10-mavzu: yer osti suvlarining geologik ishi. Reja: Yer osti suvlarining paydo bo`lishi
Download 343.91 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu yer osti suvlarining geologik ishi. Reja Yer osti suv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vodorodsulfidli mineral suvlar
- Radioaktiv suvlar
Karbonat angidritli kuchli gazlangan suvlar Kavkazda keng tarqalgan. Bu
Kislovodsk va Jeleznovodsk Narzanlari, Gruziyadagi Borjomi va Armanistondagi Jermuk kurortlarining suvlaridir. Evropada Fransiyaning Vishi va CHexiyaning Karlova Vari kurortlarining suvlari shifobaxsh hisoblanadi. Vodorodsulfidli mineral suvlar erkin vodorod sulfidga boyigan bo`ladi. Ular Sochida (Matsesta), Dog`istonda (Talgi), Latviyada (Kemeri), O`rolbo`yida (Ust-Kachki), Tojikistonda (Obishifo) va boshqa joylarda uchraydi. Hozirgi vulkanizm viloyatlarida vodorodsulfidli suvlar rivojlangan. Radioaktiv suvlar radioaktiv elementlar, birinchi navbatda radiy emanatsiyasi – radon bilan boyigan bo`ladi. Radonli suvlar Gruziyadagi Sxaltubo va Oltoydagi Belokurixa kurortlarida davolash maqsadlarida keng qo`llaniladi. Ular hozirgi vulkanizm viloyatlarida (Kamchatka, Kuril va YApon orollari) ham tarqalgan. 9-rasm. AQSHdagi mineral suv bulog`i. www.fototerra.ru Yer osti suvlarining geologik ishi Uzluksiz harakatda bo`lgan erosti suvlari muayyan geologik ishlarni bajaradi. Ular tog` jinslarini eritadi, erigan mahsulotlarni tashiydi va ma`lum turdagi yotqiziqlarni hosil qiladi. Erosti suvlarining geologik ishida tog` jinslariga kimyoviy va mexanik ta`siri etakchi ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning natijalari bo`lib karst va ko`chkilarning hosil bo`lishi hisoblanadi. Karstlanish jarayonlari. Karst deb erosti suvlari ta`sirida darzlashgan tog` jinslarining erishi, erusti va erostida o`ziga xos relef shakllarini hosil qilishiga aytiladi. Suv ta`sirida yaxshi eriydigan jinslarga galoidlar (osh tuzi va kaliy tuzi), sulfatlar (gips va angidrit) va karbonatlar (ohaktosh va dolomit) kiradi. Tub jinslarning tarkibi bo`yicha tuzli, sulfatli va karbonatli karstlar ajratiladi. Karbonatli jinslar keng tarqalganligi tufayli karbonatli karstlar tabiatda ko`p uchraydi. Mineral va gaz komponentlarga ega bo`lgan tabiiy suvlar etarli darajada agressiv bo`ladi. Erosti suvlari tog` jinslaridagi darzliklarga kirib va ularni asta- sekin eritib, karstli landshaftni shakllantiradi. Bunday landshaft Qrimda (YAyla), Kavkazda, O`rolda, Bolqon yarimorolida, Karpat va Alp tog`larida keng rivojlangan. Erish jarayoni erusti va erostida turli-tuman karst shakllarini hosil qiladi (140-rasm). Karstlar erustida suv ta`sirida ochilib qolgan eruvchi tog` jinslari yuzasida rivojlanadi. Ularning orasida karrlar, ponorlar, karst voronkalari va quduqlari ajratiladi. Karrlar tog` jinslari yuzasida jo`yaklar, chandiqlar, yoriqlar shaklidagi uncha chuqur bo`lmagan (bir necha santimetr) chuqurchalar majmuasidan iborat. Ular keng rivojlangan joylarda o`tib bo`lmaydigan karr maydoni hosil bo`ladi. Ponorlar katta qiyalikdagi yoki tik quduqsimon shakldagi teshik bo`lib, u orqali yuza suvlari chuqurlikka oqib o`tadi. Bunday suv yutuvchi teshiklar odatda darzliklar o`zaro kesishgan joylarda shakllanadi. Karst voronkalari - er yuzasida eng keng tarqalgan karst shakllaridir. Bu katta qiyalikdagi devorlarga ega bo`lgan konussimon yoki kosasimon chuqurlikdir (141-rasm). Tik devorga ega bo`lgan turi karst qudug`i deyiladi (142-rasm). Ularning diametri odatda 1 dan 5 m gacha Download 343.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling