13-Amaliy mashg`ulot: Quruvchi bakalavrlar tayyorlashda tanlov fanlarning roli va ahamiyati


 Himoya qatlamlarini hosil qilish texnologiyasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1043461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-amaliy mashg`ulot (3)

5. Himoya qatlamlarini hosil qilish texnologiyasi 
Keyingi yillarda Respublikamizda qurilish sohasini tubdan isloh qilishga 
qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarda qurilish sohasidagi dolzarb 
muammolarni hal yetishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berilgan. 
Qurilish me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish, mahalliy xom ashyolardan 
qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, bino va inshootlarning 
xizmat qilish muddatini oshirish, ularda yashovchi va ishlovchi insonlar uchun qulay 
muhit yaratish, bino va inshootlarni barpo yetishda bajariladigan qurilish-mantaj 
ishlarining sifatini oshirish, qurib bitkazilgan bino va inshootlardan foydalanishda 
yenergiya sarfini kamaytirish soha vakillari oldida turgan muhim vazifalardan 
hisoblanadi. 
Qurilish mahsuloti hisoblangan bino va inshootlarning sifati umumiy holda 
loyiha sifati, qurilish materiallari va konstruksiyalarining sifati hamda qurilish-montaj 
ishlarining bajarilishi, ya’ni jarayonlar texnologiyasi sifati bilan belgilanadi. 


Bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi ko’p jihatdan ularni qurish 
jarayonida bino va inshootlar konstruksiyalari sirtida atrof- muhitning zararli ta’siridan 
himoyalovchi qoplamalarni hosil qilish ishlarining bajarilish sifati bilan 
xarakterlanadi. 
SHuningdek himoya qoplamalarini xosil qilish ishlarining sifatli bajarilishi bino 
va inshootlarda qulay muhit yaratilishiga, ulardan foydalanishda yenergiya sarfining 
kamaytirilishiga olib keladi. 
Himoya qoplamalari bino va inshootlarning elementlari hisoblanib, alohida 
konstruktsiyalarni hamda butun inshootni atmosfera yog’ingarchiliklaridan, suvning 
sizib kirishidan, agressiv muhit ta’siridan, muzlash va ortiqcha qizib ketishdan 
himoyalash vazifasini bajaradi. Asosiy himoyalovchi konstruktsiyalar tarkibiga tom 
qoplamasi, gidroizolyatsiya, issiqlik izolyatsiyasi va korroziyadan himoyalovchi 
qoplamalar kiradi. 
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini tiklashning yakunlovchi bosqichi 
hisoblangan tom qoplamasi hosil qilingach, binoning barcha qavatlarida pardozlash 
ishlarini bajarish imkoniyati yuzaga keladi.
Tom qoplamasini hosil qilishdagi texnologik jarayon tarkibi foydalaniladigan 
tom materialiga bog’liq bo’ladi. Tom qoplamasini hosil qilishda o’rama materiallar, 
mastika, asbesttsement materiallar (shifer), cherepitsa va po’lat listlar ishlatiladi. Kam 
qavatli, asosan kottedj tipidagi binolar qurilishida cherepitsa ko’rinishidagi metall 
listlar qo’llanila boshlandi. 
Gidroizolyatsiya ishlari bino konstruktsiyalarini (misol uchun, poydevorlarni) 
namlikdan himoya qilish maqsadida bajariladi; shuningdek tom ishlari tarkibida 
gidroizolyatsiya va bug’dan himoyalovchi qatlamlar hosil qilinadi. Bu ishlar bino 
konstruktsiyalarini tiklash ishlari bilan birgalikda ham olib borilishi mumkin. 
Ko’pincha gidroizolyatsiya qatlamini mexanik shikastlanishlardan saqlash ishlarini 
bajarishga to’g’ri keladi. 
Qurilish jarayonida bajariladigan issiqlik izolyatsiyasi g’ovakli tuzilishga ega 
bo’lib, uning bir yoki ikki tomonida namlikdan himoyalovchi qatlam hosil qilinadi; 
shuningdek mexanik shikastlanishlardan ham himoyalashga to’g’ri keladi. Tik 


ko’rinishdagi (vertikal) issiqlik izolyatsiyasi yuqori qatlamlari cho’kmasligi uchun 
qo’shimcha tadbirlarni talab etadi. 
Korroziyadan himoyalovchi qoplamalar odatda yig’ma temir-beton 
konstruktsiyalarni montajga tayyorlash jarayonida hamda bino karakasining 
elementlari montaj qilinib, bir-biriga biriktirilib bo’lingandan so’ng ulardagi metall 
payvandlash detallari sirtida hosil qilinadi. 
“Himoya qoplamalarini hosil qilish texnologiyasi” qurilish yo’nalishida taxsil 
olayotgan talabalar o’rganadigan “Qurilish jarayonlari, bino va inshootlarni barpo 
yetish texnologiyasi” fanining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, talabalar uni 
mukammal o’zlashtirishlari uchun “Qurilish materiallari” , “Qurilish mashinalari” va 
“Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanlaridan yetarli ma’lumotga yega 
bo’lishlari talab yetiladi. 
Tom qoplamasi o’rama materialli (mastika bilan yopishtiriladigan o’rama 
materiallar, eriydigan qatlamli ruberoid, polimer materiallar), mastikali (bitumli, 
polimerbitumli va polimerli mastikalar hamda emulsiyalar) va donador materialli 
(asbesttsement listlar, cherepitsa, tom po’lati) bo’lishi mumkin (1.1-rasm). 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling