12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti


Oqshoq barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi. U sortlarga bo’linmaydi. Oqshoqda kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo’ladi


Download 29.59 Kb.
bet5/20
Sana29.04.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1400076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-ma\'ruza Don mah

Oqshoq barcha turdagi guruchlarni ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha mahsulot sifatida olinadi. U sortlarga bo’linmaydi. Oqshoqda kamida 98,2% yaxshi sifatli yadro bo’ladi.

Barcha tur va sortdagi guruch yormasining namligi 15,5% dan oshmasligi lozim.

Guruch yormasi yaroqsiz moddalar juda kam, yaxshi hazm bo’ladigan ozuqa mahsulotidir. Biroq oqsil va mineral moddalar hamda vitaminlar ozligi tufayli uning biologik qimmati kamdir.

Suli yormasi. Suli doni po’stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon, ignasimon yoki noksimon shaklda bo’ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan tashqari, yog’ ko’p, shu tufayli u o’ta to’yimli, biroq o’rtacha ta'mi va yaxshi saqlanmasligi uning qimmatini pasaytiradi. Xo’jalikka mo’ljallanishiga qarab suli ozuqa - yembop hamda yormabop xillarga bo’linadi.

Yormabop sulidan burlanib silliqlangan butun yorma, yassilangan suli yorma, suli parchalari hamda talqoni ishlab chiqariladi.

Bug’lanib silliqlangan butun suli yormasi gul parda va qisman mevali va urug’lik qobig’idan tozalangan, murtaklaridan holi bo’lgan butun suli donidir. Suli yormasini hosil qilishda, odatda, suli bug’lanadi. Bug’lash yormaning ta'mini yaxshilaydi va saqlaganda chidamliligini oshiradi.

Bu yorma sifatiga qarab oliy va 1-sortlarga bo’linadi. Oliy sort yormada kamida 99%, 1-sortda 98,5% yaxshi sifatli yadro bo’ladi.

Yassilangan suli yormasi maydalanmay bug’lanib silliqlangan yormani nov shaklidagi taramlash va litslarida bosib hosil qilinadi. Bu yorma ham sifatiga qarab oliy va 1-sortlarga bo’linadi. Oliy sortda yorma kamida 99%, 1-sortida 98,5% yaxshi sifatli yadro bo’ladi. Uzoq saqlashga mo’ljallangan yormaning namligi 12,5%, kundalik iste'molga mo’ljallanganida esa 14% bo’ladi.

Suli parchalari (gerkules) maydalanmay silliqlangan oliy sort sulini bug’lash, keyin quritish yo’li bilan hosil qilinadi. Uning rangi sarg’imtir oq, namligi 12%. Suli parchalari sortlarga bo’linmaydi. Suli parchasi ko’pi bilan 20 min da pishishi lozim


Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling