Tariq yormasi. Tariq doni sarg’ish, qizil yoki kul rang po’st bilan qoplangan. Donning yadrosi unli yoki shishasimon tuzilishda bo’ladi. Tariq doni murtagida 4-6% tez achiydigan yog’ bor, shu tufayli dondan yorma tayyog’lashda murtagi olib tashlanadi. Tariqdan silliqlangan so’k olinadi. Silliqlangan so’k, gul po’sti, murtak va qisman meva hamda urug’lik qobig’idan xoli bo’lgan tariq yadrosidir. U sifatiga qarab uch sortga bo’linadi: oliy, 1-va 2-sortlar. Oliy sort sukda kamida 99,2%, 1-sortda 98,7% va 2-sortda 98% yaxshi sifatli yadro bo’ladi. Silliqlangan so’k o’rtacha to’yimli, kulinariya fazilati baland hisoblanadi, saqlanganda tez achiydi. Uzoq saqlashga mo’ljallangan barcha sortdagi sukning namligi ko’pi bilan 14%, bir oygacha saqlashga mo’ljallangan sukning namligi esa 15% bo’lishi lozim. ARPA YORMASI. Arpaning kuzgisi va bahorisi bo’ladi. Arpa doni odatda, po’stli, ba'zan po’stsiz ham bo’ladi. Xo’jalikda ishlatilishiga qarab arpa ozuqa-yembop, pivobop va yormabop turlarga bo’linadi. Yormabop arpa doni yirik, yupqa gul po’stli bo’lib, unda oqsil modda ko’p bo’ladi. Yuqori sifatli yorma ikki qatorli arpadan olinadi. U sariq rangda va shishasimon tuzilishda bo’ladi. Arpadan ikki turli yorma ishlab chiqariladi: arpa yormasi hamda perlovka yormasi. Arpa yormasi arpa donining po’sti va qisman meva qobig’i dan tozalab, turli shaklda tuyilganidir. U silliqlanmaydi. Yorma donasining yirik-maydaligiga qarab uch nomerga bo’linadi. Arpa yormasida kamida 99,0% yaxshi sifatli yadro bo’lishi lozim. Arpa yormasining namligi ko’pi bilan 15 .% bo’ladi. Perlovka yormasi po’sti, meva va qisman urug’lik qobig’i olib tashlangan, yaxshi silliqlangan, yumaloq shakldagi, sirti silliq, butun yoki yanchilgan arpa yadrosidir. Donasining yirik-maydaligiga qarab perlovka Yormasi besh nomerga bo’linadi (eng yirigi №1, eng maydasi №5). Perlovka Yormasi kancha mayda bo’lsa, uning sifati shuncha yaxshi bo’ladi. Perlovka Yormasining namligi 15% dan oshmasligi lozim. Unda kamida 99,6% yaxshi sifatli yadro bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |