12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti


Suli yormasida 12-16% oqsil, 60-65% kraxmal, 6-8% yog’-lar, 2% kand, fosfor, kaliy, kal`tsiy, temir va boshqa moddalar bo’ladi


Download 29.59 Kb.
bet6/20
Sana29.04.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1400076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-ma\'ruza Don mah

Suli yormasida 12-16% oqsil, 60-65% kraxmal, 6-8% yog’-lar, 2% kand, fosfor, kaliy, kal`tsiy, temir va boshqa moddalar bo’ladi.

Makkajo’xori yormasi. Makkajo’xori tishsimon, yarim tishsimon, oq tosh, yog’iluvchi, guruchli va kraxmalli turlarga bo’linadi. Makkajo’xori doni oq va sariq, ba’zan qizil va ko’k rangda bo’ladi.

Makkajo’xori yormasi ishlov berish usuliga qarab, silliqlangan makkajo’xori yormasi, maydalangan makkajo’xori yormasi va makkajo’xori parchalariga bo’linadi.

Silliqlangan makkajo’xori yormasi qobiq va murtagidan tozalangan yog’iluvchi va oq tosh makkajo’xorining maydalangan yadrosidir; Donasining yirik-maydaligiga qarab yorma besh nomerga bo’linadi. 1-, 2-va 3-nomerlar yirik, 4-va 5-nomerlar esa mayda bo’ladi.

Maydalangan makkajo’xori yormasi qobiq va murtagidan to-zalanib maydalangan yarim tishsimon va tishsimon oq va sariq makkajo’xoridir. Donasining mayda-yirikligiga qarab yorma uch nomerga bo’liiadi (yirik, urta va mayda).

Makkajo’xori yormasi sortlarga bo’linmaydi, namligi 15%.

Makkajo’xori parchalari oq guruchsimon makkajo’xoridan ishlab chiqariladi. Bu jo’xori qobig’i va murtagidan tozalanib, keyin yanchiladi. Uni shakar sharbatida tuz va solod ekstrakti qo’shib qaynatiladi. Pishgan yumshoq yorma yassilanib qizarguncha qovuriladi. Makkajo’xori parchasi sortlarga bo’linmaydi.

Makkajo’xori yormasida, oqsil va vitaminlar kam bo’lganligiday, oziqlik qimmati ham yuqori emasdir.

Dukkakli don ekinlari. Bu ekinlarga no’xat, loviya, luya, yasmi, soya va boshqalar kiradi. Ular oqsilga boy (20-30%), kraxmali-ko’p (50% ga yaqin) va 2 dan 5% gacha yog’ (soyada 22% gacha) bo’ladi.

Dukkakli ekinlar ikki urug’palla va urug’lik qobig’i bilan qoplangan usimtadan iborat. No’xat, loviya va yasmiq eng ko’p tarkalgan dukkakli ekinlardir.

No’xat. Po’sti archilgan no’xat oziq no’xatdan, uning dag’al, to’yimliligi kam qobig’ini olib tashlab tayyog’lanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no’xat qo’yidagi turlarga bo’linadi: pardozlanib butun archilgan no’xat, yanchilib va pardozlanib archilgan no’xat. Yuqorida qayd etilgan no’xat turlari sariq yoki yashil bo’lishi mumkin. Namligi ko’pi bilan 15%.


Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling