10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi


Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi


Download 343.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana06.11.2023
Hajmi343.91 Kb.
#1751709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv

Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. 
Tabiatdagi suvlar, jumladan erosti suvlari nihoyatda kuchli erituvchanlik 
xususiyatiga egadir. Yomg`ir yerga tushguncha chang va gazlar bilan aralashib, 
tarkibini o`zgartiradi. Oqar suvlarning bir qismi er qatlamlari ostiga shimila 
boshlaydi va har xil tarkibli jinslardan o`tib, ularni qisman eritib, o`z tarkibini ham 
o`zgartiradi. Erosti suvi tarkibiga yotqiziqlar tarkibi, ularning chuqurligi, yotish 
holati va boshqa omillar ham ta`sir ko`rsatadi. 
Yotqiziqlar orasidagi suvlar tarkibida erigan moddalarning miqdori juda 
xilma - xildir. Tabiatdagi barcha yer osti suvlari minerallanishi jihatidan turtta 
katta guruhga bo`linadi:
1. CHuchuk suvlarning umumiy minerallanishi 1 g/l gacha.
2. SHo`rroq - 1 dan 10 g/l gacha.
3. SHo`r - 10 dan 50 g/l gacha.
4. O`ta minerallashgan suv, umumiy minerallanishi 50 g/l dan ko`p (200 - 
300 g/l). YUqorida ko`rsatilgan guruhlar erosti suvlarining minerallanishi bir 
me`yorda bo`lmasligini ko`rsatadi. Agar 1l erosti suvida 1 g dan kam tuz bo`lsa, u 
ichish uchun yaroqli hisoblanadi. Yer osti suvlari kimyoviy tarkibining asosi bo`lib 
NSO
3
-
, SO
4
2-
, S1
-
anionlari va Sa
2+
, Mg
2+
, Na
+
kationlari sanaladi. Ularning nisbati 
erosti suvlarining ishqorliligi, qattiqligi va sho`rligini belgilaydi. 
Anionlarining ustuvorligi bo`yicha erosti suvlari: 
- gidrokarbonatli; 
- sulfatli; 
- xloridli hamda ularning gidrokarbonat-sulfat, sulfat-xloridli va boshqa 
oraliq turlari ajratiladi. 
Asosiy kationlar va anionlardan tashqari chuqurliklardagi suvli gorizontlarda 
boshqa komponentlar - brom, yod, stronsiy, litiy, radioaktiv elementlar, 
volorodsulfid, karbonat angidrit gazi bo`lishi mumkin. Bor, brom va yodning 
yuqori konsentratsiyasi neft va gaz konlaridagi erosti suvlari uchun xarakterli va 
ular sanoat tarzida ajratib olinishi mumkin. 


Mineral suvlar. Kishi organizmiga fiziologik ta`sir etadigan va biologik 
faol, davolash maqsadida foydalanadigan suvlar mineral suvlar deb ataladi. Erosti 
yotqiziqlaridagi minerallar va gazga to`yingan suvlar odatda shifobaxsh 
hisoblanadi. Lekin erosti mineral suvlarining hammasi ham davolash uchun yaroqli 
bo`lavermaydi. Mineral suvlar tarkibida davolanish uchun zarur bo`lgan mineral 
elementlar bir xil miqdorda bo`lmay, ba`zilarida ko`proq, ba`zilarida kamroq 
bo`ladi. Mineral suvlar tarkibida temir, margimush, radiy, brom, yod va biroz gaz 
bo`ladi. Mineral suvlar faqat tarkibiga qarabgina emas, balki haroratiga qarab ham 
xilma -xil bo`ladi. 
Harorati bo`yicha mineral suvlar sovuq (20°S gacha), iliq (20 dan 37°S 
gacha), issiq (37 dan 42°S gacha) va juda issiq (gipotermal - 42°S dan yuqori).
Mineral suvlar, asosan, 
yosh tog`lar va vulkanli 
o`lkalarda 
ko`p 
uchraydi. 
Ular buloqlar va chashmalar 
shaklida er yuzasiga chiqadi 
(139-rasm). Mineral suvlar 
tektonik harakat nati-jasida 
vujudga kelgan er yoriqlari va 

erdagi 
moddalarning 
o`zgarishi, 
aralashishi 
va 
bosimi bilan bog`liqdir. YOsh 
tog`li o`lkalarda, masalan, 
Kavkaz, Pomir tog`larida, 
Kamchatka 
va 
Kuril 
orollarida, O`zbekistonimizda 
ham mineral suvlar ko`p. 
Hozirgi 
paytda 
bunday 
mineral suvlardan meditsinada va sanoatda keng foydalanilmoqda. 
Tarkibi, xossasi va davolash ahamiyati bo`yicha ularning orasida karbonat 
angidritli, vodorodsulfidli va radioaktiv mineral suvlar ajratiladi. 

Download 343.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling