12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti


Download 29.59 Kb.
bet9/20
Sana29.04.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1400076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
12-ma\'ruza Don mah

Un tur, tip va sortlarga bo’linadi. Unning turi un olingan don ekini bilan belgilanadi. Nima maqsadga mo’ljallanganligiga qarab unning turlari tiplarga (nonbop, makaronbop va boshqalarga), uning tur va tiplari esa sifatiga qarab, tovar sortlariga bo’linadi.

Javdar uni. Javdar unining jaydari, qobig’i shilingan va elangan sortlari chiqariladi. Jaydari un olish uchun javdar doni jaydar mashinasidan o’tkazilib, begona aralashmalardan, soqol va murtagidan tozalanadi, keyin tortiladi. Dag’al tortilgan, kul rang - oq rangli va anchagina kepakli un hosil bo’ladi. Jaydari unning kul miqdori 2% bo’ladi.

Qobig’i shilingan un, jaydari undan farqli ularo (dom po’st shilish mashinasidan o’tkaziladi), kepak va murtagi ikki baravar kam bo’ladi, chunki tortish vaktida u butun don og'irligining 9% i miqdorida elanadi. Un nisbatan mayda va bir tekis och kul rang zarrachalardan iborat bo’ladi. Kul miqdori 1,5% dan ortmaydi.

Elangan un - bu mayin tortilgan va elangan kud rangsimon oq, rangli un bo’lib, u asosan, donning uzak qismvdan olinadi. Elangan unda kepak 1,2% dan oshmaydi, kuli ko’pi 'bilan 0,75% bo’ladi.

Bug’doy uni. Un tortish sanoati qo’yidagi sortlardagi bug’doy uni tayyog’laydi: krupchatka, a’lo sortli un, 1-, 2-sortlar va jaydari un.

Krupchatka. Qattiq va yumshoq bug’doy lar aralashmasidan tayyog’lanadi. Bu un bir tekis mayda zarralardan iborat bo’lib, hamir korilganda yaxshi ko’pchiydi, unda ko’pi bilan 0,6% kul va yopishkoqligi kamida 30%, rangi kremsimon oq, bo’lib, kepa-gi bo’lmaydi deyish mumkin.

Oliy sort un juda mayin tortilgan, deyarli qobiq aralashmagan oppoq yoki xiyol sarg’ish rangli undir. Bunda ko’pi bilan. 0,55% kul va kamida 28% ho’l elim bo’ladi.

/- sort un yumshoq va qattiq bug’doy ni mayin tortib olinadi. Tortilganda donning uzak qismida 2-3% kepagi koladi. 1-sort unda 0,75% kul va yopishkoqligi 30% dan kam bo’lmaydi..

2- sort un ham yumshoq va qattiq bug’doy ning aralashmasidan, ammo yirikroq qilib tortiladi, uning rangi sarkish-kul rang, oq tovlanadi; 10-12% gacha kepak, 1,4% gacha kul va yopish¬koqligi kamida 25% bo’ladi.


Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling