13-Amaliy mashg`ulot: Quruvchi bakalavrlar tayyorlashda tanlov fanlarning roli va ahamiyati
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13-amaliy mashg`ulot (3)
qatlami
– suvdan himoyalovchi asosiy to’shamani mexanik shikastlanishlardan, quyosh radiatsiyasidan va tom sirtida yong’inning tarqalishidan himoyalovchi element (1.2-rasm). O’rama materialli tomlar odatda ustma-ust joylashadigan quyidagi elementlardan tarkib topadi: • Asos (yuk ko’taruvchi konstruktsiya). • Bug’dan himoyalovchi qatlam – issiqlik izolyatsiyasini xona ichida hosil bo’ladigan bug’lar ta’sirida namlanishdan himoyalovchi, bir-ikki qatlam ruberoid yoki ohak-bitumli mastikadan hosil qilingan qatlam. • Issiqlik izolyatsiyasi qatlami – keramzit, shlak, gazobeton, penobeton kabi issiq saqlagich materiallardan hosil qilinadigan qatlam. • Gidroizolyatsiyalovchi to’shamaga asos bo’lib xizmat qiluvchi tekislovchi qatlam. • Tom qoplamasining suv o’tkazmasligini ta’minlovchi, o’rama yoki mastikali materiallardan hosil qilingan gidroizolyatsiya qatlami. • Gidroizolyatsiyani atmosfera ta’siri va mexanik shikastlanishlardan saqlovchi, mastikaga shag’al yoki shlakni sochish yo’li bilan hosil qilinadigan himoya qatlami. 1.2-rasm. Tomlarning konstruktiv sxemalari: a,b – shamollatilmaydigan; d – shamollatiladigan; 1 – himoya qatlami; 2 – o’rama to’shama; 3 – tekislovchi qatlam (qorishma yoki yig’ma temir-betondan); 4 – issiq-sovuqdan izolyatsiya qatlami; 5 – bug’dan himoya qatlami; 6 – ko’taruvchi konstruktsiya; 7 – suvoqli shift; 8 – issiq-sovuqdan izolyatsiya qiluvchi ko’taruvchi konstruktsiya (yopma konstruktsiyasi); 9 – havo qatlami. Ayrim hollarda bu elementlardan ba’zilari bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, binoning yuqori qavat xonalarida harorat-namlik tartibi me’yorida bo’lgan hollarda bug’dan himoyalovchi qatlam hosil qilinmasligi mumkin. Tom yopma plitasi sifatida yengil betonli plitalar ishlatilganda (keramzitli beton, shlakli beton, ko’pikli beton, pemzobeton) gidroizolyatsiyalovchi qatlam bevosita plitalar ustiga yopishtirilishi mumkin, ya’ni tekislovchi qatlam hosil qilinmaydi. Bunda o’rama materialli yoki mastikali qatlamni plitalarni zavodda tayyorlash jarayonida hosil qilish tavsiya etiladi. Tom asosi odatda yig’ma elementlardan tarkib topadi. Yig’ma plitalar choklari markasi kamida 100 bo’lgan tsementli qorishma bilan yaxlitlanadi. Tom nishabligini yuk ko’taruvchi asosning nishabligiga bog’liq holda hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Harorat choklari yig’ma konstruktsiyalarda 60 m da yaxlit konstruktsiyalarda 40 m da qoldiriladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling