10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi


Download 343.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi343.91 Kb.
#1751709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv

Sizot suvlari er yuzasining 2 - 3 m gacha bo`lgan ustki qatlamlarida paydo 
bo`ladi. Ular lyossli jinslar, qum, tuproq qatlamlarida to`planadi. Botqoqlashgan 


daryo qayirlari, ko`l va dengiz sohillaridagi suvlar sizot suvlaridir. Ulardan 
xo`jalikda foydalaniladi. 
Sizot suvlari tog` jinslari orasidan sekin, lekin doim o`tib turadi. Ularning 
tezligi jinsning suv o`tkazuvchanligiga va er-osti suvini saqlovchi qatlamning 
qiyaligiga bog`liq bo`lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
V = K (h : I) 
Bunda V - oqim tezligi K - jins orasidan o`tuvchi suvning tezligi koeffitsienti, h - 
bir nuqtadagi erosti suvning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi, I - ikki nuqta 
orasidagi masofa. 
Yer osti suvlarining harakat tezligi, ularning qanday jinslar orasidan 
o`tishiga bog`liqdir. Mayda qum orasidan bir sutkada 1-5 m, yirik qumda 15 - 20 
m, shag`al yoki serdarz jinslarda 100 m va undan ham tezroq siljishi mumkin. 
Grunt suvlari yer yuzasi bilan birinchi suv o`tkazmaydigan qatlam ustidagi 
suvlardir. Ular g`ovakli jinslar (qum, shag`al, lyoss) orasida ko`proq uchraydi. 
Grunt suvlarining sathi er yuzasidan turli chuqurlikda yotadi. Erosti 
suvlarining suv bilan to`yingan qatlam yuzasi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. 
Suv bilan to`yingan qatlam suv saqlovchi qatlam deb ataladi. Grunt suvlarida 
bosim bo`lmaydi, chunki uning ustida suv o`tkazmaydigan qatlam mavjud emas. 
Grunt suvlari pastkam joylarda (soy, jar, ariq) yer yuzasiga sizilib chiqib yotadi 
(12-rasm). Yer osti suvlarining ko`tarilishi, ularning umumiy oynasi sathidan 
oshmaydi. Bunga O`rta Osiyoda grunt suvlar yuzasini birlashtiruvchi quduqlar - 
koriz usuli misoldir. 
 
6-rasm. Grunt suvlarining chiqish joyida o`simlik yaxshi rivojlanadi. 
 
Qatlam (qatlamoralig`i) suvlari. Yer osti suvlarining bunday turi bosimli 
va bosimsiz bo`lishi mumkin. 

Download 343.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling