shunchalik katta bo`ladi. Ko`p holatlarda ko`chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho`kish hodisalari bilan uyg`unlashib ketadi. Tarixiy manbalarga nazar tashlasak, hududimizda XX asrning 60- yillarigacha bu jarayon tabiiy omil natijasida rivojlanib borganligini ko`ramiz. 60- yillarning oxiriga kelib tog`li va tog`oldi vodiylarida yer ko`chishi keskin ortib borgan. Bunga asosiy sabab gidrometeorologik sharoitning murakkablashuvi, atmosfera yog`inlarining haddan ziyod bo`lishi, qadimdan lalmikor erlar hisoblangan tog`oldi zonalarida xo`jalik faoliyatining kengaytirilishidir. Tog`oldi adirliklarida ko`ndalangiga texnik ishlov berilishi natijasida yonbag`irning eroziyaga bardoshliligi pasayib ketadi va bu xol avval mahalliy, kichik-kichik, so`ng yirik ko`chkilar paydo bo`lishiga olib keladi. Ayniqsa, bunday joylar aholi yashaydigan qishloqlarga yaqin bo`lsa, juda katta xavf tug`diradi. Yer ko`chishi osuda turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo`jalik iste`molida bo`lgan maydonlarga katta zarar etkazishi oqibatida ko`pgina iqtisodiy qiyinchilikni yuzaga keltiradi. SHuning uchun ularning paydo bo`lishi, tarqalish maydonlari maxsus dasturlar asosida o`rganib chiqilib, kerakli xaritalar tuzilmokda. Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko`chkilar iqlim sharoiti bilan uzviy bog`liq. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera yog`inlari me`yordan yuqori bo`lgani uchun ko`chki jarayonlari ham ko`p bo`lgan. Respublikamizda ko`chki jarayonlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Farg`ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlarida eng ko`p tarqalgan. Ko`chkilarning faollashuv xususiyatini keyingi 40 yil ichida tahlil qilish ularning ko`payganligini ko`rsatadi. 1962 yildan 1970 yilgacha (ikki mingdan ortiq) va 1991 yildan 1999 yilgacha (uch mingdan ortiq) ko`chkilar sodir bo`lgan. Bu davrlarda atmosfera yog`inlari juda ko`p bo`lganligi ham qayd etilgan. O`tgan asrning oxirgi o`n yilligi ko`chki jarayonining juda faollashgan yili hisoblanadi. Ko`chkilar tufayli xalq xo`jaligi ob`ektlariga ham jiddiy zarar etkazadi. Bunda sanoat inshootlari, temir yo`l plotnalari ham ishdan chiqishi mumkin(147- rasm). Yer osti suvlari geologik ishining yana bir ekzotik turi bo`lib balchiq vulkanizm hisoblanadi. Balchiq vulkanizm - bu yer qa`ridan ma`lum kanallar bo`ylab davriy ravishda gaz, suv va balchiqning otilib chiqishidir. Balchiq vulkanlarning hosil bo`lishi uchun yer po`stida suv, ko`p miqdorda gaz, gilli jinslarning keng tarqalganligi va bu materiallarning davriy ravishda yer yuzasiga otilib chiqishi uchun anomal bosim va er yoriqlari bo`lishi lozim. Omillarning bunday uyg`unligi asosan neft va gaz konlari rivojlangan viloyatlarda kuzatiladi va ushbu hududning neftegazliligining bevosita belgisi hisoblanadi (qarang: Vulkanizm). Yer osti suvlari buzish ishlaridan tashqari materiallarni tashiydi va yotqizadi. Tashilish asosan kimyoviy shaklda, ya`ni chin va kolloid eritmalar tariqasida amalga oshiriladi. Eritmalardan cho`kindi hosil bo`lishi ularda modda konsentratsiyasining oshishi, harorati va filtratsiyasining pasayishi va boshqa sabablar orqali ro`y berishi mumkin. Download 343.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling