12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti
Download 29.59 Kb.
|
12-ma\'ruza Don mah
Bug’doy yormasi. Bug’doy eng qimmatli don ekinlaridan hisoblanadi. Ekilish vaqtiga qarab, u kuzgi va bahori, tuzilishiga qarab esa yumshoq va qattiq turlarga bo’linadi. Bug’doyning qattiq turi yumshog’iga ko’ra qimmatliroq yuradi, chunki unda oqsil moddalar ancha ko’p bo’ladi. Qattiq bug’doy doni shishasimon, cho’ziqroq, yumshoq bug’doy esa unli, shakli yumaloq bo’ladi.Bug’doydan manniy yormasi hamda silliqlangan bug’doy (poltavskiy va Artek) yormasi ishlab chiqariladi.Manniy yormasi bug’doy donini sortlab tortish jarayonida olinadi, u T., M va M.T markalarga bo’linadi. T markali yorma qattiq bug’doyni tortishdan hosil bo’ladi, uning yormasi kremsimon oqish yoki sarg’imtir rangli, nim tiniq, sirti qirrali bo’ladi. U a'lo sifat manniy hisoblanadi, chunki boshqa markadagi yormalarga qaraganda unda oqsil moddalar ko’p bo’ladi.M markali yorma yumshoq bug’doy ni yanchib olinadi, u xiraroq unli muchel bilan qoplangan bo’ladi.MT markali yorma yumshoq bug’doyga 20% qattiq bug’doy aralashtirib tortishdan hosil bo’ladi; oqshoq yorma, unli, sarg’imtiroq rangli bo’ladi. Manniy yormasi navlarga bo’linmaydi. Kundalik iste'mol uchun mo’ljallangan yormaning namligi, 15,5% dan, uzoq saqlanadigan Uzoq, Shimol va chekka rayonlarga jo’natiladigan yormaning namligi esa 14% dan oshmasligi kerak. Tishlab ko’rilganda yorma tishda g’ijirlamasligi lozim.Silliqlangan bug’doy yormasi qattiq bug’doydan, ba'zan yuqori sifatli yumshoq bug’doydan hosil qilinadi. Yorma donasining yirik-maydaligiga qarab u besh nomerga bo’linadi. №1 dan 4 gacha bo’lgan yorma poltavskiy, №5 esa Artek deb nomlanadi. Silliqlangan bug’doy yormasi donning o’zagi evdosp yormadan olinadi, alohida yorma donalarida aleyron qatlam va urug’lik qobig’ining qoldiqlari ham qolishi mumkin. Yorma donasi och sariq rangli, uzunchoq (№1 va 2 poltavskiy) yoki dumaloq (№3 va 4 poltavskiy hamda Artek) bo’ladi. Turli nomerli silliqlangan bug’doy yormalari faqat donasining yirik-maydaligi bilan emas, kimyoviy tarkibi bilan ham bir-biridan farq qiladi. №1 va 2 poltavskiy yormasida aleyron qatlam va urug’lik qobig’ining protsenta №3 va 4 poltavskiy hamda Artek yormasiga qaraganda ortiq. Shu sababli unda oqsil, yog’, mineral moddalar, vitamin, kletchatka, uglevod ko’p, kraxmal esa kam bo’ladi. Silliqlangan bug’doy yormasi sortlarga bo’linmaydi. Bug’doy yormasi to’yimli oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Manniy yormasi to’yimliligi va yaxshi hazm bo’lishi jihatidan eng qimmatli, Poltavskiy va Artek yormasining iste'mollilik xususiyatlari mo’ldir.Download 29.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling