10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi
-rasm. Temir yo`l polotnasining buzilishiga olib kelgan ko`chki
Download 343.91 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohakli tuflar
- Nazorat savollari
16-rasm. Temir yo`l polotnasining buzilishiga olib kelgan ko`chki.
Yer osti suvlar bilan bog`liq bo`lgan yotqiziqlar orasida ohakli va kremniyli tuflar va qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan. Ohakli tuflar — kalsitdan tarkib topgan g`ovak va bo`shliqli jinslar bo`lib, erosti suvlarining chiqish joylarida hosil bo`ladi. Nisbatan yirik bo`shliqlarga ega bo`lgan bunday tuflar travertinalar deyiladi. Tog` yonbag`irlarida travertinalarning yotqizilishi natijasida balandligi 200 m gacha boradigan supalar hosil bo`lishi mumkin. Bunday travertinalar Turkiyaning Paumqala qo`riqxonasida keng rivojlangan (148-rasm). Termal erosti suvlari er yuzasiga ko`p miqdorda erigan krem-nezem olib chiqadi. Bunday erosti suvlari davriy ravishda fontanlar shaklida otilib chiqadi. Ularning harorati +95ºC gacha boradi. Geyzer suvlaridan opaldan tarkib topgan kremniyli tuflar yoki geyzeritlar hosil bo`ladi. Hozirgi vaqtda bunday geyzerlar Kamchatkada va AQSHning Yellouston milliy parkida keng rivojlangan. Issiq geyzer suvlarida odatda kremnezem erigan bo`ladi. Er yuzasida bunday suvlarning tez sovushi tufayli kremnezem opal shaklida cho`kmaga o`tib kremniyli tuflar – geyzeritlar hosil bo`ladi. Yer osti suvlarining geologik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qo`ng`ir temirtosh yotqiziqlari ham ma`lum. Odatda ular temirning eruvchan birikmalariga boyigan erosti suvlarining chiqish joylarida shakllanadi. Bunga misol qilib Kerch yarimorolidagi temir-ma`danli konni ko`rsatish mumkin. Ohaktoshlarda rivojlangan karst bo`shliqlarida temir va alyuminiy gidrooksidlari bilan boyigan qizil rangli gilli jinslar rivojlangan. Ular karbonatli jinslarning erimaydigan komponentlaridan tarkib topgan bo`lib, terrarossa (qizil tuproq) deyiladi. Tog` jinslari ichidagi darzliklar va g`ovakliklar bo`yicha harakatlanuvchi erosti suvlaridagi mineral komponentlardan kalsit va gips tomirlari, kremniy, siderit, fosforit va markazitning konkretsiyalari va sekretsiyalari hosil bo`ladi. Odatda erosti suvlari terrigen cho`kindilar sementini shakllantiradi va ularni tog` jinslariga aylantiradi. Yer osti suvlarining inson hayotidagi va xalq xo`jaligining bir qator muammolarini echishdagi ahamiyati juda ko`lamlidir. Birinchi navbatda erosti suvlari qimmatli foydali qazilma sanaladi va aholini ichimlik suvi bilan ta`minlashda hamda qishloq xo`jaligi va sanoat uchun kundalik ehtiyoj hisoblanadi. Mineral va termal erosti suvlari balneologik ahamiyatga ega va aholini sog`lomlashtirishda keng foydalaniladi. YUqori haroratli erosti suvlari issiqlik energiyasi manbai sifatida turor joylarni isitishda, issiqxonalar va geotermal elektrostansiyalarda foydalaniladi. Bizga tabiat tuhfa etgan erosti suvlarining zahirasi chegaralangan, biz ularni ifloslanishdan saqlashimiz va samarali foydalanishimiz lozim. Nazorat savollari Yer osti suvlari deganda nimani tushunasiz? Gidrogeologiya qanday fan? Erosti suvlari kanday paydo bo`ladi? Kondensatsion va yuvenil suvlar kanday paydo bo`ladi? Sedimentogen, singenetik va epigenetik suvlar qanday hosil bo`ladi ega? Download 343.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling