QORA BUG’DOY YORMASI. Qora bug’doy uch qirrali shaklda, murtagi yirik, jigar rang va serpo’st dondir. U temir, fosfor, kal`tsiy, V1, V2, RR vitaminlarga boy bo’lib, yorma tayyog’lanadigan eng yaxshi ekinlardan biridir. Qora bug’doy dan yorma va oqshoq olinadi. Qora bug’doy yormasining barcha turi xiyla qimmatli yormalar qatoriga kiradi, chunki uning o’ta to’yimliligi, ajoyib ta'mi va yaxshi hazm bo’lish xususiyatlari bor. Yorma qora bug’doyning mevali qobig’i dan tozalangan donidir. Sifatiga qarab yorma ikki sortga bo’linadi. 1-sort yormada kamida 99,2%, 2- sortida esa 98,3% yaxshi sifatli yadro bo’ladi. Qora bug’doy oqshogi qora bug’doy ning mevali qobig’idan tozalangan, yanchilgan qora bug’doy yadrosidir. U sortlarga bo’linmaydi. Unda kamida 98,3% yaxshi sifatli yadro bo’lishi lozim. Kundalik iste’molga mo’ljallangan qora bug’doy yormasi namligi 14% dan, uzoq saqlanadigan Yorma namligi esa 13% dan oshmasligi lozim. Sholi. Sholi po’st bilan qoplangan bo’ladi. Sholi oqlangan-dan keyin hosil bo’ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo’ladi. Yaltiroq va sal yaltiroq turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda elimsimon massaga aylanmaydi. Silliqlangan guruch gul pardalardan, mevali va urug’lik po’stlari hamda ko’pincha murtaklaridan tozalangan sholi donidir. Uning sirti oq, gadir-budur bo’lib, un bilan qoplangan bo’ladi. Silliqlangan guruch uch sortga bo’linadi: oliy, 1-va 2-sortlar. Oliy sortda kamida 99,7%, 1-sortda 99,2%, 2-sort-da esa 98,7% yaxshi sifatli yadro bo’ladi. Yaltiratilgan guruch silliqlangan guruchga saykallovchi mashinada ishlov berish yuli bilan hosil qilinadi. Uning sirti tekis, silliq, yaltiroq bo’ladi. Yaltiratilgan guruch uch sortga bo’linadi. Oliy sortda kamida 99,7, 1-sortda 99,2, 2-sortda- 98,7% yaxshi sifatli yadro bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |